Edu.uz
136K subscribers
25.5K photos
5.33K videos
242 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#forum
#LIVE

“Italiya-O‘zbekiston ilg‘or muhandislik markazi” ochildi

Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida “Italiya-O‘zbekiston ilg‘or muhandislik markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu markaz Italiyadagi ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz joriy etish orqali O‘zbekistonda mashinasozlik, to‘qimachilik, mashinasozlik, charmsozlik sohalarida ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, tajriba loyihalari, ixtisoslashtirilgan ma’lumotlarni tarqatish, ikki davlat xususiy sektorini jalb qilgan holda Italiya-O‘zbekiston sarmoyalari va qo‘shma korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma hamda shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Markazda talabalar eng zamonaviy moddiy-texnik bazada amaliy tajribalarini muntazam shakllantirib boradilar.

Shuningdek, yoshlar eksport mahsulotlari ishlab chiqarishda ishtirok etish, ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlari olib borish hamda kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Markaz mamlakatimizdagi tekstel, charmsanoat va mashinasozlik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalarning muammolarini o‘rganadi va ularga yechim topishda amaliy ko‘maklashadi. Shuningdek, markaz yordamida yuqori malakaIi kadrlar tayyorlab boriladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍163
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#forum
#LIVE

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida o‘tkazilayotgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun universitet bo‘ylab tur tashkil etildi.


An excursion was held for guests of the first Uzbek-Italian educational forum, organized by the Ministry of Higher Education, Science and Innovation at the Turin Polytechnic University in Tashkent.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14
#forum
#LIVE

O‘zbekiston va Italiya oliy ta’lim muassasalari vakillari birgalikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bog‘ida daraxt ekdilar.


Representatives of higher educational institutions of Uzbekistan and Italy planted trees in the university garden of Turin Polytechnic University in the city of Tashkent.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍256
#forum
#LIVE

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqda.
___

The First Uzbek-Italian Educational Forum aimed at further strengthening relations between Uzbekistan and Italy in the field of higher education has started its work.

Rectors and representatives of about 25 universities in Italy and more than 40 leading universities in the world are taking part in the forum, which is being held at Turin Polytechnic University in Tashkent under the leadership of Minister of Higher Education, Science and Innovation Kongratbay Sharipov and Italian Minister of Universities and Research Anna Maria Bernini.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍131🤔1