Edu.uz
151K subscribers
20.6K photos
4.43K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#madaniy_tadbir

“Qora quyosh” spektakli vazirlik hamda OTM rahbarlari tomonidan e’tirof etildi


Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahrida joylashgan oliy, professional hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf dostoni asosida sahnalashtirilgan “Qora quyosh” spektaklini tomosha qilishdi.

Mazkur spektakldagi voqealar oʻtgan asrning buyuk adiblari Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi xalqimizning vatanparvar farzandlarining Vatan ozodligi yoʻlidagi mashaqqatli taqdirlaridan hikoya qilinadi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6274

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

“Yashil ta’lim” mavzusidagi vazirlar davra suhbati


Joriy yilning 8-dekabr kuni BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi (COP28) doirasida “Yashil ta’lim” mavzusida vazirlar davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Bahrayn, Braziliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Quvayt, Marokko, Oman, Qatar, Ruminiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning ta’lim bo‘yicha rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda davlatlarning ta’lim bo‘yicha rahbarlari yashil ta’limni tashkil etish, uning dolzarb muammolari hamda kelajakdagi istiqbollari haqida fikr almashdi. Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan vakil sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tabrik

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik qiluvchi nufuzli xalqaro tashkilot vakillari tabrik yo‘lladi.

Jahon banki eksperti Kendrik D. Vayt hamda UNECE konsultanti Anastasiya Pankova xalqimizga samimiy tilaklarini bildirishdi.
___

Представители международных организаций, сотрудничающих с Министерством высшего образования, науки и инноваций, направили свои поздравления по случаю 8 декабря - Дня Конституции Республики Узбекистан.

Эксперт Всемирного банка Kendrick D. White и консультант ЕЭК ООН Анастасия Панкова выразили искренние пожелания нашему народу.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xizmat_safari

Bugun Andijondagi xizmat safari davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Andijon davlat pedagogika institutida ham bo‘ldi.

O‘rganish asnosida o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, art xonalar, ilmiy markazlar faoliyati va talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar hamda OTM qoshidagi tikuvchilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, institut rahbariyati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda qish mavsumida elektr energiyasi va issiqlik ta’minotini mo‘tadilligini saqlash borasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6275

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube