Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#ichki_turizm

⚡️QarDU jamoasi Samarqandga sayohat qildi

Bugun Qarshi davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va nuroniylaridan iborat bir guruh jamoa qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat qilidi.

Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish, yurtimizning so‘lim g‘o‘shalari hamda tarixiy yodgorliklari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Sayohat davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, jumladan, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli, Hazrati Xizr majmuasi va Islom Karimov maqbarasi"
kabi qadamjolarni ziyorat qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

Termiz davlat universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlardan iborat jamoa bayram kunlari Xiva shahriga sayohat qildi.

Sayyohlar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, koʻp yillik tarixni oʻzida aks ettiruvchi meʼmoriy obyektlari va qadimiy yodgorliklarini yaqindan koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

TerDU professor-oʻqituvchilari qadimiy Xivaning goʻzal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega boʻldilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

Oliy ta’lim muassasalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning yurtimiz bo‘ylab sayohati davom etmoqda

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda Andijon va Surxondaryo viloyatidagi go‘zal obidalar bilan tanishdi;

🔸Namangan davlat pedagogika instituti talabalari tyutorlari boshchiligida Qo‘qon shahriga sayohat qilishib, shahar markazida joylashgan Xudoyorxon o‘rdasi tarixiy-me’moriy obidasi, xalqaro kulolchilik markazi hamda u yerdagi hunarmandchilik namunalari, kulolchilik maktabi vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar;

🔹“Namangan muhandislik-qurilish instituti umidlari” uyushmasi a’zolari bo‘lgan talabalar Axsikent arxeologiya yodgorligiga sayohat uyushtirdi;

🔸Өzbekstan mәmleketlik kөrkem өner hәm mәdeniyat institutы Nөkis filialы Kәsiplik ao‘qamы tәrepinen filial xыzmetkerleri ushыn Xiyo‘a qalasыna sayaxat shөlkemlestirildi;

🔹Farg‘ona davlat universiteti xodimlari ichki turizm imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumaniga sayohat qildilar. Ular bu yerda joylashgan “Nifrit” ko‘lida bo‘lib, tabiiy muhitni o‘rgandilar;

🔸“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-oʻqituvchilaridan iborat bir guruh jamoa hamda talaba yoshlar yurtimizning 8 ta hududi bo‘ylab sayohatga chiqdi;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali xodimlari Samarqand ziyoratida bo‘lishdi;

🔸Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Oʻzbekistonning gullar shahri bo‘lmish Namangan viloyatiga sayohat tashkil etildi;

🔹Jizzax shahridagi Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari viloyatning so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Baxmal tumani, qadimiy Samarqand va non shahri Toshkent bo‘ylab sayohat qilmoqda;

🔸Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professor-o‘qituvchilari Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Hazrati Dovud (Samarqand), Chillabuloq (Qashqadaryo) va Xo‘jamayxona ziyoratgohlari hamda Tangi darasiga (Surxondaryo) sayohati uyushtirildi.

🔹Farg‘ona politexnika institutining professor-o‘qituvchi hamda talabalaridan iborat bir guruh jamoa Xorazm viloyati Urganch shahriga sayohat qilishdi;

🔸Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlaridan bir guruhi qadimiy va navqiron shaharlardan biri bo‘lgan Urganchga sayohatga borishdi;

🔹Buxoro davlat universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti talabalari viloyatning turizm yo‘nalishida alohida o‘rinda turuvchi Nanay qishlog‘i (Yangiqo‘rg‘on tumani), Chodak qishlog‘i (Pop tumani), “Mavlono Lutfullo” istirohat bog‘i (Chust tumani) hamda ekoturistik maskanlaridan bo‘lgan G‘ova qishloqlariga ekskursiyalar tashkil etishdi;

🔹Toshkent shahridagi Vebster universitetining bir guruh xodimlari jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri, turistlarning eng sevimli manzili bo‘lgan Samarqand shahriga sayohat qilishmoqda;

🔸TITU Nókis filialında jumıs iskerligin alıp barıwshı bárshe texnik xizmetler elimizdegi tariyxıy orınlarǵa ziyarat hám sayaxat etti.

🔹Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilarining Samarqand va Buxoro shaharlariga, talabalarining esa, “Xumson” dam olish maskaniga sayohati uyushtirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#tavsiya

Davlat oliy ta’lim muassasalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari telegramda o‘z sahifalarini yuritmoqda.

Mazkur telegram kanallarida muassasa faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy munosabatlardan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikamizda 114 ta davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining rasmiy kanallariga a’zo bo‘lishni tavsiya qilamiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#live #ichki_turizm #sayohat
Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari uchun yurtimizning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri - Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.

Bugun erta tongdan sayohatchilar manzil tomon yoʻl oldilar. Ishtirokchilar sayyohat dasturiga ko‘ra, Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Jumladan, Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat, Dorut-saodat, Ko‘kgumbaz jome’ masjidi, “Amir Temur” moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Chorsu bozori kabi tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shahrisabz shahriga tashkil etilgan maroqli va mazmunli sayohat yakunlangach, ishtirokchilar sayohatni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida davom ettirishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Buxoroda sayyor qabul oʻtkazadi

Aholi
bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ertaga, 4-iyul seshanba kuni Buxoro davlat universitetida soat 9:00 da sayyor qabul oʻtkazadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Professional_ta’lim

2023-yilning 3-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov hamda Germaniyaning Leypsig dual taʼlim va malaka oshirish markazi direktori Hnizdo Yorg boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini O‘zbekistonga joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog xodimlarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube