Edu.uz
161K subscribers
19.9K photos
4.28K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#live #xalqaro_konferensiya

Markaziy Osiyo oliy ta'lim xabi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.

Globallashuv davri bizdan oliy taʼlim tizimini qurish uchun tubdan yangi yondashuvlarni talab qiladi. Jahon taʼlim makonida aniq oʻrin egallash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy taʼlim tizimlari dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlar va rivojlanish jarayonlariga moslashishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Soʻnggi yillarda taʼlim sifati va oliy taʼlimga qamrovini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi besh yil ichida 100 dan ortiq yangi universitetlar tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekistondagi universitetlarning umumiy
soni 2016-yildagi 77 bilan taqqoslaganda 210 koʻrsatkichga yetdi. Oʻzbekistonda oliy taʼlimga qabul qilish darajasi 2016-yilga nisbatan toʻrt barobar oshdi va joriy oʻquv yilida 39 foizga yetdi.
Bundan toʻrt yil avval Oʻzbekistonda atigi 7 ta xorijiy universitetlar faoliyat yuritgan boʻlsa, hozirgi kunda 30 taga yetdi.



Начала свою работу международная конференция «Центральная Азия как хаб высшего образования». Мероприятие открыл министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов.

- Глобализация требует от нас кардинально новых подходов к построению системы высшего образования. Важное значение имеет адаптация национальных систем образования стран Центральной Азии к изменениям и процессам развития, происходящим в мире.

Особое внимание уделяется повышению качества и охвата высшим образованием. За последние пять лет создано более 100 новых университетов. В настоящее время общее количество вузов в Узбекистане достигло 210 по сравнению с 77 в 2016 году. Показатель приема в высшие образовательные учреждения Узбекистана увеличился в четыре раза по сравнению с 2016 годом.

Четыре года назад в Узбекистане действовало всего 7 зарубежных вузов, а сегодня - 30.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #xalqaro_konferensiya

YUNESKOning Bangkokdagi mintaqaviy ofisi direktori Libing Vang:

– Bugungi kunda oliy taʼlimning inklyuzivligini rivojlantirish muhimdir. Сovid pandemiyasi barqaror rivojlanishda taʼlimning roli qanchalik muhimligini yana bir bor namoyon etdi. Oliy taʼlim qashshoqlik, gender tengsizligi kabi muammolarni hal qilishga yordam beradi, universitetlar jamiyat farovonligida faol ishtirok etadi.

Markaziy Osiyo tarixiy va madaniy meros maskanidir. Mazkur hududning oliy taʼlim markaziga aylanishi jahon hamjamiyati oʻrtasida bilim va tajriba almashishga xizmat qilishiga ishonaman. Markaziy Osiyo oliy taʼlim tizimiga eng yaxshi taʼlim amaliyotlarini tatbiq etish, tajriba almashinuvini kengaytirish zarur.



Директор Регионального бюро ЮНЕСКО в Бангкоке Libing Vang:

- Сегодня важно развивать инклюзивность высшего образования. Пандемия, связанная с коронавирусной инфекцией еще раз показала важность образования в устойчивом развитии. Высшее образование помогает решать такие проблемы, как бедность и гендерное неравенство, а университеты активно участвуют в обеспечении благосостояния общества.

Центральная Азия является регионом исторического и культурного наследия и его преобразованние в хаб высшего образования послужит обмену знаниями и опытом. Необходимо применять лучшие образовательные практики в высшем образовании Центральной Азии, расширять обмен опытом.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #xalqaro_konferensiya

Denise Waddingham, Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi direktori:

– Britaniya kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan yangi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻygan, xususan universitetlarni boshqarish, taʼlim sifatini taʼminlash va inklyuziya. Shuningdek, Oʻzbekistonda transmilliy taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilayotgani quvonarlidir.

Britaniya Kengashi “Change Academy” loyihasi doirasida vazirlik va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkiloti bilan bir necha yildan beri taʼlim sifatiga qaratilgan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Bundan tashqari Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi ayol tadqiqotchilari uchun ilk bor “Women in STEM” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.



Директор представительства Британского совета в Узбекистане Denise Waddingham:

– Британский Совет сотрудничает с Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан по таким направлениям, как управление университетами, обеспечение качества и инклюзивности образования. Отрадно и то, что в Узбекистане большое внимание уделяется поддержке транснационального образования.

В рамках проекта Британского Совета Change Academy уже несколько лет ведется сотрудничество между Министерством и организацией Advance HE, направленное на повышение качества образования. Кроме того, впервые запущен проект Women in STEM для женщин-исследователей, работающих в высших образовательных учреждениях Узбекистана.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#infografika

7-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 1 ming 899 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#infografika

2023-yil 7-iyul soat 09.00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 65 556 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#live #xalqaro_konferensiya

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov:

– Bugungi kunda universitetlarning asosiy vazifasi oliy ta’limning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Bu borada ta’lim markazlarini yaratishda integratsiyalashuv, ya’ni turli sohalarda ta’lim olish mumkin bo‘lgan markaz faoliyati katta ahamiyatga ega. Ta’lim markazini yaratishning zaruriy shartlaridan biri universitet dasturlarini xalqaro darajada kengaytirishdir. Bu o‘zaro manfaatli mintaqaviy aloqalarni shakllantirish va tarmoq universitetlariga integratsiyalashish imkonini beradi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi oliy ta’lim muassasasi sanaladi. O‘z faoliyatining ko‘p asrlik tarixi davomida universitet ilmiy bilimlarning turli sohalarida butun dunyoda tan olingan muhim yutuqlarga erishdi, yuz mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorladi.



Ректор Национального университета Узбекистана Иномжон Мажидов:

– Сегодня ключевой задачей университетов становится повышение конкурентоспособности высшего образования. А создание международных образовательных хабов – одно из результативных новшеств интеграции высшего образования в последние годы. Причем формирование образовательного хаба на уровне отдельного государства также возможно с объединением усилий локальных и международных участников вузовского сектора.

Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека считается ведущим высшим образовательным учреждением не только в Узбекистане, но и Центральной Азии. За вековую историю своей деятельности университет добился значительных достижений, признанных во всем мире в различных областях научного знания, и подготовил свыше ста тысяч специалистов высшей квалификации.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani
#Dayjest

Oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2023–2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazildi

🔹Farg‘ona politexnika institutida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul mavzusida matbuot anjumani hamda press-tur bo‘lib o‘tdi.

🔸 Urganch davlat universitetida 2023/2024-o‘quv yilida yangi ochilgan yo‘nalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

🔹Namangan to‘qimachilik sanoati institutida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlarining tashkil etilishiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔸Termiz davlat universiteti tomonidan Termiz shahridagi Matbuot uyida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔹Qoʻqon davlat pedagogika institutida qabul jarayonlariga oid matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida qabul jarayoni bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.                                

🔹 Samarqand davlat universiteti va SamDU Urgut filiali hamkorligida qabul komissiya mutasaddilari ishtirokida qabul kvotalari,va jarayondagi muhim yangiliklar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸Buxoro davlat pedagogika instituti 2023/2024-o‘quv yili uchun qabulni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazdi.
                
🔹 Namangan davlat pedagogika institutida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔸Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
   
🔹 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida qabul jarayonlariga oid matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔸O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti qabul komissiyasi mutasaddilari va OAV vakillari ishtirokida qabul jarayonlariga bag‘ishlab matbuot anjumani tashkil etdi.

🔹TATU Farg‘ona filialida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga qabul jarayonlari, berilgan imtiyozlar, yangi oʼquv yilidan kutilayotgan oʼzgarishlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸Nukus davlat pedagogika institutida kirish imtihonlari va qabul jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔹Namangan davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qabul jarayonlari doirasidagi mavjud o‘zgarishlar hamda yangiliklar xususida batafsil maʼlumot berildi.

🔸Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida qabul komissyasi masʼullari ishtirokida brifing tashkil etildi.

🔹TATU Urganch filialida oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari yuzasidan matbuot ajnumani bo‘lib o‘tdi.

🔸SamDU Kattaqo’rg’on filialida qabul kvotalari, ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔹TKTI Yangiyer filialida 2023/2024-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti mutasaddilari ishtirokida press-konferensiya tashkil etildi.

🔹Samarqand davlat chet tillar institutida qabul jarayonlari hamda yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #xalqaro_konferensiya

“Markaziy Osiyo oliy ta’lim xabi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan globallashuv sharoitida oliy ta’lim malakalarini tan olishning xalqaro mexanizmlari, O‘zbekistonda oliy ta’lim transformatsiyasi masalalari muhokama qilinmoqda. Muvaffaqiyatli transmilliy ta’lim xablarini shakllantirish bo‘yicha fikr almashish jarayonida Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.



Продолжает свою работу международная конференция «Центральная Азия как хаб высшего образования»

Участники конференции обсуждают международные механизмы признания квалификаций высшего образования в условиях глобализации, вопросы трансформации высшего образования в Узбекистане. В ходе обмена идеями по формированию успешных транснациональных образовательных хабов особое внимание уделено опыту стран Ближнего Востока и Юго-Восточной Азии.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ovozli_chat
#live

Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

Vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining mas’ul xodimlari ishtirokida ovozli chat boshlandi.

Unda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#eslatma

⚡️Joriy yilda 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi

Bular:
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
• Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
• Samarqand davlat chet tillari instituti;
• Andijon davlat chet tillari instituti;
• Namangan davlat chet tillari instituti;
• Toshkent davlat pedagogika universiteti;
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
• Nukus davlat pedagogika instituti.

Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ilovada (rasm👆)

❗️Ma’lumot uchun, ushbu ta’lim yo‘nalishlariga my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz platformalari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#live #xalqaro_konferensiya

Prof. Marzita binti Puteh, Malayziyaning Sulton Idris taʼlim universiteti (Sultan Idris Education University – UPSI) prorektori:

– Markaziy Osiyo madaniy va iqtisodiy almashinuv chorrahasida turibdi va ushbu geografik ustunlik unga qoʻshni davlatlar va xalqaro sheriklar bilan strategik hamkorlikni boshlashga imkon beradi, talabalar harakatchanligi almashinuvi, qoʻshma ilmiy loyihalar va akademik sheriklik uchun doimiy imkoniyatlar yaratadi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar taniqli taʼlim markaziga aylanish uchun infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishi, madaniy almashinuv tashabbuslarini ilgari surishi va stipendiya dasturlarini yaratishi kerak. Bunday saʼy-harakatlar mahalliy va xalqaro talabalarni jalb qiladi, taʼlim sifatini oshiradi va mintaqaning intellektual va iqtisodiy oʻsishiga yordam beradi.

Umuman olganda, boy tarixi, taniqli ilmiy muassasalar va uning geografik afzalliklari Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan taʼlim markaziga aylanish salohiyatini oshiradi.



Professor Dr. Marzita binti Puteh, Deputy Vice Chancellor (Academic & International) Sultan Idris Education University (UPSI):

– Central Asia is at the crossroads for cultural and economic exchange and this geographical advantage will enable it to initiate strategic collaborations with its neighboring countries and international partners, creating continuous opportunities for student mobility exchanges, joint research projects and academic partnerships.

To transform into an notable education hub, countries in the Central Asian region should invest in infrastructure development, promote cultural exchange initiatives and establish scholarship programs.

The unique blend of history, prominent academic institutions and its geographical advantages will enhance Central Asia’s potential in becoming a thriving education hub.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#bilasizmi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida hozirda 8 ta fakultet, 41 ta kafedra, 21 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 31 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud.

2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun jami 7 745 ta kvota ajratilgan (hududiy filiallari bilan birgalikda).

Universitetning 5 ta hududiy filiali mavjud:

🏛TATU Samarqand filiali;
🏛TATU Urganch filiali;
🏛TATU Nukus filiali;
🏛TATU Farg‘ona filiali;
🏛TATU Qarshi filiali.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: +998 71-238-55-55

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#statistika

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot
(2023-yil 7-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 255 254 nafar.

🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili — 219 529 nafar;
Rus tili — 29 873 nafar;
Qoraqalpoq tili — 4 815 nafar;
Boshqa tillar — 1 037 nafar.

🔸Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 171 505 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 6 368 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 75 299 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 2 082 nafar.

🔹Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🏛O‘zbekiston milliy universiteti9 770 nafar;
🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti8 373 nafar;
🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti8 042 nafar;
🏛Toshkent davlat pedagogika universiteti8 011 nafar;
🏛Farg‘ona davlat universiteti7 639 nafar.

🔸Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

Samarqand viloyati — 26 200 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 24 373 nafar;
Toshkent viloyati — 23 663 nafar;
Andijon viloyati — 22 916 nafar;
Farg‘ona viloyati — 20 436 nafar.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «#qabul2023 #statistika 2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 7-iyul 18:00 holatiga) Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 255…»
#xalqaro_konferensiya

Janseit Tuimebayev, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti rektori:

– Qozogʻiston universitetlarni xalqarolashtirish strategiyasini amalga oshirmoqda. Bu global taʼlim makoniga integratsiyalashuv jarayonida mahalliy oliy taʼlim muassasalarining raqobatbardoshligi va malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshiradi.

Bizda xalqaro va xorijiy universitetlarning filiallari mavjud. Qozogʻiston Milliy agrar universiteti negizida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universitetining filiali ochilmoqda.

Markaziy Osiyo oliy taʼlim xabiga aylanishi shart va lozim. Markaziy Osiyo universitetlari murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, milliy manfaatlar va oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, birdamlik va hamjihatlikni saqlashi zarur. Biz xalqlarimiz manfaati va farovonligi yoʻlida olgʻa intilish uchun birga boʻlishimiz va birgalikda harakat qilishimiz kerak.



Жансеит Туймебаев, ректор Казахского Национального университета им. аль-Фараби:

– В Казахстане реализуется Стратегия интернационализации университетов, где определено, что интеграция в мировое образовательное пространство повысит конкурентоспособность отечественной системы высшего образования и позволит улучшить качество подготовки квалифицированных специалистов.

У нас функционируют международные университеты, филиалы зарубежных вузов. На базе Казахского национального аграрного университета открывается филиал Ташкентского института инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства.

Центральная Азия не только может, но и должна стремиться стать хабом высшего образования. Университетам Центральной Азии несмотря на сложную геополитическую обстановку с учетом национальных интересов и особенностей, необходимо сохранять единство и сплоченность, мы должны быть вместе и совместными усилиями идти вперед во благо и во имя процветания наших народов.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlarning 2023-yil I yarim yillikdagi faoliyati raqamlarda

Batafsil:👉https://edu.uz/uz/news/view/5452

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Dayjest

Oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2023–2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan media tadbirlar o‘tkazildi

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti
da 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔸Andijon davlat chеt tillar institutida yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va “Qabul-2023” jarayonlarini olib borilishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Chirchiq davlat pedagogika institutida qabul jarayonlariga oid brifing tashkil etildi.

🔸Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔹Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialida bitiruvchilarni katta hayotga kuzatish ishlarining borishi hamda yangi o‘quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari ishtirokida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔹Namangan muxandislik-qurilish institutida qabul masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸Namangan muhandislik-texnologiya institutida qabul jarayonlarining tashkil etilishi: qabul kvotalari va yangi ta’lim yo‘nalishlari tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔹Namangan davlat universitetida qabul jarayonlariga oid matbuot anjumani tashkil etildi.

🔸 Farg‘ona davlat universiteti tomonidan 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan press-klub sessiyalari tashkil qilindi.

🔹Toshkent davlat transport universitetida qabul jarayonlariga oid yangiliklar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

🔸Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

🔹Milliy rassomlik va dizayn institutida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlarining tashkil etilishiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi;

🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔹TDIU Samarqand filialida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlari hamda yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

🔸Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori ishtirokida tashkil etilgan brifingda qabul komissiyalari faoliyati, bakalavriat hamda magistratura uchun qabul parametrlari, ijodiy imtihonlarni o‘tkazish borasidagi tayyorgarlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Geologiya fanlari universitetiga bu yil yana 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi qo‘shildi

2023/2024-o‘quv yili qabulida universitet uchun bakalavriatning 7 ta ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi, sirtqi) bo‘yicha jami 600 ta (shundan 95 ta grant, 505 ta kontrakt) va magistraturaning 4 ta mutaxassisligi bo‘yicha jami 56 ta (shundan 47 ta grant, 9 ta kontrakt) kvota tasdiqlangan.

Yana bir muhim ma’lumot, 2023/2024-o‘quv yilidan Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) hamda Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) yo‘nalishlari ham kiritildi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon:
+99871 209-11-48, +99871 209-11-49, +99871 209-02-33

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#infografika

2023-yil 7-iyul soat 21.00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 73 432 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul_2023
#infografika

7-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, 260 ming 365 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 131 ming 829 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 128 ming 536 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube