Edu.uz
138K subscribers
22.3K photos
4.82K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilm uchun sarflangan pul hech qachon zoye ketmaydi!

🇺🇿 Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi Media jamoasidan yangi loyiha! Endi har hafta a’lo baholarga o‘qish bilan bir qatorda ko‘plab yutuqlarga erishib kelayotgan talabalar bilan intervyularni e’tiboringizga havola qilib boramiz.

🗣Loyihamizning ilk soni mehmoni Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi, tanlovlar g‘olibi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Abdulaziz O‘tkirov bo‘ladi. Intervyuni ko‘rish orqali siz ham o‘zingiz uchun muvaffaqiyat kalitini kashf qilsangiz ajab emas.

O‘zbekiston tarixini dunyoga tanitishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan talaba bilan to‘liq suhbat videosini YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

📺To‘liq intervyuni ko‘rish 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 4-qismi: “Sabuktegin” hikoyasi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/lyiw/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik o‘tkaziladi!

23-26-may kunlari Buxoro shahrida
talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik bo‘lib o‘tadi.

Unda talabalar 3 kun davomida “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat Quiz” o‘yinlarida o‘zaro bellashadilar.

Intellektual haftalikda yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Intellektual haftalikda har bir OTMdan 7 nafar talaba va bir nafar murabbiy ishtirok etadi.

Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, [email protected] elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim.

Arizalar 13-may kuni soat 23:59gacha qabul qilinadi.

Intellektual haftalikda qatnashish istagini bildirgan OTMlar soni 50 dan oshib ketgan taqdirda, Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi tashkil qilinishi mumkin.

Hududlardagi saralash o‘yinlari faqat “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️⚡️⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ishga tushirildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) jarayonlari bo‘yicha ma’lumot berib borish maqsadida alohida telegram kanal ishga tushirildi.

📣 Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) tartibi va o‘tkaziladigan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

▶️ Telegram kanal manzili: @NostrifikatsiyaBBA

🖥 Shuningdek, nostrifikatsiya xizmati bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qilish maqsadida @NostrifikatsiyaBBA_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

📤 Fuqarolar mazkur bot orqali xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha o‘z savollarini yuborishi va javob olishi mumkin.

📩 Botga kelib tushgan savollarga Bilimni baholash agentligining Oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi xodimlari tomonidan javob beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#surdotarjimonlik
#dayjest

Bugundan imo-ishoralar tilining hayotimizdagi o‘rni borasidagi bilimlarimizni oshirish maqsadida o‘ziga xos kasblardan biri bo‘lgan imo-ishora tili tarjimonlari – surdotarjimonlik haqida, ularni tayyorlash borasida dunyo miqyosida olib borilayotgan ishlar, yo‘nalishdagi yangiliklarga bag‘ishlangan dayjest berib boriladi.

Dayjestning ilk sonida surdotarjimon kasbining ahamiyati, xorijiy tajriba va ushbu yo‘nalishdagi innovatsiyalar haqidagi ma’lumot hamda tadqiqotlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

▶️Lotin yozuvida o‘qish;
▶️Кирилл ёзувида ўқиш.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Ozarbayjon davlat arbobi Haydar Aliyev tavalludiga 100 yil to‘ldi

Haydar Aliyev o‘z hayoti va faoliyati davomida qardosh O‘zbekiston, turkiy mamlakatlar bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratgan.

Sana munosabati bilan bugun poytaxtimizdagi Haydar Aliyev nomi bilan ataluvchi yodgorlik majmuasida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan rektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etib, davlat arbobiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, kun davomida sana munosabati bilan joylarda adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 5-qismi: “Jurjon. Abu Sahl Masihiy” hikoyasi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/qygp/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#VazirYoshlar_uchrashuvi

Qachonki, tadqiqotchining ilmiy faoliyatini ilmiy hamjamiyat tan olsagina, u olimga aylanadi – vazir

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Professor-oʻqituvchilar hamda talabalar bilan uchrashib, ular faoliyatidagi muammo va takliflari yuzasidan samimiy suhbat oʻtkazdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5336



Только когда научное сообщество признает научную деятельность исследователя, он становится ученым – министр

Министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абдурахмонов посетил Туринский политехнический университет в Ташкенте и ознакомился с условиями, созданными для студентов. Он встретился с профессорами и студентами и провел с ними открытую беседу, выслушал их предложения.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5336

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_akademik_almashinuvi

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetida xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida amaliyot o‘tab qaytdilar.

Amaliyot davomida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “Tibbiyotning dolzarb masalalari” mavzusidagi X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazir: Yoshlar taʼlim-tarbiyasiga barchamiz birdek masʼulmiz

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mirobod tumanidagi fuqarolar xonadonida boʻldi. “Oltinkoʻl”, “Bilimdon” va “Navroʻz” mahallalarida yashovchi yoshlar muammolarini o‘rganib, ular bilan samimiy muloqot qildi.

Suhbat davomida soʻnggi yillarda yoshlar zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻzlanib, ulardan unumli foydalanish taʼkidlandi. Bunda yoshi kattalar ularga toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, hayotda oʻz yoʻllarini topishda, jumladan, isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishda koʻmakchi boʻlishlari bildirildi.

Yoshlar muammosi jamiyat muammosi, ularning taʼlim-tarbiyasiga barchamiz birdek masʼulmiz, – dedi vazir.

Uchrashuvlar davomida yoshlarga IT sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun kompyuter jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube