Edu.uz
137K subscribers
22.5K photos
4.83K videos
232 files
12.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
⚡️“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnali uchun maqolalar qabuli davom etmoqda!

Professional ta’limni rivojlantirish instituti muassisligidagi “O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining navbatdagi sonida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda talabalar o‘zining professional ta’lim va sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etiladigan maqolalar belgilangan talablar bo‘yicha Telegram messenjeri orqali @DoniyorTeshayev manziliga yoki [email protected] elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Maqolaga qo‘yiladigan talablar:👉https://online.pubhtml5.com/xkjza/oeow/#p=1

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️ mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mazkur sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tizimi raqamlashtirilib, ularga qator yengilliklar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-son (14.08.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat OTMlari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20-avgustdan boshlanadi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari
#yengillik #ijara_puli

⚡️Ijarada yashovchi talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi soddalashtirilmoqda

Qarorga muvofiq, Vazirlar mahkamasining 605-son qaroriga (24.09.2021-y.) ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunda talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berildi.

Bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydlanish imkoniyati yanada oshiriladi.

Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#texnikum

Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salmomatligi texnikumiga qabul davometmoqda!


Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2023/2024-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 11- sinf, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarni o‘qishga qabul qiladi:

Feldsherlik ishi - ta’lim shakli kunduzgi, o‘qish muddati 3-yil;

Funksional diagnostika ishi - ta’lim shakli kunduzgi, o‘qish muddati 3-yil;

Farmatsiya - ta’lim shakli kunduzgi, o‘qish muddati 3-yil;

Tibbiy profilaktika ishi - ta’lim shakli kunduzgi, o‘qish muddati 3-yil.

📌 Ta’lim berish 3 yilgacha muddatda kunduzgi, ta’lim shaklda davlat buyurtmasi asosida grant hamda to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

✏️Texnikumga hujjat topshirish my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Qabul 10-sentabrgacha davom etadi.

Manzil: Ziyovuddin shaharchasi Hamid Olimjon ko‘chasi 7-uy

Ma’lumot olish uchun telefonlar:
+998944770069 +998979161968

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari
#mezon #yotoqxona

⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
🟩🟩🟩🟩

3 ta OTMga rektorlar lavozimga tasdiqlandi

Hukumatning 2023-yil 14-avgustdagi 383-son qarori bilan 3 ta oliy taʼlim muassasasiga:

Rustamov Dilshodbek Abduvohidovich Andijon davlat chet tillari institutining rektori etib;

Tojiyev Rustambek Rasulovich Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining rektori etib;

Jo‘rayev Abdugʻaffor Sofarovich Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining rektori etib tayinlandi.



В 3 высших образовательных учреждениях произошли назначения на должности ректоров

В соответствии с Постановлением Правительства (№383 от 14.08.2023 года):

Рустамов Дилшодбек Абдувахидович назначен ректором Андижанского государственного института иностранных языков;

Тожиев Рустамбек Расулович назначен ректором Международного института пищевых технологий и инженерии;

Жураев Абдуғаффор Софарович назначен ректором Термезского института агротехнологий и инновационного развития.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023 #texnikum

⚡️Nukus Jamoat salomatligi texnikumiga qabul davom etmoqda

Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2023/2024-o‘quv yili uchun 11-sinf, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi:

Hamshiralik ishi;
Feldsherlik ishi;
Stomatologiya ishi;
Farmatsiya;
Funksional diagnostika ishi;
Tibbiy-ijtimoiy ishlar;
Tibbiy-profilaktika ishi.

Texnikumga hujjat topshirish my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Qabul 10-sentabrgacha davom etadi.

Manzil:
Nukus shahri, A.Do‘snazarov ko‘chasi, 114-uy
Telefon: +998 61 226 08 11 +998 61 226 11 73

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#infografika

Ayni kunlarda talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirish borasida qilinayotgan ishlar raqamlarda

Hududlar kesimida batafsil:
https://online.pubhtml5.com/tfmma/iyvh/

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
➡️ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari uchun maqsadli o‘quv kurslariga start berildi.

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining joriy yildagi 100 nafar g‘oliblarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maqsadli o‘quv kurslari boshlandi.

Mazkur o‘quv kurslari ishtirokchilarning doimiy yashash hududlarida joriy yilning 25-avgustiga qadar davom etadi. Unda malakali mutaxassislar tomonidan treninglar hamda viloyatlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga “TEXNOTUR” tashkil etilishi rejalashtirilgan.

*Ayni paytda 100 nafar yoshlar "Yoshlar akademiyasi" a’zoligiga qabul qilingan va hozirgi kunda ular bilan bir qancha ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM