Edu.uz
146K subscribers
25.8K photos
5.4K videos
261 files
13.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024

Siz abituriyentmisiz? Qaysi oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirsam ekan deb hali ham oylab turibsizmi? U holda Namangan shahri markazida joylashgan Namangan davlat pedagogika instituti bu siz uchun eng toʻgʻri tanlov.

Siz ushbu oliygohda 21 ta taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha pedagogika, aniq va tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar fakultetlarida malakali professor-oʻqituvchilardan taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍23🤔3😱31🔥1
#xalqaro_forum
#komissiya_yig‘ilishi

Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi doirasida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya huzuridagi Ilm-fan va ta’lim bo‘yicha quyi komissiyaning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida zamonaviy muhandis kadrlarni tayyorlashda hamkorlik, biotexnologiya va tibbiyot sohalarida tajriba almashish, maktabgacha va maktab ta’limida sifatni ta’minlashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/14641

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍241
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #targʻibot

👍 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda.

📌 Universitet mamlakatimizda filologik ta’lim sohasida yetuk kadrlarni tayyorlovchi tayanch oliygohdir. Hozirgi kunda 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda.

Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998 71 281 51 86
+998 71 281 51 89


❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali 25-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍279🔥4
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Roʻziyev Oybek Abdimo‘minovich Samarqand davlat universitetining
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍73🤔7👏5🎉41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yig‘ilish #vazir #muhandislik

Muhandislik sohasidagi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, ularning yechimiga qaratilgan tadbirlar belgilab olindi


22-iyun kuni davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qator topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Unda Toshkent shahridagi muhandislik sohasida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar rahbarlari va 200 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/14574/

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍23
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #targʻibot

Sifatli taʼlim va unutilmas talabalik davri –  Jizzax politexnika instituti barcha abituriyentlarni chorlaydi!


👉 https://t.iss.one/jizpi_online/30493

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍172👏2🤔2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #texnikum #targʻibot

TDIU huzuridagi Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul e’lon
qiladi!

KUNDUZGI ta’lim shakli:
▪️Buxgalteriya hisobi va audit;
▪️Moliya;
▪️Dasturiy injiniring;
▪️Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (“B”, “BC”).

SIRTQI ta’lim shakli:

▫️Buxgalteriya hisobi va audit;
▫️Moliya;
▫️Maktabgacha ta'lim;
▫️Kompyuter injiniring;
▫️Geologiya va neft-gaz konlarini qidirish;
▫️Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish.

O‘qish muddati 2 yil. Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2-kursdan suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali 25-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍318🔥4🤩4😁2
#qabul2024
#akademik_litsey
#infografika

Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi


24-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 23 979 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

💻Qabul bo‘yicha videoyo‘riqnoma BU YERDA.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😱4🔥2😁21
#qabul2024
#infografika

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi


24-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 742 479 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 361 896 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 380 583 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍221
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Ertaga
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍253🔥3🎉2😁1
Edu.uz pinned «❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #kollej #targʻibot

2024/2025-o‘quv yili uchun Olmaliq kon metallurgiya kolleji quyidagi kasblar bo‘yicha qabul e’lon qiladi!


Kasb va mutaxassisliklar

▪️Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish;
▪️Foydali qazilmalarni boyitish;
▪️Payvandlovchi;
▪️Elektr uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor;
▪️Kon ishlari mashinisti;
▪️Avtomatik nazorat o‘lchov asboblari sozlovchisi;
▪️Temir yo‘llarda texnik foydalanish va ta’mirlash;
▪️Chilangar;
▪️Metallarga ishlov berish;
▪️Elektrik;
▪️Rangli metallar metallurgiyasi;
▪️Metallurgiya ishlab chiqarish krani va uskunalari;

📚O‘qish muddati: 1 yil, 1.5 yil va 2 yil.
Manzil: Toshkent viloyati Olmaliq shahar Ulug’bek 33-uy.
☎️ Murojaat uchun telefon: 93-539-88-41; 94-219-15-27.

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali 25-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍15🔥21
#ilmfan #muhokama

Ishlab chiqarishga joriy etilgan tadqiqot ishi muhokama qilindi


22-iyun kuni Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash majlisida “Energetika tizimlari va majmualari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi asinxron generatorlarni ishlash jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi dissertasiya ishi muhokamasi o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirok etdi. Kengashda Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlaydigan 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Oliy muhandislik maktablari” ochilishi, ularda buyurtmaga asosan yangi mahsulotlarni loyihalashtirish, ilmiy izlanishlar o‘tkazish borasida belgilab berilgan vazifalarga to‘xtalindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/14682/

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍202😁1🤔1