Edu.uz
158K subscribers
20.2K photos
4.34K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 5 yoshda!

Bugun Turizm markazining “Ayvon” bazmgohida universitetning 5 yilligi hamda joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.

Tadbirda universitet rektori, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimov barcha bitiruvchilarni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yil 300 nafar bakalavr hamda 33 nafar magistr ushbu oliygohni tamomladi.

👉Batafsil

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul

E’lon!

2023-yil 6-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhlari tomonidan Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Manzil:
Navoiy davlat pedagogika instituti, soat 10:00;
Davlatobod tumani “Yangi Oʼzbekiston - yoshlar ziyo maskani axborot kutubxonasi”, soat 10:00;
Termiz davlat universiteti, soat 10:00.

Unda hududdagi barcha yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek, oʻz tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Qabulda oliy taʼlim muassasalari talabalari, abituriyentlar, professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda ushbu muassasalarga hujjat topshirish istagini bildirgan yoshlar, shuningdek ularning ota-onalari ishtirok etishlari mumkin.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul_2023
#infografika

6-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 209 ming 387 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 107 ming 027 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 102 ming 360 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#rasmiy_bayonot

Hurmatli OAV hamda talaba-yoshlar,


Bugun soat 11:30da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Qarshi davlat universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabuli ma’lum uzrli sababga ko‘ra boshqa kunga qoldirilganligini ma’lum qilamiz.

Navbatdagi sayyor qabul aniq kuni va sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul_OTFIV

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg‘ona viloyatdagi yoshlar bilan uchrashdi.

Sayyor qabulda dolzarb masalalar muhokama qilinib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Batafsil: 👉https://edu.uz/uz/news/view/5449

Bizning rasmiy sahifalarimiz
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qanday tartibda o‘tkaziladi?

Bugun “Yoshlar” telekanalida har hafta jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.

Unda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bor OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish tartibi hamda baholash mezonlari haqida to‘liq ma’lumot beriladi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

Savollarga vazirlik, agentlik va tegishli oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan javob beriladi.

Ko‘rsatuvni bugun, soat 15:00 da “Yoshlar” telekanali hamda vazirlikning https://youtube.com/c/eduuz Youtube videohostingi orqali jonli efirda ko‘rishingiz mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul

Vazirning oʻrinbosari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Shahlo Turdiqulovaning Samarqand viloyati yoshlari uchun sayyor qabuli tashkil etildi. Unda Oliy taʼlim muassasalari talabalari, abituriyentlar, professional taʼlim muassasasi bitiruvchilari hamda ushbu muassasalarga hujjat topshirish istagini bildirgan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda oliy va professional taʼlim muassasalari, shuningdek, akademik litseylarda qabul jarayonlari davomida vujudga kelayotgan muammo va takliflar, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati hamda taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan suhbat olib borildi.

Tadbir ishtirokchilari OTMlarga kirish imtihonlari, oʻquv jarayonlari, “HEMIS” platformasi, nomdor stipendiyalar va ularga hujjat topshirish tartibi, talabalar turar joylari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul

Joriy yilning 5-iyul sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg‘ona viloyatida bo‘lib, bir qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.

Dastlab, Farg‘ona davlat universiteti va Quva tumanida joylashgan Yoshlar markazida vazir o‘rinbosarining viloyatdagi yoshlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda talaba-yoshlar hamda fuqarolarning taklif va qiziqtirgan savollari tinglanib, 20 dan ortiq turli xil yo‘nalishdagi masalalar hal etildi.

Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona davlat universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga biriktirilgan mahalla yoshlari holidan xabar olinib, ularning muammolari, ijtimoiy kayfiyati va qiziqishlari о‘rganildi.

Vazir o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh viloyatning Qo‘shtepa, Yozyovon va Quva tumanlarida ham bo‘ldi.

Shuningdek, hududiy boshqarma mas’ullari, mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamrohligida Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan “Oq yo‘l senga, bitiruvchi” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida faol bitiruvchilar hamda ularning ustozlariga faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi o‘quv yilida jami 170 nafar o‘quvchi kasb-hunar maktabini tamomlab, ularga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha davlat namunasidagi diplomlar topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube