Edu.uz
132K subscribers
23.6K photos
5.01K videos
239 files
13.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Ishonch Tel.: 1006 (2)

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#XUSHXABAR

O‘zMU Jurnalistika fakulteti “Oltin qalam” Milliy mukofoti bosh sovrindori bo‘ldi

Bugun “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu yili tanlov tarixida ilk bor milliy mukofot sohibiga yengil avtomobil topshirildi. Ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar 5 tadan 12 taga koʻpaytirildi. Umuman, tanlovning nufuzi va qamrovi oshdi.

Tanlovda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti Bosh milliy mukofotga sazovor boʻldi hamda Prezident sovgʻasi  — “Gentra” avtomobilini qoʻlga kiritdi.

💐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti jamoasini ushbu mukofot bilan samimiy qutlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent2023

Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialiga 2023/2024-o‘quv yili uchun 6 ta yo‘nalish bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Yo‘nalishlar:
Kino va televideniye prodyuserligi;
Kinorejissyorlik;
Operatorlik mahorati;
Dramaturgiya;
Aktyorlik mahorati;
Kinotanqidchi.

Ta’lim rus tilida olib boriladi. Arizalar 15-iyundan 15-iyulga qadar [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Batafsil: https://vgik.uz/svedeniya-o-priyom-2023/
Murojaat uchun telefon: 71 277 89 98

Ma’lumot o‘rnida, ushbu oliy o‘quv yurti Prezident qarori bilan 2021-yilda tashkil etilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_anjuman

Ayni kunlarda Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchilari Kengashining 32-yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro anjuman doirasida bugun davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda talabalar turar joylarini barpo etish mavzusida davra suhbati (round table discussion) olib borildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari I.Norqulov, tegishli mutasaddilar hamda xorijiy investorlar ishtirok etdi.

Munozara davomida mas’ullar tomonidan respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari faoliyati, talabalarni yotoqxona bilan qamrovini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlar, jumladan investorlar ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini qurishda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida fikr almashilib, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#EduSeminar_2023

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida vazirlik huzuridagi agentlik, hududiy boshqarma hamda oliy taʼlim muassasalari axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun tashkil etilgan amaliy seminar-trening o‘z nihoyasiga yetdi.

Ikki kunlik trening davomida ishtirokchilar PR xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar, tashkilot mediaqiyofasini yaratishda zamonaviy PR texnologiyalar, kommunikatsiyani maqsadli tashkil qilish, mediasavodxonlik va “faktcheking” kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi. Mashg‘ulotlarda interaktiv metodlardan foydalanilgani qatnashchilarning faolligini oshirib, qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.

Seminar yakunida qatnashchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 26 nafar ishtirokchiga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.



Сегодня в Министерстве высшего образования, науки и инноваций завершился практический семинар-тренинг, организованный для руководителей и сотрудников пресс-служб подведомственных организаций, региональных управлений и высших образовательных учреждений в рамках проекта Германской организации международного сотрудничества (GIZ) «Поддержка процессов реформирования и модернизации системы профессионального образования в Узбекистане».

В ходе двухдневного тренинга участники повысили свои знания и навыки по таким темам, как современные тенденции эффективной организации PR-служб, современные PR-технологии в создании медиа образа организации, адресная организация коммуникаций, медиаграмотность и «фактчекинг». Использование интерактивных методов в обучении повысило активность участников и сделало его интересным.

По окончании семинар-тренинга состоялась церемония награждения. 26 участников награждены сертификатами о повышении квалификации.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 7-qismi: “Mansur ibn Iroq” va “Nishopurlik kishi” hikoyalari.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/ikwf/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023
#Professional_taʼlim

⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

✔️Shundan:

➡️ Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
➡️ Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

📲 Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 32-anjumani doirasida navbatdagi uchrashuv

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktori Shuhrat Yakubov xalqaro anjumanda ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan germaniyalik ekspertlar – Frankfurt moliya va menejment maktabi vakillari bilan uchrashib, taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini rivojlantirish borasida fikr almashdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5348

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_forum

Vazir Sian shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Xitoy biznes-forumida qatnashdi

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy poytaxti Sian shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu davlatga rasmiy tashrifi oldidan Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston tomondan soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov soʻnggi yillarda Xitoy bilan koʻplab sohalar kabi taʼlim, fan va innovatsiyalar yoʻnalishlarida olib borilayotgan hamkorlik aloqalari haqida soʻzlab, bugungi uchrashuvlarda ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi bosqichga olish chiqishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5349



Министр выступил на узбекско–китайском бизнес – форуме

Сегодня в древней столице Китайской Народной Республики городе Сиане в преддверии официального визита Президента Республики Узбекистан Ш.М.Мирзиёева в КНР состоялся узбекско-китайский бизнес-форум. Выступая с речью, министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов рассказал о сотрудничестве с Китаем во многих сферах, как образование, наука и инновации, и отметил, что представленные на сегодняшних встречах предложения и инициативы послужат дальнейшему укреплению отношений и выведут их на новый уровень.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5349

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube