Edu.uz
151K subscribers
20.6K photos
4.43K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#xalqaro_anjuman

“Yashil ta’lim” mavzusidagi vazirlar davra suhbati


Joriy yilning 8-dekabr kuni BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi (COP28) doirasida “Yashil ta’lim” mavzusida vazirlar davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Bahrayn, Braziliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Quvayt, Marokko, Oman, Qatar, Ruminiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning ta’lim bo‘yicha rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda davlatlarning ta’lim bo‘yicha rahbarlari yashil ta’limni tashkil etish, uning dolzarb muammolari hamda kelajakdagi istiqbollari haqida fikr almashdi. Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan vakil sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tabrik

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik qiluvchi nufuzli xalqaro tashkilot vakillari tabrik yo‘lladi.

Jahon banki eksperti Kendrik D. Vayt hamda UNECE konsultanti Anastasiya Pankova xalqimizga samimiy tilaklarini bildirishdi.
___

Представители международных организаций, сотрудничающих с Министерством высшего образования, науки и инноваций, направили свои поздравления по случаю 8 декабря - Дня Конституции Республики Узбекистан.

Эксперт Всемирного банка Kendrick D. White и консультант ЕЭК ООН Анастасия Панкова выразили искренние пожелания нашему народу.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xizmat_safari

Bugun Andijondagi xizmat safari davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Andijon davlat pedagogika institutida ham bo‘ldi.

O‘rganish asnosida o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, art xonalar, ilmiy markazlar faoliyati va talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar hamda OTM qoshidagi tikuvchilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, institut rahbariyati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda qish mavsumida elektr energiyasi va issiqlik ta’minotini mo‘tadilligini saqlash borasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6275

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qulaylik | #raqamlashtirish

SMS bildirishnomalarni maxsus mobil ilova orqali qabul qiling!

Endilikda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan foydalanishda, jumladan, tizimda ro‘yxatdan o‘tishda yoki parolni tiklash uchun so‘rov yuborishda Edu_uz qisqa raqamidan keladigan SMSlar va xabarlarni “SMS xizmatlari” mobil ilovasi orqali qabul qilishingiz mumkin.

Ushbu ilova orqali my.edu.uz platformasidagi qabulga oid ariza holatlarini bildirishnomalar orqali bilib turish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hozirgi kunda kontrakt.edu.uz tizimida shartnoma olishda tasdiqlash kodlarini ham qabul qilish mumkin.

📱Android uchun yuklab oling

📱iOS uchun yuklab oling

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Davlat_ramzi
#MeningMadhiyam

Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi 31 yoshda!

1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, unda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

Davlat madhiyasi muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_ramzi
#mening_madhiyam_31yoshda

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasidan o‘ziga xos chellenj


10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlanadi
___

Челлендж от коллектива Андижанского государственного педагогического института

Посвящается 10 декабря – 31-й годовщине принятия Государственного гимна Республики Узбекистан.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_ko‘rgazma

Ayni paytda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Innotexnopark” binosida Xitoy universitetlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Xitoy tomondan ushbu davlatning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi, taʼlim vazirligi vakillari, 40 dan ortiq universitetlar rektor hamda prorektorlari, Oʻzbekiston tomondan esa manfaatdor vazirlik va idoralar mutasaddilari, 100 dan oshiq davlat hamda xususiy oliy taʼlim muassasalari rahbar va masʼullari ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6277

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube