🗣Ufqqa intilib yashagan insonlarning haqiqiy hayot manzarasi🔠 Bugun sizlarning e’tiboringizga havola etadigan spektakl o‘zbek xalqining matonati, chin insoniy fazilatlari, vatanga sadoqat bilan yashayotgan insonlarning baxtli kunlari-yu kutilmagan fojialari haqida so‘zlaydi.
🎭 Andijon davlat universitetining
“Humo” jamoasi tomonidan ijro etilgan, Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi asosida sahnalashtirilgan
“Ufqqa intilib” spektakli urush qahramoni Ikromjon ota, uning urushdan qochib kelgan o‘g‘li Tursunboy va bemehr farzand dog‘ida vafot etgan Jannat xola kabi obrazlar orqali qiyin davrlarda ham insonlar o‘z vataniga, oilasiga bo‘lgan muhabbati so‘nmaganligini aks ettiradi.
🎭 Aynan mana shu spektaklda Jannat xola obrazini ijro etgan
Vazira Mahmudova “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining
2024-yilgi mavsumi
“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan edi.
Spektakl premyerasini ko‘rib, talabalarning ijro mahoratiga o‘zingiz ham baho berishingiz mumkin.
➡️Spektakl premyerasini ko‘rish 🌐Spektaklni tomosha qilib, like bosishni va fikrlaringizni YouTube kommentariyasiga yozib qoldirishni unutmang!