Edu.uz
139K subscribers
25.6K photos
5.34K videos
244 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #vazir #tayinlov

Nukus davlat pedagogika instituti rektori hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tayinlandi

5-dekabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga Kuvondik Ayitbayevich Kadirov tayinlanganligi o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan Muxtar Mamutovich Ibragimov ham jamoaga tanishtirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29525

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍474🎉4🔥1👏1
#Tayinlov

Geologiya fanlari universitetiga yangi rektor tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan Kadirxodjayev A’zam Alisherovich Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

A’zam Kadirxodjayev 1982-yil 20-noyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

U mehnat faoliyati davomida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, Vazirlar Mahkamasi apparati hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida rahbar lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥6👏2😱21
#tayinlov

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-apreldagi qaroriga asosan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga Shuhrat Abdujalilovich Boymuradov tayinlandi.


Qarorga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Yangi universitet tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitet uchta tibbiyot oliy ta’lim muassasasini birlashtirgan holda faoliyat yuritadi. Unda xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim muhiti, zamonaviy moddiy-texnika bazasi, ilg‘or boshqaruv tizimi, transformatsiya ofisi hamda xalqaro akkreditatsiyani amalga oshiruvchi milliy markaz tashkil etiladi.

Shuningdek, xalqaro mutaxassislar jalb etilishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan yangilash, moddiy-texnika ta’minotini kuchaytirish va ta’lim sifatini baholash mexanizmlarini joriy etish belgilangan. Universitet boshqaruv tizimi rahbarlari yangilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍53🔥85😱3
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍47👏11🤔65🎉3
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🤔44👍36😱27👏62
#Tayinlov

Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍57🤔86👏4🔥1
#Tayinlov

Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘ktam Salomov rahbarlik qiladi

12-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona davlat texnika universitetida boʻlib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga tayinlangan O‘ktam Salomovni universitet jamoasiga tanishtirdi.

Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, viloyatda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar yangi tayinlangan rektorning mehnat faoliyatini e’tirof etib, masʼuliyatli vazifada omad tilashdi. Shuningdek, universitet jamoasiga ilmiy salohiyatni oshirish va Top 1000 talikka kirish bo‘yicha o‘z tilaklarini ham bildirib o‘tishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍53🤔64🔥2👏2
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Salihov Omonulla Rahmatullayevich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.

O. Salihov tayinlovga qadar Madaniyat vazirligining “Taʼlim sohasini muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍40😁4🎉4🔥1👏1
#tayinlov

Sirdaryo viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Mingboyev Sohaddin Muhiddinovich
– Guliston agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Rahmonov Husniddin Davriyevich – Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Boyto‘rayev Dilshod Karomatullayevich – Sirdaryo transport texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3
#Tayinlov

Andijon viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Isoqov Xursandbek Ulug’bekovich
– Buloqboshi tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Azimova Gulziyo Alisherovna – Buloqboshi tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Qambarova Zulfiya Mirzakarimovna – Asaka tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Isaboyev Omadbek Ergashboyevich – Oltinko’l tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Abduvaliyev Dostonbek Dilshodbek o’g’li – Oltinko’l tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Holmatov Shuhratjon Shermatovich – Shaxrihon tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Mamadjonov Umidjon Ibragimovich – Jalaquduq tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Karimov Ziyobiddin Tojiddinovich – Baliqchi tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Alijonov Javohir Jahongir o’g’li – Baliqchi tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍282