Edu.uz
137K subscribers
25.6K photos
5.34K videos
244 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TTJ #tanlov

⚡️“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2024/2025-oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashning samarali tizimini joriy etish, talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida eng namunali faoliyat olib borgan professor-oʻqituvchilar va talabalardan iborat volontyorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovining yakuniy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Belgilangan mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra:
1️⃣-oʻrin – Oʻzbekiston Milliy universiteti;
2️⃣-oʻrin – Termiz davlat universiteti;
3️⃣-oʻrin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti gʻolib deb topildi.

Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi miqdorida pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi:

1-oʻrin – 30 mln so‘m;
2-oʻrin – 25 mln so‘m;
3-oʻrin – 20 mln so‘m.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashda barcha oliy ta’lim muassasalari faollik ko‘rsatganligini e’tirof etgan holda Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida faoliyat olib borgan barcha mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76😁18🎉11🤔8🔥3
#muhandislik #tanlov

Muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanloviga kelib tushgan videoroliklar uchun ovoz berish jarayonlari boshlandi


👉BATAFSIL

👉OVOZ BERISH

Tanlov ishtirokchilariga ovoz berish jarayonlari 2024-yilning 1-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qadar davom etadi.


G‘oliblarni aniqlashga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32
#tanlov #Prezident_nomli_stipendiya

2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi boshlandi

28-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalar tanlovining yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirilgan ekspertlariga tanlov nizomi hamda talabgorlarning ilmiy ishlarini ko‘rib chiqish mezonlari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

So‘ng O‘zbekiston milliy universitetida ekspertlar tomonidan Prezident davlat stipendiyalariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqildi hamda natijasi stipendiya.edu.uz tizimida shakllantirildi.

Eslatma: talabgorlar ekspertlar tomonidan qo‘yilgan baholar bilan elektron tizimdagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍577👏5😱5🔥4
#natija #tanlov

⚡️“Mirzo Ulugʻbek hayoti va ilmiy-maʼrifiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tuzilgan Ekspertlar guruhi tomonidan respublika bosqichiga taqdim etilgan maqolalar dastlabki ekspertizadan oʻtkazilib, belgilangan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholandi.

🔠Baholash natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plab, 1-, 2- va 3-oʻrinlarga munosib deb quyidagilar:
1️⃣-oʻringa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Shohina Mamayusupova;
2️⃣-oʻringa Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Sevinch Baxtiboyeva;
3️⃣-oʻringa Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi Azizbek Ibodullayevlarning maqolalari tavsiya etildi.

Tanlov gʻoliblari nizomga muvofiq sertifikat va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin – 7 000 000 soʻm;
2-oʻrin – 6 000 000 soʻm;
3-oʻrin – 5 000 000 soʻm.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥9🤔51😁1
#Toshent_yoshlarni_sevadi #Top100_OTM #Tanlov #Taqdimot

Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi yoshlar uchun qulay imkoniyat

"Toshkent yoshlarni sevadi" oyligi doirasida o‘tkazilayotgan navbatdagi tadbir bitiruvchilar uchun o‘quv forumi shaklida o‘tkazildi. Tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham ishtirok etdi.

14 dekabrda poytaxtimizning "Alpomish" muz saroyida Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi yoshlar o‘zlari qiziqqan ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Bunda turli oliygohlardan tashrif buyurgan yuzga yaqin vakillar yoshlar e'tiboriga taqdimotlar namoyish qilib, ishtirokchilar savollariga batafsil javob berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍306👏3
#vazir #muhandislik #yigʻilish #tanlov

Muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika koʻrik tanlovlari oʻtkaziladi

20-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida ushbu tanlovlarni oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi. Unda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari masʼul xodimlari hamda 16 ta oliygoh rektorlari ishtirok etdi.

Bildirilgan fikrlar va takliflarni inobatga olgan holda tanlovni oʻtkazish nizomi hamda vazifalari koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33544

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍293🥰1🤔1
#Ishga_taklif #tanlov

☄️Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi

Chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, pedagog kadrlar uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan, xorijiy til bo‘yicha pedagoglar uchun amaldagi C1 darajasidagi sertifikatga) ega ilmiy daraja yoki unvoni bo‘lgan pedagog kadrlar quyidagi fanlardan dars berish uchun tanlov asosida ishga taklif etiladi:

xorijiy tillar (ingliz, nemis, ispan, dariy, turk, urdu, fors, hind, rus, yapon, koreys);
xalqaro huquq;
ma’muriy huquq;
fuqarolik huquqi;
iqtisodiyot nazariyasi;
sotsiologiya;
falsafa (mantiq);
psixologiya;
jismoniy tayyorgarlik.


Akademiyada ishlashni xohlovchi va belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlar 2025-yil 15-yanvardan – 15-fevral kuniga qadar DXX akademiyasiga (Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3-uy) murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/35475

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥10😱3👏2🤔2
#Ishga_taklif #vakant #tanlov

“Kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish guruhi menejeri lavozimiga nomzodlar tanlovi

Menejer lavozimiga talabgorlar uchun malakaviy talablar:

1. Oliy ma’lumot, kamida moliya, iqtisod, muhandislik yoki tegishli sohalar bo‘yicha bakalavr darajasi.
2. Kasbiy ta’lim sohasida loyihalarni boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik tajriba va yirik investitsiya loyihalari bilan ishlash va xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan hamkorlik qilish tajribasi.
3. Kamida 2 ta o‘xshash loyihada ish tajribasi va ushbu loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanganligini tasdiqlash
4. Oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
5. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash tajribasi kamida 6 yil.
6. Davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish,
7. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tajribasi

Hujjat topshirish muddati: 24.02.2025

Taklif beruvchilar: [email protected] elektron manziliga
CV va obyektivka yuborishlari shart.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36592

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😱13👍4🔥1
#tanlov #targʻibot

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovining ramziy ochilishi bo‘ldi


21-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida o‘tkazilgan tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanloviga start berilgani ma’lum qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy adolatni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda ularning amaliy natijalari haqida ma’lumot berdi. U tanlovning yoshlar orasida mustaqil tadqiqot olib borish salohiyatini rivojlantirish va kelgusidagi ijtimoiy taraqqiyotga qo‘shadigan hissasini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37322

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍132🔥2
#tanlov
#mirzo_ulug‘bek_vorislari
#yoshlar_akademiyasi

⚡️"Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlandi
!

"Mirzo Ulug‘bek vorislari" 2025-yilgi respublika tanlovida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlar tomonidan 51 621 ta ariza kelib tushdi.

Tanlovning 1-bosqichi respublikamiz hududlaridagi tuman (shahar)lar kesimida joriy yilning mart oyidan boshlab o‘tkaziladi.

1-bosqichda ishtirok etadigan talabgorlar IQ test natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz!
___

Завершена регистрация на республиканский конкурс «Наследники Мирзо Улугбека»!


Для участия в конкурсе «Наследники Мирзо Улугбека»-2025 поступило 51 621 заявок. 1-й этап конкурса пройдет в районах (городах) нашей республики с марта текущего года.

Заявители на 1-этап будут определены посредством теста IQ.
Желаем всем участникам удачи и побед!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥32👏1🎉1