Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.29K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#InnoWeek_2023
#Milliy_reyting

Bu yil 118 ta ilmiy tashkilot tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatiga oid taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlar asosida 27 ta yo‘nalishda 75 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi. Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingi ishlab chiqildi.

Reytingning yuqori 10 taligidan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar quyidagilar:

1-o‘rin – Botanika instituti
2-o‘rin – Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
3-o‘rin – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
4-o‘rin – O‘simlik moddalari kimyosi instituti
5-o‘rin – Yadro fizikasi instituti
6-o‘rin – Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
7-o‘rin – Ilg‘or texnologiyalar markazi
8-o‘rin – Zoologiya instituti
9-o‘rin – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
10-o‘rin – H.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti

Ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida yuqori 10 talikdan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar rag‘batlantirildi.

To‘liq ro‘yxat
👉 bu yerda

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023
#Milliy_reyting

Ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida yuqori 10 talikdan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

“Yashil makon” loyihasi “InnoWeek-2023”da ham davom etmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Eron Islom Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va bilimga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezidenti Ruxolloh Feruzabadi bilan birgalikda vazirlik hududida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Eron bog‘i”da esdalik uchun daraxt ko‘chati ekishdi.
____

Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов совместно с вице-президентом Ирана по науке и технологиям Рухолла Дехгани Фирузабади посадили саженцы деревьев в «Узбекско-Иранском саду», созданном на территории Министерства.
____

The Minister of higher education, science and innovation Ibrohim Abdurakhmonov, together with the Vice President for science, technology, and knowledge-based economy Ruhollah Dehghani Firouzabadi, planted tree seedlings in the “Uzbek-Iranian Garden” created on the territory of the Ministry.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Endi oʻzbek startap kompaniyalari Eron bozoriga ham kiradi

InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining toʻrtinchi kuni doirasida Oʻzbekiston va Eron fan hamda texnologiyalar sohasida hamkorlik guruhi birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar boʻyicha vitse-prezidenti Ruhulloh Dehqoni Feruzobodiy hamraislik qildilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6068

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Ayni paytda “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida tashkil etilgan ilmiy va innovatsion, muhandislik-texnologiyalari yo‘nalishlaridagi tanlovlar g‘oliblarini hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

👉Onlayn translyatsiya: https://www.youtube.com/live/O6yvK-j7_7M?si=9OT3dB7hY4hLblP1
____
Началась церемония награждения победителей научных, инновационных, технологических конкурсов и обладателей нагрудного знака «Лидер инновационных идей», организованная в рамках международной недели инновационных идей InnoWeek.uz-2023.

👉Онлайн трансляция
: https://www.youtube.com/live/O6yvK-j7_7M?si=9OT3dB7hY4hLblP1
____

The award ceremony for the winners of scientific, innovative, technological competitions and holders of the “Leader of Innovative Ideas” badge, organized as part of the international week of innovative ideas InnoWeek.uz-2023, has begun.

👉Online broadcast: https://www.youtube.com/live/O6yvK-j7_7M?si=9OT3dB7hY4hLblP1

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

Oʻzbekiston-Eron: taʼlim, fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichiga qadam
____

Узбекистан-Иран: шаг к новому этапу сотрудничества в сфере образования, науки и технологий
____

Uzbekistan-Iran: a step towards a new stage of cooperation in the field of education, science and technology

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Yoshlar akademiyasi Assambleyasining ilk sammiti boʻlib oʻtdi

Tadbirda oliy taʼlim muassasalarining 64 nafar, Yoshlar akademiyasi hududlaridan 13 nafar va akademiya platformalarining 4 nafar liderlari ishtirok etdi. Sammit ishini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib, Yoshlar akademiyasi tashkil etilish tarixi va hozirgi kunda akademiyaning oldiga qoʻygan asosiy vazifalari va unga aʼzo yoshlardan kutilayotgan natijalar nimadan iboratligi haqida gapirdi.

Yoshlar akademiyasi Assambleyasi aʼzolarining asosiy vazifasi oʻz atrofidagi barcha yoshlarni eshitish, iqtidorli yoshlarni topish va ularning ovozini butun Oʻzbekistonga eshittirish hisoblanadi, – dedi vazir.

Mazkur Assambleya Yoshlar akademiyasining turli darajalardagi liderlaridan iborat boʻlib, akademiyaning jamoatchilik asosida shakllangan organi hisoblanadi. Yoshlar akademiyasi liderlarining asosiy vazifalari oliy taʼlim muassasalari va hududlarda akademiya faoliyatini targʻib qilish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy-innovatsion sohaga keng jalb qilish hamda, ularning loyihalari va tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.

Tadbir yakunida assambleya aʼzolari vazir bilan birgalikda 2030-yilgacha qo‘yilgan ulkan maqsadlarni “orzular kapsulasi”ga joylashtirishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Jahon bankining “MUNIS” loyihasini amalga oshirish. Joriy faoliyat va kelajakdagi rejalar” mavzusidagi panel sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda ekspertlar tomonidan ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish mexanizmlari, xususan, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqot sifatining xalqaro standartlariga erishishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida muhokamalar o’tkazildi.

Panel sessiyada ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investitsiya dasturi (BIRD) bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tadbirda 150 dan ortiq ilmiy va biznes hamjamiyat vakillari, xalqaro ekspertlar, vakolatli davlat organlari va manfaatdor tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023
#memorandum

OTM o’qituvchilarining malakasini oshirishda Xitoy bilan hamkorlik yo’lga qo’yiladi

Innoweek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazlari, xorijiy mamlakatlar otmlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda 10 dan ortiq pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘zlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini taqdim etishdi.

Uchrashuv doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Xi'an Jiaotong University (XXR) o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko’ra, tomonlar oʻzaro tajriba almashish, qoʻshma malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, onlayn darslar oʻtish, qoʻshma loyihalar ustida ishlash va pedagoglarning stajirovkalarini tashkil etish yo’lga qo’yiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Turli tanlov g‘oliblari va “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohiblari taqdirlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi tomonidan “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida yoshlarni ilmiy-innovatsion faoliyat sohasiga keng qamrab olish maqsadida o‘ndan ortiq tadbirlar tashkil etildi.

Bugun haftalik davomida o‘tkazilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovi, ko‘rgazmadagi eng ilg‘or loyihalar g‘oliblari, shuningdek tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov yig‘ilgan yoshlarni ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etib, tanlov g‘oliblari hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirladi.

Aytish joizki, joriy yil respublika miqyosida 504 ta loyihalar ko‘rib chiqilib, yakunida Respublika komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzod “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibi deb topildi.

👉2023-yil “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohiblari;
👉“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovi g‘oliblari;
👉Ko‘rgazmadagi eng ilg‘or loyihalar g‘oliblari;
👉Faol ishtiroki uchun taqdirlanganlar.

💾 FOTOGALERIYA

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube