Edu.uz
146K subscribers
25.8K photos
5.4K videos
261 files
13.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#universiada #gandbol #final

Qo‘l to‘pi (gandbol) bo‘yicha eng kuchli jamoalar aniqlandi

Navoiy viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari (qizlar) o‘rtasida gandbol bo‘yicha “Universiada-2024” sport musobaqalarining final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan 182 nafar sportchilar g’oliblik uchun maydonga tushib, o‘zaro kuch sinashdilar.

Natijalarga koʻra, faxrli 1-oʻrinni Urganch davlat pedagogika instituti (Xorazm viloyati), 2-oʻrinni Navoiy davlat universiteti (Navoiy viloyati) hamda kuchli uchlikdan Namangan davlat universiteti (Namangan viloyati) o‘rin egalladi.

Gʻoliblar diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍418🎉6🔥5😁3
#dayjest #kitobxonlik

Talaba-yoshlarning bilimlarini rivojlantirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitobga boʻlgan qiziqish va muhabbatini yanada oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida kitobxonlik tadbirlari tashkil etilmoqda

Andijon davlat universiteti talabalari o‘rtasida kitob mutolaasiga qaratilgan psixologik trening;

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Eng kitobxon talaba” tanlovi;

Alfraganus universitetida “Book kafe” klubi tashabbusi bilan “Kitobxonlar debati” ikkinchi tur bahslari;

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida “Besh muhim tashabbus“ning kitobxonlik yo‘nalishini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Kitobxon talaba“ tanlovi;

Namangan davlat pedagogika institutida Brayl yozuvidagi o‘quv adabiyotlari taqdimoti;

Toshkent farmatsevtika institutida “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati;

“University of business and science“da kitob yarmarkasi;

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Uch kitobga uch million“ loyihasi;

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan ma’rifiy davra suhbati;

Samarqand davlat universitetida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi“ mavzusida davra suhbati;

Jizzax politexnika instituti tashabbusi bilan “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostidagi tadbirlar;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida maktab bitiruvchi sinflari bilan uchrashuv tashkil qilinib, ularni oliy ta’limga, xususan, IT ta’limga jalb qilish bo‘yicha ma’ruza;

Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialida “Kitobxon talaba” loyihasi kuzgi mavsum 10-tur yakuniy final bosqichi;

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Baxt va shodlik kuychisi” mavzusida kitobxonlik tadbiri;

Nukus konchilik institutida “Ma’rifat tarqatib” loyihasi doirasida uchrashuvlar;

Osiyo texnologiyalar universitetida ijodkorlar va talabalar uchrashuvi;

Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida she’riyat va kitobxonlik kechalari;

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida “Yosh kitobxonlar” klubi o‘z faoliyatini boshladi;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida kitobxonlik, kitob taqdimotlari, mushoiralar, men sevib oʻqigan kitob mavzusida tadbirlar;

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi asosida adabiy gurunglar;

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida talabalar ijodiy-ma’rifiy uchrashuvi;

Axborot texnologiyalari va menejment universitetida adabiyot va ijodga bag‘ishlangan uchrashuv;

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida taniqli ijodkorlar – Faxriddin Hayit, Farogʻat Xudoyqulova va Bobur Hamroyev tashrifi;

Qo‘qon davlat pedagogika institutida badiiy ijod, kitobxonlikning yoshlar hayotidagi o‘rni, talabalar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirish borasida davra suhbati;

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ulkan so‘z san’atkori Nazar Eshonqul bilan adabiy uchrashuv.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍342🔥2
#natija #universiada2024

Sportning qo‘l to‘pi turi bo‘yicha “Universiada - 2024” g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi


Qoraqalpoq davlat universitetining sport bazasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2024” respublika sport musobaqasi doirasida qo‘l to‘pi (gandbol) bo‘yicha yoshlar birinchiligining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning 14 ta jamoasi qatnashgan ushbu musobaqa finalida Surxondaryo va Toshkent viloyati jamoalari uchrashdi. O‘yin Toshkent viloyati gandbolchilarining 38:34 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanib, ular 2024-yilgi “Universiada” chempioni degan sharafli nomni qo‘lga kiritishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi Andijon viloyati yoshlarini 36:26 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16👏3🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targʻibot #taʼlim #turizm

Daniyada “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi tomonidan Daniya Qirolligida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28🔥3🥰2👏2🎉1
#Taʼziya

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, birinchi darajali mehnat fidoyisi Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich 81 yoshida vafot etdi.

U mehnat yo‘li davomida bir necha shogirdlarni tayyorladi. O‘ziga topshirilgan har bir vazifaga mas’uliyat bilan qarab, qishloq xo‘jaligi fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan fidoyi inson edi.

Marhumning oila a’zolari, yaqinlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
29👍14😱6🔥5🤔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍252
⚡️O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Shavkat Abdullayevich Ayupov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimiga tasdiqlandi.

Eslatma o‘rnida, Shavkat Ayupov (1952- yilda tug‘ilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati a’zosi. 2021-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍978🔥4😁4👏2