Edu.uz
138K subscribers
22.3K photos
4.82K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#seminar

Professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi


Vazirlar Mahkamasining 647-son qaroriga muvofiq, professional ta’lim muassasalariga yil davomida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorning mazmun-mohiyatini professional ta’lim muassasalari mas’ullari va ish beruvchilarga yetkazish maqsadida joriy yilning 10-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda respublika professional ta’lim muassasalarining 700 nafarga yaqin direktori uchun seminar tashkil qilindi.

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga professional ta’lim muassasalari va ish beruvchilar bilan ishlarni to‘g‘ri hamda samarali tashkil qilish masalalari bo‘yicha ma’lumot berilib, ekspert-mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#seminar

Erasmus+ dasturi INMACOM loyihasi hamkorlarining seminari boʻlib oʻtmoqda


INMACOM -telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa boʻyicha innovatsion magistratura dasturi (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2(101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2024-yilning 8–12-yanvar kunlari Oʻzbekiston Milliy universitetida “Oʻzbekiston oʻqituvchilari uchun trening“ oʻquv seminari oʻtkazilmoqda.

Treningda INMACOM konsorsiumi vakillari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, TATU Urganch filiali mas’ullari ishtirok etmoqda.

Tadbir dasturiga muvofiq loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har bir universitet vakillari hisoboti tinglanib, keyingi yillarda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinishi belgilangan.

Loyiha hamkorlarining oʻquv-seminari 12-yanvarga qadar davom etadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ogohlikdavrtalabi

⚡️RASMIY XABARNOMA


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallarning 2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxat ilovada👆
___

ОФИЦИАЛЬНОЕ УВЕДОМЛЕНИЕ

Комитет по делам религий Узбекистана опубликовал обновлённый список материалов, признанных Верховным судом как содержащие идеи экстремизма и терроризма. Эти материалы запрещены к ввозу, производству, распространению и демонстрации в Узбекистане.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Vazirning birinchi oʻrinbosari Slovakiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

11-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Slovakiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Viktor Boreskini qabul qildi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasida oliy va professional taʼlim hamda ilmiy faoliyat sohasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6351

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Vatan_himoyachilari 

Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir

Guliston davlat pedagogika instituti talabalari, koordinatorlari va “Qalqon” jamoatchilik guruhi birgalikda yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli 525-harbiy qismga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, qiziqarli va zarur ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Tanishish davomida Guliston davlat pedagogika institutining talabalardan iborat “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoasi tomonidan muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy hayot bilan bog‘liq qiziqarli sahna ko‘rinishlari va chiqishlar namoyish etildi.
___

Армия нового Узбекистана – символ мощи страны, чести и достоинства

Студенты, координаторы Гулистанского государственного педагогического института совместно с общественной группой «Калкон» посетили 525-ю воинскую часть Минобороны в Сырдарьинском районе Сырдарьинской области, по случаю Дня защитников Отечества и 32-й годовщины создания Вооруженных Сил. В ходе визита они ознакомились с условиями, созданными в воинской части, а молодые студенты получили ответы на интересующие их вопросы.

По итогам визита сборная команда "Весёлых и находчивых", сформированная из студентов Гулистанского государственного педагогического института, представила выступления студентов и молодежи.

Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube