Edu.uz
132K subscribers
23.9K photos
5.05K videos
239 files
13.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Ishonch Tel.: 1006 (2)

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehron shahrida innovatsiyalar va texnologiyalar ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qildi.


Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил специализированную выставку инноваций и технологий в городе Тегеране. Главу государства сопровождали Президент Ирана Ибрахим Раиси и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Eron #kurgazma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romani xotimasi: “Abu Rayhonning ibodatdagi siymosi” hikoyasi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/mpue/

PDF shaklida o‘qish

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Tehrondagi Sharif texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hukumat delegatsiyasi tarkibida Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida Tehron shahridagi Sharif texnologiyalar universitetida bo‘ldi.

Sharif texnologiyalar universiteti Eronning eng nufuzli texnik oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lib, u yerda muhandislik va fizika fanlari bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Universitet 14 ta fakultet va 15 ta ilmiy-tadqiqot markazlaridan tashkil topgan.

Ibrohim Abdurahmonov tashrif doirasida universitet prezidenti prof. Rasul Jaliliy bilan uchrashdi. Vazir O‘zbekistonda oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsion rivojlanish sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi. Tomonlar shu yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, yurtimizdagi innovatsion hududlar, innovatsion infratuzilma obyektlari – texnoparklar, biznes-inkubatorlar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bunda iqlim, atrof-muhit va energetika sohalariga alohida ahamiyat berish zarurligi qayd etildi.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#yangi_yo‘nalishlar

Bu yil 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi

Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.

Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxat ilovada 👆

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#Olimlar_minbari
#12—17.06.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Abituriyent ham, talaba ham ovora bo‘lmaydi” – Bobur RAHIMOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi;

«Необходимость повышения квалификации определяет перспективу профессионального образования» – Зайниддин ХУДОЙБЕРДИЕВ, директор Института педагогических инноваций, управления профессиональным образованием, переподготовкой и повышением квалификации педагогических кадров профессор;

“O‘zbekiston—Italiya: o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda” – Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

«От международных образовательных программ – к уникальным совместным проектам» – Мадамин МАДАЗИМОВ, ректор Андижанского государственного медицинского института, профессор;

“Yangi sayyohlik manzillari barcha uchun koni foyda” – Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, professor;

«Квалифицированные кадры для туризма – актуальный вопрос развития сферы» – Ахмед РЕЙМОВ, ректор Каракалпакского государственного университета, профессор;

“Tamaddun hodisalariga eltuvchi odimlar” – Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori;

«Узбекистан-Тюрксой: развитие культурной дипломатии для продвижения великого наследия предков» – Дурбек САЙФУЛЛАЕВ, проректор Ташкентского государственного университета востоковедения, профессор;

“Dunyo inqirozlari: sabablar, oqibatlar va yechimlar. Fransiya moliyaviy inqirozi” – Sherzod MUSTAFOQULOV, Qobiljon ISAYEV, Xalqaro Nordik universiteti olimlari;

“Ko‘hna daraxt va uning hayotbaxsh soyasi” – Shavkat DO‘STMUHAMMAD, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i;

«Конституция Узбекистана: новые пути и направления» – Умида ПУЛАТОВА, доцент Ташкентского государственного юридического университета.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Edu.uz
#E’LON ⚡️Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasini o‘tkazish vaqti va joylari belgilandi. Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim…
#eslatma

“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan
o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi ertaga, soat 10:00 da boshlanadi

Olimpiada bo‘lib o‘tadigan joylar:

🔹Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
🔸Fizika fani bo‘yicha – Samarqand davlat universiteti;
🔹Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

❗️Ma’lumot o‘rnida, olimpiadada ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasi orqali 632 nafar qatnashchi ro‘yxatdan o‘tdi:
* Biologiya fani bo‘yicha 162 ta;
* Fizika fani bo‘yicha 125 ta;
* Informatika va axborot texbologiyalari fani bo‘yicha 230 ta;
*Kimyo fani bo‘yicha 115 ta ariza qabul qilindi.

☝️Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «#eslatma “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi ertaga, soat 10:00 da boshlanadi Olimpiada bo‘lib o‘tadigan joylar: 🔹Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston…»
#Yashil_energiya

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida quyosh panellaridan foydalanish ko‘lami ortmoqda

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2022-yilda 1 mln 307 ming 600 kVt soat elektr-energiyasi iste’mol qilinib, unga 800 millionga yaqin mablag‘ sarflangan. O‘rnatilayotgan quyosh panellari orqali elektr energiyaga bo‘lgan talab 100 foiz qoplanadi.



В Узбекском государственном университете физического воспитания и спорта растёт масштаб использования солнечных панелей

Если говорить языком цифр, то в 2022 году было потреблено 1 миллион 307 тысяч 600 кВтч электроэнергии, а потрачено на это около 800 млн сумов. За счет устанавливаемых солнечных панелей будут покрыты 100% потребности в электроэнергии.



The use of solar panels is increasing at the Uzbekistan State University of Physical Education and Sports

If we pay attention to the numbers, in 2022, 1 million 307 thousand 600 kWh of electricity was consumed, and about 800 million soums were spent on it. 100% of the electricity demand will be covered by the installed solar panels.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Eng ko‘p iqtibos keltiriladigan 100+ mashhur jurnal maqolalaridan bepul foydalanish mumkin

“Springer Nature” kompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “O‘zbekiston olimlarining global tadqiqotlari. Eng ko‘p iqtibos keltiriladigan 100+ eng mashhur jurnal maqolalaridan bepul foydalanish imkoniyati” loyihasi doirasida amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur loyiha mamlakatimiz olimlari uchun profildagi 100 dan ortiq maqoladan iqtibos keltirish va ma’lumot olish imkonini beradi.

Maqolalar havolasi bu yerda.

Eng muhim yangilik, olimlar uchun Nature jurnallarida maqolalarni chop etish jarayonlarini yengillashtirish maqsadida maqola chop etish xarajatlari kompaniya tomonidan qoplab beriladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yildan buyon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Springer Nature” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston ta’lim va ilmiy tashkilotlariga nashriyotning elektron ilmiy resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Andijonda “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivali o‘tkazildi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivali yuqori saviyada o‘tkazildi.

Unda milliy xalq o‘yinlari, liboslar namoyishi, osh tayyorlash musobaqasi, respublikamiz viloyatlarining o‘ziga xos qadriyatlari aks etgan sahna chiqishlari festivalga tashrif buyurganlarga a’lo kayfiyat ulashish bilan birga, uzoq yillik tarixiy an’analarimiz, boy qadriyatlarimiz haqida yoshlarga keng ma’lumot va taassurotlar berdi.

Festival yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar taqdirlandi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube