“TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universitetining Axborot-resurs markazi rasman ochildi
14-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Axborot-resurs markazining taʼmirlangan, yangi formatdagi binosining ochilish marosimi boʻlib o‘tdi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qatnashib, universitet jamoasi va talabalarni zamonaviy raqamli kutubxonaning ishga tushishi bilan qutladi.
Axborot-resurs markazi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi hamda bir nechta xorijiy universitetlar kutubxonalari bazalari bilan integratsiya qilindi. Bu orqali esa professor-oʻqituvchilar va talabalarga u yerdagi mavjud adabiyotlardan erkin foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6016
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 16–20-oktabr kunlari “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ilk tadbir — Oʻzbek-Eron ishbilarmonlari forumi oʻtkaziladi.
Forum 16-oktabr kuni INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib o‘tadi.
Unda Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi:
🟡 Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash
🟡 Transport
🟡 Qurilish materiallari
🟡 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
🟡 Axborot texnologiyalari
Forumga yurtimiz tadbirkorlarini ham taklif etamiz.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 16–20-oktabr kunlari “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ilk tadbir — Oʻzbek-Eron ishbilarmonlari forumi oʻtkaziladi.
Forum 16-oktabr kuni INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib o‘tadi.
Unda Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi:
Forumga yurtimiz tadbirkorlarini ham taklif etamiz.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
Bugun Qoraqalpoq davlat universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasiga start berildi. Unda nuroniy otaxonlar, professor o‘qituvchilar, faol talaba yoshlar qatnashdi. U yerda universitet jamoasi hamda faol talabalar tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, har xil daraxt nihollari ekildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi.
Haftalik doirasida ilk tadbir – O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirni Savdo-sanoati palatasi raisi o‘rinbosari Ravshan Otaboyev ochib berdi:
– Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari jadallik bilan rivojlanmoqda. Ishbilarmon doiralar bilan aloqalarda mamlakatlar hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Joriy yilda amalga oshirilgan tashriflar va imzolangan tegishli hujjatlar ikki davlat aloqalarining yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratdi. Eron ishbilarmon doiralarini biznes yuritish uchun O‘zbekistonda kutamiz va qo‘shma korxonalar ochish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz.
O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumida Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar, ilm-fan vakillari hamda 100 nafardan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.
– Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalariga davlatlar rahbarlari darajasida e'tibor qaratilmoqda. Biz hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi hamda IT sohasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu hamkorlikning samarali natijasi o‘laroq Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyining ochilishini ko‘rsatish mumkin, – dedi Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Xosseyn Parvarish.
❗️“InnoWeek.uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi ertaga, 17-oktabr kuni, soat 10:00 da “Alpomish” muz saroyida o‘tkaziladi. Barchangizni kutib qolamiz!

#tayinlov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Saparov Xasan Djumanazarovich Termiz davlat pedagogika institutining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Xasan Saparov Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
U 2008-yil Termiz davlat universitetining bakalavriat bosqichi, 2022-yil O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
🎓 Respublikamizdagi barcha oliygoh talabalari hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari ushbu ovoz yozish studiyasiga tashrif buyurib, she’r, qo‘shiq, hikoya va shu kabi ijodiy ishlarini sifatli formatda yozish imkoniga ega bo‘ladi. Audiostudiyadan foydalanish mutlaqo bepul!
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faxrli 1-oʻringa sazovor boʻldi
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi gʻoliblari eʼlon qilindi.
Ushbu tanlov davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligiga bagʻishlab oʻtkazildi.
Bu yil tanlov davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud (tuman va shahar hokimlari), davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari) yoʻnalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.
“Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faxrli 1-oʻringa sazovor boʻldi.