#forum
#LIVE
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqda.
___
The First Uzbek-Italian Educational Forum aimed at further strengthening relations between Uzbekistan and Italy in the field of higher education has started its work.
Rectors and representatives of about 25 universities in Italy and more than 40 leading universities in the world are taking part in the forum, which is being held at Turin Polytechnic University in Tashkent under the leadership of Minister of Higher Education, Science and Innovation Kongratbay Sharipov and Italian Minister of Universities and Research Anna Maria Bernini.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤1🤔1
Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini:
– Barcha forum ishtirokchilarini qutlab, bugun sizlar bilan birga ekanligimdan xursandman.
Ushbu forum yangi imkoniyatlarni o‘rganish va o‘zaro manfaatli madaniyatlarni rivojlantirish uchun noyob platforma vazifasini bajarmoqda. Bu, shuningdek, innovatsiyalar sari umumiy yo‘limizni qo‘llab-quvvatlab, yanada yaqinroq hamkorlikka yo‘l ochadi. Umid qilamanki, ushbu forum Italiya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi yangi hamkorlikka asos soladi. Bugun biz imzolaydigan shartnomalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Vazir Q.Sharipov yuqorida ta’kidlaganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasida chuqur tarixiy rishtalar mavjud. Bugun biz akademik mobillik, innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va strategiyalarni almashish kabi muhim mavzularni muhokama qilish imkoniga egamiz.
Ushbu forumga hissa qo‘shgan, Italiya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilgan barchaga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Barchamizga Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va almashinuvning yangi davrini boshlab beradigan samarali forum bo‘lishini tilayman.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
#forum #uchrashuv
Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini rivojlantirish orqali ularning tajribasini yanada oshirish, hamkorlikda yangi ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, kelgusida ikki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik sohalari uchun zarur malakali kadrlar tayyorlashga alohida urg‘u berildi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oliy ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

👍29😁2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda UPI – Indoneziya ta’lim universiteti o‘rtasida tashkil etilgan TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturining magistratura bosqichiga qabul davom etmoqda.
🎓 O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga har ikki oliy o‘quv yurtining davlat namunasidagi diplomlari beriladi.
📚 Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Iqtisodiyot
➖ Menejment
Murojaat uchun:
+998712392887
+998881776737
Abituriyentni onlayn ro‘yxatga olish👇
https://ijdp.tsue.uz/onalyn-ariza-topshirish/
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4🔥1
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.
Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanganligini inobatga olib, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi tartibda talabalardan onlayn ariza qabul qilish joriy yilning 16-sentyabr sanasiga qadar amalga oshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49😁3🤔2🎉2
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining Telegram kanalida yangi loyiha!
Endilikda doimiy ravishda davlat stipendiantlari, xalqaro tanlov va grant loyihalar g‘oliblari bilan, shuningdek, talabalar uchun zarur masalalar bo‘yicha mutaxassislar bilan ovozli suhbatlar o‘tkaziladi.
Davlat stipendiyalariga hujjat topshirish istagidagi hamda dasturlash sohasiga qiziqadigan barcha talaba-yoshlarni ayni daqiqalarda @manaviyateduuz kanalida o‘tkazilayotgan ovozli suhbatga taklif etamiz.
➡️ Ovozli chatga ulanish: https://t.iss.one/manaviyateduuz?livestream
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤3🔥1
Tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning “BTEC” dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev professional ta’lim va milliy malaka tizimlarini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
В качестве эксперимента в 14 техникумах будет внедрена английская программа "BTEC". Выпускникам будут выдаваться дипломы, признаваемые в 70 странах, а также будет предоставлена возможность поступить более чем в 200 зарубежных университетов.
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию системы профессионального образования и национальной системы квалификаций.
#Mirziyoyev #taqdimot #professionaltalim #malakalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍24👏3❤1😁1
#forum #tanishuv #Toshkent #Piza
Forum doirasida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Piza universiteti faoliyati bilan tanishdi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent shahridagi Piza universiteti Ijrochi direktori No‘monbek Dalimov hamda oliygoh mutasaddilari hamrohlik qildi.
Delegatsiya a’zolariga o‘quv va laboratoriya xonalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22588

👍18❤3🔥1