Edu.uz
163K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#ichki_turizm

Ayni vaqtda Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialining professor-oʻqituvchilaridan iborat bir guruh jamoa dunyoning qadimiy maskanlaridan biri, islom olamida diniy va ilm-ma’rifat markazi sifatida tanilgan “Buxoroi sharif”ga sayohat qilishmoqda.

Ular sayohat davomida shahrning diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Bahouddin Naqshbandiy” ziyoratgohi, “Sitorai Mohi Xosa”, “Ark” saroyi, “Minorai Kalon” masjidi, “Mir Arab” madrasasi hamda “Labi hovuz” kabi qadimiy qadamjolarini ziyorat qilishni rejalashtirishgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#talabaga_qulaylik
#Jizzax_viloyati

Vazir: “Talabalar uchun qulay shart-sharoit yaratish bosh maqsadimiz”

 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan  qurilish ishlari bilan tanishdi.

Vazir dastlab Jizzax politexnika institutida barpo etilayotgan Jizzax shahridagi “Ittifoq” MFY  huddida joylashgan 300 kishilik  talabalar turar joyi uchun qurilayotgan binoni koʻzdan kechirdi. Qurilish ishlarining sifatiga alohida eʼtibor qaratib, ishlarni oʻz muddatida, puxta amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shundan so‘ng Politexnika instituti hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan 400 kishilik  talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida vazir I.Abdurahmonov yotoqxona binosini ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlarni berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari Farg‘ona viloyati turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Rishtondagi Xalqaro kulolchilik markazida bo‘lishdi.



Студенты Ташкентского государственного университета востоковедения посетили Международный центр гончарного дела в Риштане в рамках развития туристического потенциала Ферганской области.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutining bir guruh xodimlari Samarqand, Urganch, Xiva shaharlariga hamda Zomin kurort zonasiga sayohat uyushtirdilar.

Iyul oyining birinchi sanalarida jamoaning 50 nafar xodimi uchun Kumushkon dam olish zonasiga sayohat tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube