Edu.uz
163K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#tanlovnatijasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti hamkorligida “To‘qimachilik sohasidagi qahramonlar” kreativ onlayn tanlovini e‘lon qilgan edi.

Bugun etiboringizga ushbu onlayn tanlov natijalarini havola etamiz:

#1-g‘olib: Kiyas Askarov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
📹 To‘qimachilik sohasi mutaxassisi Yuzimgul aya haqida rolik

#2-g‘olib: Bunyod Janayev (Surxondaryo viloyati)
📹 Boysunlik Feruza Holiqova haqida video-rolik

#3-g‘olib: Nargiza Qaljanova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
📹 Nukuslik Bekmuratova Zulfiya - ip yigiruv ustasi haqida video-rolik

‼️ Tanlovda saralab olingan qolgan ishtirokchilar loyiha tomonidan rag’batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi bo‘yicha tez orada loyiha vakillari ishtirokchilar bilan bog‘lanadi.

Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz. Ishtirokingiz uchun tashakkur!

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilmoqda

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_reyting

O‘zbekiston OTMlari QS reyting agentligi sammitida qatnashmoqda


2023-yil 7–9-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotganQS Higher Education Summit Asia Pacific 2023 sammitida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ullaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etmoqda. Oliy ta’lim muassasalari uchun alohida pavilon ajratilgan bo‘lib, unda oliygohlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, mazkur sammit doirasida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Dunyo universitetlari reytingi: Osiyo 2024” reytingini e’lon qilish kutilmoqda.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkor_talaba

Tadbirkor tomonidan talabalarga 30 mlnlik IT kursi sertifikati sovgʻa qilindi

Toshkent davlat transport universitetida tadbirkor va talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “MAAB Innovation” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, “Shuhrat” medali sohibi Sherzod Ibragimov o‘z tajribasi, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi. Samimiy va koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan muloqotda talabalik davri, sohadagi qiyinchiliklar, yutuqlar haqida yoshlarga so‘zlab, ularga motivatsiya berdi.

Suhbat yakunida tadbirkor 5 nafar iqtidorli talabaga 30 mlnlik IT kursiga sertifikat sovgʻa qildi. Shuningdek, yana 5 nafar talabaning 25% lik kontrakt summasi toʻlab berildi.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#davra_suhbati

Oʻzbekiston va Fransiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi


Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 4-noyabr kuni Toshkent shahridagi Fransuz Alyansi binosida Oʻzbekiston va Fransiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6163

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#amaliy_seminar

Talaba nima uchun media savodli bo‘lishi kerak?


Nima uchun bugun biz mediasavodli bo‘lishimiz kerak, post- haqiqat nima va o‘zimizda mediasavodxonlikni qanday rivojlantirishimiz kerak? Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar media guruhi” a’zolari uchun tashkil etilgan seminar-trening ana shu mavzular doirasida bo‘lib o‘tdi.
———
Зачем студенту развивать медиаграмотность?

Почему нам необходимо быть медиаграмотными уже сегодня? Что такое постправда и как развить в себе медиаграмотность? Сегодня, для членов «Студенческой медиагруппы» ДжГПУ был организован семинар-тренинг, посвящённый медиаграмотности.

———
Why should students be media literate?
Why should we be media literate today, what is post-truth and how should we develop media literacy? The seminar training organized for the members of the "Student Media Group" at JSPU was held in these topics.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube