Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenikni qabul qilidi.

Unda tomonlar oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, jumladan talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilarning AQSh universitetlarida stajirovka oʻtash masalalari boʻyicha muzokara oʻtkazishdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6564

#vazir #AQSH_elchi #uchrashuv

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍365🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston – umumiy uyimiz

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida festival bo‘lib o‘tdi.
___

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde «Ózbekstan – ulıwma úyimiz» atamasında festival bolıp ótti.
___

В Каракалпакском государственном университете имени Бердаха прошел фестиваль на тему «Узбекистан – наш общий дом».

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍181🔥1🤔1
14-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Vulverhempton universiteti boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohim Adiya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Vulverhempton universitetining O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining transmilliy ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida fikr almashildi.

Jumladan, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlariga qo‘yilgan talablar, ularni ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, respublikamizda yashil texnologiyalar va muhandis kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq bir davlat oliy ta’lim muassasasi bilan dasturni yo‘lga qo‘yish tavsiya etildi.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #O‘zbekiston&BuyukBritaniya

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube
👍21👏4
Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yosh avlodni sifatli ta’lim bilan ta’minlash maqsadida pedagogik yo‘nalishlardagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi bilan hamkorlikda qator tashabbus va g‘oyalar ilgari surilmoqda.

Xususan, Andijon davlat pedagogika instituti hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolangan bo‘lib, ushbu hujjat asosida, joriy yilning 12-mart kuni oliygohning yuqori kurslarida tahsil olayotgan talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6565

#uchrashuv #rahbar_yoshlar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube
👍241
#eʼlon

Ish beruvchilar hamda professional taʼlim muassasalari” forumida ishtirok eting!

Joriy yilning 16-mart kuni soat 09:00da Buxoro davlat universitetida “Ish beruvchilar hamda professional taʼlim muassasalari” forumi tashkil etiladi. Unda ish beruvchi korxonalar va professional taʼlim muassasalari integratsiyasini taʼminlash, dual taʼlimning ish beruvchi va korxonalar uchun manfaatli jihatlari hamda xorijiy tajribalarni yurtimizda joriy qilish borasida taqdimotlar qilinib, tadbirkorlar bilan fikr almashilishi reja qilingan.

Forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining malakali mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va hamkor tashkilotlar soʻzga chiqib, ish beruvchi korxona tashkilot hamda professional taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etadilar.

Oʻz korxonasi uchun malakali mutaxassislarni jalb qilish istagida boʻlgan hamda Buxoro viloyatidagi kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar bilan hamkorlik qilish maqsadida boʻlgan barcha ish beruvchi korxona va tashkilotlarni forumga taklif qilamiz.

MANZIL: Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy, Buxoro davlat universiteti binosi katta majlislar zali.

💾 Forum dasturini yuklab olish

☎️ MUROJAAT UCHUN: +998 94 207 09 00


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍391
Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar professor-o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilar ham ketma-ket 4 kun dam olishadi
___

Во время празднования Навруза в текущем году, профессорско-преподавательскому составу и студентам будет предоставлено 4 выходных дня подряд, независимо от продолжительности рабочей недели.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube
👍434🎉4😱3🔥1
“Kimyo girls” respublika ochiq olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi!

“Ziyo Forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Kimyo fani” boʻyicha olimpiada tashkil etildi.

Joriy yilning 4–14-mart kunlari bo‘lib o‘tgan olimpiada 3 bosqichda o‘tkazilib, yakuniy bosqichda 1- va 2-turda eng koʻp ball toʻplagan 15 nafar talab-qiz ishtirok etdi. Tanlov nizomiga muvofiq, ishtirokchilar finalda jamoa sifatida oʻz innovatsion loyihalarini taqdimot qilishdi. Loyihalar dolzarbligi va iqtisodiy samaradorligiga koʻra baholandi.

Olimpiada yakunida umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar tashkilotchilar tomonidan quyidagicha pul mukofoti:
1-oʻrin 20 million soʻm;
2-oʻrin 15 million soʻm;
3-oʻrin 10 million soʻm va qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube
👍30🔥32