Edu.uz
143K subscribers
21.4K photos
4.61K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#test2023 #UzEXPO

OTMlarga kirish imtihonlarining soʻnggi kunida erta tongdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov "UzExpo" markazga tashrif buyurdi.

Vazir imtihon topshirayotgan abituriyentlarning yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish joylarida ota-onalar bilan suhbatlashdi.

Test jarayonlari davomida abituriyentlarning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ularning vaqtlari maroqli o‘tishi uchun madaniy-maʻrifiy tadbirlar, viktorina va jonli ijrodagi kuy-qoʻshiqlar tashkil etildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan tashkil etilgan viktorinada faol ishtirok etgan abituriyentlar ota-onalari hamda ularning kuzatuvchilariga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Nukus DPIda talabalar turar joylari yangi oʻquv yiliga toʻliq tayyor holga keltirildi

Bugungi kunda Nukus davlat pedagogika institutida jami 1 ming 120 oʻrinli talabalar turar joyi, qoʻshimcha 100 oʻrinli mehmonxona majmuasi yangi oʻquv yiliga talabalarni qabul qilish uchun toʻliq tayyor holga keltirildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-hususiy sheriklik asosida 400 oʻrinlik yotoqxona yangi oʻquv yiliga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, institut atrofidagi mahallalardan 214 ta ijara uyining sharoitlari oʻrganilib, qo‘shimcha yotoq o‘rinlari ro‘yxati shakllantirilgan.

#ttj #tayyorgarlik #topshiriq_ijrosi

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni, kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan belgilangan vaqtda o‘tkaziladi. Imtihon sanasi har bir OTM rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihonlarda ishtirok etish uchun ruxsatnomani vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

12-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Patrik Luizaning u bilan birga musobaqaga borolmasligini eshitib, xafa bo‘ladi. Ishini shaxsiy hayotidan yuqoriga qo‘yayotgani unga yoqmaydi. Luiza esa internet orqali Uill singari imkoniyati cheklangan kishilarga mo‘ljallangan dam olish maskanini topib, u yerga borishni rejalashtiradi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/wywr/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yotoqxona
#tayyorgarlik

Vazirlik talabalarni kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov
UzA axborot agentligiga batafsil ma’lumot berdi.

Jumladan, shaffoflikni ta’minlash maqsadida talabalikka tavsiya etilib, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan abituriyentlardan arizalar 20-avgustdan boshlab onlayn qabul qilinadi.

Ular uchun OTMlarda mavjud yotoq o‘rinlarining o‘rtacha 60 %i alohida ajratilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun respublika bo‘yicha 74 ming yotoq o‘rni bazasi shakllantirilgan.

👉 https://uza.uz/posts/510573

🎥
https://youtu.be/fUUubHO00_M

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obodonlashtirish

Oliy ta’lim muassasalarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida mavjud fakultetlardagi o‘quv-amaliyot xonalari, universitet hududida joylashgan talabalar turar joylarida to‘liq ta’mirlash-bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.

Universitet hududida 3000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy o‘quv binosi ham qurilmoqda. Hozirda binolarning ichki va tashqi qismlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan birga tom qismlarida muqobil energiya bilan ta’minlovchi quyosh panellari ham o‘rnatilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda universitet bosh binosida 100 kVtli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, yana 440 kVtli muqobil energiya resurslari universitetning talabalar turar joylari hamda fakultetlarning tom qismiga o‘rnatilmoqda.

#yashilenergiya

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.

Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023 #texnikum

📹 Romitan agrotexnologiyalar texnikumiga o‘qishga marhamat
!

Hujjatlar my.uzbmb.uz sayti orqali 10-sentabrgacha onlayn qabul qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Qodirova Nigora Abdurashidovna Qoʻqon davlat pedagogika institutining Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Nigora Qodirova 1970-yil Farg’ona viloyatida tugʻilgan.

U 1992-yilda Qo’qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi (Rossiya Federatsiyasida aspiranturani tugatib, Moskva davlat mintaqaviy universitetida dissertatsiya himoyasini amalga oshirgan) ilmiy darajasiga ega.

U 1992–2023-yillar davomida Qo’qon davlat pedagogika institutida laborant, o’qituvchi, katta o’qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib, yetarli tajriba orttirgan.

N.Qodirova 2 ta o‘quv, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 60 tadan ortiq ilmiy maqola muallifi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Qo’qon davlat pedagogika institutinig Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#2023/2024_o‘quv_yili
#tayyorgarlik

Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida keng obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tashkil etilmoqda

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Obodonlashtirish oyligi” keng o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir doirasida oliy va professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar hududlari, yotoqxonalarda ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5558

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oltiariq pedagogika kollejiga 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
#qabul2023 #kollej

Yo‘nalishlar:

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xoreografiyasi.

O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi.

Manzil: Oltiariq tumani Jo‘rak MFY, Jo‘rak ko‘chasi 69-uy.

Tel:. 90-160-86-89

Hujjatlar 10-sentabrga qadar
my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM