Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oliy va professional ta’limda Misr bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2023-yil 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov Misr Arab Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar istiqbolda hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5534

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi
#jarayon

Test sinovlarida ishtirok etayotgan yosh onalarga qulaylik yaratish maqsadida Fargʻona davlat universitetining “Bolajon” innovatsion ilmiy-tadqiqot markazida ona va bola xonalari faoliyat yuritmoqda.

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#e’lon

my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2023
#jarayon
#fotogalereya

Bugun 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarining 9-kuni boʻlib oʻtdi.

Jizzax politexnika instituti tomonidan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun bayramona dasturxon yozildi, malakali oshpazlar katta doshqozonda osh damladi.

Tashkil etilgan badiiy dasturlar orqali ota-onalar OTM faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ular tashkilotchilarga bayramona dasturxon-u shod-xurramlik uchun minnatdorlik bildirdilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Sakkizinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

8-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#vazir_yoshlar

Zamonaviy bilim va xorijiy tajribaga ega yangi avlod yoshlari safi kengaymoqda

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiylar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yil 1-ochiq stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lib, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5537

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Uill dam olish kunlari Luizaga uyidagi bo‘sh uyda yashashni taklif etadi. Luiza rad etadi va yigiti Patriknikiga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/xapc/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

👍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Kitob o‘qib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM