Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#talabalar_teatr_studiyalari

🎭"Talabalar teatr studiyalari" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Respublika miqyosida 160 ga yaqin talabalar teatr studiyalari ishtirok etgan mazkur ko‘rik-tanlov final bosqichi yuqori saviyada Farg‘ona shahrida tashkil etildi. Yakunda yuqori o‘rin egalari va rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari tantanali taqdirlandi,

🥇1-o‘rin: Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Ibn Sino izdoshlari” talabalar teatr studiyasi.

🥈2-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi.

🥉3-o‘rin: Toshkent davlat agrar universiteti “Iste’dod” talabalar teatr studiyasi

🥉3-o‘rin: Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining “Majidiy izdoshlari” talabalar teatr studiyasi.

🔵“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi – Abdunabi Bobojonov, SHDPI Muloqot jamoasi rahbari;

🔵“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibiMohinur Quvvatova, TTA Darmon jamoasi a’zosi;

🔵“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibiUmarxon Muxtorov, FarPI Qirguli jamoasi a’zosi.

👉 Ko‘rik-tanlov fotolavhalari

🏆G‘olib jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka hamda 1-o‘rin 60 million so‘m, 2-o‘rin 40 million so‘m va 3-o‘rinlar 30 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_qabuli

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Ilhom Mamatqulovning muassasada talaba va professor o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoit va ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek institut tomonidan hududlarning turistik salohiyatini ko‘tarish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborotini tingladi.

Dastlab, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hamda Angren shahrining turistik salohiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shu o‘rinda, vazir tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari bilan hamkorlik o‘rnatish, tur agentliklari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Hududning turistik salohiyati haqida keng ommani xabardor qilish, ko‘proq targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish haqida ham to‘xtalindi.

Shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifalar ham ma’lum qilindi. Bunda institutga yangi yo‘nalishlarni olib kirish — kelajakda talab yuqori bo‘ladigan bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligida yangi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda universitetlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarni olib borish bo‘yicha vazifalar berildi.

Qolaversa, turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish va bu jarayonga talabalarni keng jalb qilish orqali hududda turizmni rivojlantirishga mo‘ljallangan tur-paketlar ishlab chiqish, bunda sayyohlik firmalar bilan yaqindan hamkorlik qilish, ular bilan shartnomalar tuzib, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirishda institutning rolini yangi pog‘onalarga olib chiqish borasida ham fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalar_festivali

Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar tashabbusiga ko‘ra “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli festivalga start berildi.

Ushbu maqsadda bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, universitet rektori Inomjon Majidov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, xorijlik mehmonlar ishtirokida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5373

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xalqaro anjumanda 1 nafar vazirlik va 5 nafar ARM xodimi mehnati e’tirof etildi

Joriy yil 24−26-may kunlari Buxoro shahrida “Central Asia-2023: Fan, taʼlim, madaniyat, biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusida XVI xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda oliy va professional ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlarining 50 nafardan ortiq rahbar va xodimlari ham ishtirok etdi.

Xalqaro anjuman davomida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilayotgani uchun bir guruh soha vakillarining samarali mehnati e’tirof etildi.

Jumladan, oliy va professional ta’lim muassasalari axborot-resurs markazining 5 nafar xodimi “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yetakchi mutaxassisi Komiljon Mavlonov ham “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube