Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 29-may kuni Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi Jamoliddin Yoqubovni qabul qildi.
J. Yoqubovning Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi tomonidan oʻtkaziladigan test imtihonlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha imkoniyat va sharoitlar yaratish yuzasidan murojaati ko‘rib chiqildi.
Masalani ijobiy hal etish maqsadida koʻrish, gapirish va eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun xorijiy tillardan test savollarini istisno tariqasida olib tashlash boʻyicha mas’ullarga koʻrsatma berildi.
30-may kuni Jamoliddin Yoqubov imtihonlarni ogʻzaki qayta topshirib, malaka oshirish sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#abituriyent2023
#imtiyoz
⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi
🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;
2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;
3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.
4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.
☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_festivali
#videolavha
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida “Iqtisodiyot universiteti — kelajak bunyodkorlari maskani” nomli talabalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Ikki kun davomida 10 ga yaqin turli tadbirlar, xususan, milliy sport o‘yinlari haftaligi, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, QVZ tanlovi, sport musobaqalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda ko‘ngilochar bayram dasturlari o‘tkazildi.
Bayram tadbirlari davom etadi...

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy universitetida talabalar festivali haftaligiga start berilgan edi. Bugun haftalik doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda 16 ta fakultetdan 32 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqa 1 000 nafarga yaqin talaba-yoshlarni qamrab oldi.
Ma’lumot uchun, g‘oliblar 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirda quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 10 million so‘m;
2-o‘rin: 7 million so‘m;
3-o‘rin: 5 million so‘m.
Qiziqarli tadbirlar davom etadi...

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fargʻona politexnika institutiga tashrif buyurdi. Vazir institutda davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan har biri 400 oʻrinli boʻlgan 2 ta talabalar turar joyi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Vazir avval institut hamda “Mashʼal Plyus” MCHJ hamkorligida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi qurilishi bilan tanishdi. Loyihaning umumiy qiymati 25,0 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 10,8 mlrd. soʻm boʻlib, bino joriy yilning iyul oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda binoning fasad, ichki pardoz, ichki kommunikatsiya ishlari olib borilmoqda.
Shundan soʻng, vazir DXSH asosida barpo etilayotgan ikkinchi 400 oʻrinli, umumiy qiymati 25,0 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 12,0 mlrd. soʻmni tashkil etuvchi TTJ binosini barpo etish ishlari bilan tanishdi. Mazkur loyiha institut hamda “The New Grand House” MCHJ oʻrtasida davlat-xususiy sherikchilik asosida bitimga koʻra barpo etilayotgan boʻlib, ushbu talabalar turar joyi joriy yil sentyabr oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu talablar turar joyining yertoʻla qismida 200 oʻrinli oshxona va oʻquv markazi, binoning kirish qismida “book cafe”, wife zonali xonaning borligi mazkur yotoqxonaning boshqalardan ajralib turilishini taʼminlaydi.
Vazir I.Abdurahmonov qurilish jarayonlari bilan tanishish chogʻida ushbu talabalar turar joyi binolariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quyosh panellari va quyosh kollektorlarini oʻrnatish boʻyicha topshiriqlarni berdi.
Shuningdek, oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov, Italiyaning nufuzli arxitektorlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan institut hududida qurilishi rejalashtirilgan Texnopark hamda 2500 oʻringa moʻljallangan oʻquv binosi loyihasi bilan ham tanishib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi manzili – Farg‘ona davlat universiteti bo‘ldi.
Sport sog‘lomlashtirish majmuasi hududidagi bo‘sh yer maydonida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etilayotgan 2 ta 402 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi hamda 4-sonli talabalar turar joyi hududidagi bo‘sh yer maydonida qad ko‘tarayotgan 240 o‘rinli yotoqxona qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar jarayonida vazir talaba-yoshlar davrasida bo‘lib, ular bilan ochiq muloqot qildi. Suhbat davomida yoshlarning yaxshi bilim olib, o‘z maqsadlari sari olg‘a harakat qilishlari, ota-onalari kutayotgan umidni ro‘yobga chiqarishlari kerakligi ta’kidlandi.
Shu kuni talabalarning yashash sharoitlari, qiziqishlari, darsdan bo‘sh vaqtlaridagi mashg‘ulotlari, to‘garaklar, kutubxonalar faoliyati, kuz-qish mavsumiga oldindan tayyorgarlik hamda isitish tizimi holati, yoshlarning ma’naviy dunyosi vazir nigohida bo‘ldi.