Edu.uz
166K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#live #ichki_turizm #sayohat
Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari uchun yurtimizning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri - Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.

Bugun erta tongdan sayohatchilar manzil tomon yoʻl oldilar. Ishtirokchilar sayyohat dasturiga ko‘ra, Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Jumladan, Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat, Dorut-saodat, Ko‘kgumbaz jome’ masjidi, “Amir Temur” moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Chorsu bozori kabi tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shahrisabz shahriga tashkil etilgan maroqli va mazmunli sayohat yakunlangach, ishtirokchilar sayohatni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida davom ettirishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Buxoroda sayyor qabul oʻtkazadi

Aholi
bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ertaga, 4-iyul seshanba kuni Buxoro davlat universitetida soat 9:00 da sayyor qabul oʻtkazadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Professional_ta’lim

2023-yilning 3-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov hamda Germaniyaning Leypsig dual taʼlim va malaka oshirish markazi direktori Hnizdo Yorg boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini O‘zbekistonga joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog xodimlarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#infografika

2023-yil 3-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, 149 ming 781 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

Shundan 78 ming 235 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 71 ming 546 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada (rasm)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda sayyor qabul o‘tkazadi

Qabul jarayonlarini tashkil etish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, olimlar va talablarning muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish hamda abituriyentlarga qabul jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulovaning 2023-yil 4-iyul seshanba kuni soat 11:00 da Sirdaryo Yoshlar texnoparkida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Barcha olimlar va talaba-yoshlarni taklif qilib qolamiz.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Sirdaryo Yoshlar texnoparki

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Olimlar_minbari
#19—30.06.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Qoraqalpoq turizmi rang-barangligi va jozibadorligi bilan sayyohlarni jalb etadi” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori; Alisher ESHTAYEV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

“O‘zaro aloqalar tarixida yangi davr” — Avazjon MARAHIMOV, Termiz davlat universiteti rektori, professor;

«Важный фактор развития вузов в эпоху третьего ренессанса» — Шарифжон ЭРГАШЕВ, ректор Наманганского инженерно-строительного института;

“Spin-off kompaniyalar: Eron tajribasi O‘zbekistonda ham samara bermoqda” — Jamoliddin BOBOXONOV, Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i;

“Andijon yoshlar texnoparki zamonaviy kasblar va ishlab chiqarish maydoni” — Abdulaziz YOQUBOV, Andijon yoshlar texnoparki direktori;

«Туризм с восточным колоритом» — Дурбек САЙФУЛЛАЕВ, проректор по науке и инновациям Ташкентского государственного университета востоковедения доктор исторических наук;

“Finlyandiya tajribasi: uzluksiz ta’lim muvaffaqiyati o‘qituvchilar tayyorlash tizimiga bog‘liq” — Odil QO‘YSINOV, Xalqaro Nordik universiteti prorektori, professor; Feruza HAMROYEVA, O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti dotsenti;

«Трудиться на родной земле — высшее предназначение» — Эркин БИЛАЛОВ,
заведующий кафедрой Ташкентской медицинской академии, профессор;

«Законодательство о выборах: справедливо и демократично» — Хуршида АБЗАЛОВА,
профессор кафедры Ташкентского государственного юридического университета доктор юридических наук;

«Экономическая социализация требует современных знаний» — Навбаҳор УМАРОВА,
заведующая кафедрой Ташкентского государственного педагогического университета доктор психологических наук;

“Milliy saylov amaliyoti va xalqaro standartlar” — Shuhrat FAYZIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Узбекистан–Иран: новые горизонты взаимодействия в сфере науки и образования» — Дилшода ХОДЖИМУРАТОВА, преподаватель ТГУВ, PhD;

“Sportda chiniqqan avlod dori-darmonga muhtoj bo‘lmaydi” — Fotima RAHMATOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘qituvchisi,PhD;

«Кадастровая система: итоги реформирования» — Робия ТОШБОЕВА, доцент кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“Investitsiya iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch” — Zumrad G‘OIBNAZAROVA, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Malika BOBOJONOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti assistent o‘qituvchisi;

“Demokratik saylovlar —islohotlar “generatori” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti, kafedra mudiri, professor;

«Институт формирования электоральных традиций» — Лайло АСЛОНОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;

“Yangi bosh qonunda yangi davr nafasi” — Rahmon QO‘CHQOR, TDYU dotsenti v.b., filologiya fanlari nomzodi;

“Chor Bakr durdonasi ma’naviyatimizning to‘rt ustuni” — Azalshoh HAMROYEV, BuxDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, dotsent; Mavluda RAHMONOVA, Turon Zarmed universiteti katta o‘qituvchisi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov

9-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi.

Kelajagingizga befarq boʻlmang!

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun, 4-iyul kuni soat 10:00 da Andijon davlat tibbiyot institutining katta majlislar zalida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyatdagi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi. 

Ushbu sayyor qabulda hududdagi barcha yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek, oʻz tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Andijonlik  yoshlarni ushbu qabulda faol ishtirok etishlarini soʻrab qolamiz. 
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun +99890 945 03 53 raqamlari bilan bogʻlanishingiz mumkin.

Qabulda oliy taʼlim muassasalari talabalari, abituriyentlar, professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda ushbu muassasalarga hujjat topshirish istagini bildirgan yoshlar, shuningdek ularning ota-onalari ishtirok etishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube