Edu.uz
138K subscribers
22.3K photos
4.8K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#professional_taʼlim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov professional taʼlim muassasalarining vakant direktorlik lavozimlariga tavsiya etilgan nomzodlar bilan uchrashib, ularni suhbatdan oʻtkazdi.

Suhbat natijalariga koʻra, respublikamizning turli hududlaridagi 11 ta professional taʼlim muassasasi rahbari lavozimiga tayinlandilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

⚡️Ayni damda Navoiy Yoshlar texnoparki rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tantanali ravishda ochib berdi.

Navoiy shahrida barpo etilgan Yoshlar texnoparki faoliyati kasb o‘rganayotgan o‘quvchi va talaba-yoshlarning texnik yo‘nalishdagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik sohasiga qiziqishini oshirish, bilimlarini mustahkamlash va amaliyotga joriy etishga qaratilgan.



⚡️В настоящее время проходит официальная церемония открытия Молодежного технопарка Навои. Мероприятие торжественно открыл министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов.

Молодежный технопарк, созданный в городе Навои, направлен на поддержку технических проектов учащихся и студентов, молодых людей, осваивающих профессию, повышение интереса молодежи к инженерной сфере, укрепление их знаний и применение их на практике.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Axborot resurs markazi binosining tom qismiga umumiy quvvati 60 kVtli boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi. Panellar bir oyda 6 ming 700kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa, filialning 70 foiz elektr energiyasini tejash imkoniyatini beradi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari #Navoiy

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Navoiy shahridagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishib, yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Vazir dastlab Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Navoiy viloyat Yoshlar texnoparkining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu yerda yoshlar uchun innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, zamonaviy kasb turlarini egallash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Marosim ishtirokchilari bino imkoniyatlari bilan tanishar ekan, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Navoiy filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan yaratilgan va bir qator korxonalarning ilmiy-innovatsion mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirishdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5434

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
18 nafar talabaning to‘lov-kontrakti to‘lab berildi

Aholi turmush tarzi va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimovga biriktirilgan Chilonzor tumani mahallalardagi oilaviy sharoiti og‘ir fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlariga vazirlik tomonidan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berildi.

Vazir o‘rinbosari to‘lab berilgani to‘g‘risidagi sertifikatni o‘z egalariga topshirar ekan, yoshlarni mukammal bilim olishga chorlab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, yig‘ilganlar tomonidan ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube