Edu.uz
152K subscribers
20.6K photos
4.43K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#sana

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan fleshmob o‘tkazilmoqda.

___

В связи с 32-й годовщиной принятия Государственного флага Узбекистана в высших образовательных учреждениях нашей республики проходит флешмоб.

___

In connection with the 32nd anniversary of the adoption of the State Flag of Uzbekistan, flash mobs are being held in higher educational institutions of our republic.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#yanginafas #marafon #bayrog‘im

16 ta shaharda ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazilmoqda

Ayni paytda respublikaning 16 ta shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Ommaviy yugurish musobaqasi 15 ta shaharda 3 km, poytaxtda esa 3 va 10 km masofalarga oʻtkazilmoqda.

Anʼanaga ko‘ra “Humo arena” majmuasining oldidagi maydon Toshkentda oʻtadigan poyganing start va finish nuqtasi sifatida belgilangan. Marafonda oliy ta’lim muassasalari talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#vakansiya #tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi vakant lavozimlariga ochiq tanlov eʼlon qilinadi!

Talablar:
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi (kamida magistrlik darajasi);
- oliy taʼlim sohasida ish tajribasi mavjudligi;
- xorijiy tillar (rus, ingliz va h.k.)ni bilishi.

Ustuvorlik beriladi:
- ilmiy daraja va unvonli hamda chet tilidan sertifikati bor nomzodlarga.

Biz taklif qilamiz:
- qulay ish sharoiti;
- 6.5 mln. dan boshlanadigan oylik maosh;
- faoliyat natijasiga ko'ra 100% gacha ustama.

⁉️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar vacancy.devedu.uz platformasi orqali vakant boʻlgan lavozimga soʻralgan ma’lumot va hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari shart.

⚠️Hujjatlar 2023-yil 30-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Murojaat uchun 👉 71 207-03-43 (114), @VacancyDeveduBot

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Tabriklaymiz

Xiva shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” sport musobaqalarida talabalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar!


Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari Isobek Saporboyev 1-oʻrinni, Akbar Jumaniyozov 2-oʻrinni  va Rasulbek Jumaniyozov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur marafonda Urganch davlat universiteti Sport va san’at fakulteti 2-kurs talabasi Ikramova Laylo ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni egalladi.

Bugungi g‘alaba bilan talabalarimizni samimiy muborakbod qilamiz va hamisha zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube