Edu.uz
138K subscribers
22.2K photos
4.8K videos
232 files
12.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#yashil_energiya

Dayjestning navbatdagi sonida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar va rejalar bilan tanishishingiz mumkin.

👉https://online.pubhtml5.com/knoh/ordn/

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ProfTa’lim
#tahlil

– Ayni paytda mamlakatimizda 330 ta kasb-hunar maktabi, vazirlik va idoralar tizimidagi 166 ta kollej va 208 ta texnikum faoliyat yuritib keladi. Ularda kasb va mutaxassislik egallash istagidagi 417,5 mingdan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshligʻi Sadoqat Siddiqovaning Professional ta’lim tizimi transformatsiyasi mehnat bozori uchun kerakli, raqobatbardosh, malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan sarlavhali maqolasi chop etildi.

💾 PDF shaklda yuklab olish👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

📑Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning talabalari uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi

🔰Hukumat qarori (02.05.2023-y., №181) bilan davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan, respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

💬Unga koʻra:

🔹oliygohlar – har yili 15-oktabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;

🔹vazirlik – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun stipendiya mablagʻlari ushbu muassasalarning byudjet xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.

▶️Talabalar uchun stipendiyalarni tayinlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.

‼️Stipendiya sohiblariga belgilangan miqdordagi stipendiya ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar tayinlanadi va to‘lanadi.

🟥Ma’lumot uchun, ushbu Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari va davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_yutug‘i

TDIU talabasi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan “XIII Yevroosiyo iqtisodchi yoshlar xalqaro forumi” doirasida “Rossiya, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini hisobga oid tahliliy qo‘llab-quvvatlash” xalqaro ilmiy loyihalar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa hamda Osiyo mamlakatlaridan 30 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Mazkur tanlovda yurtimizdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Feruz Hakimov ham ishtirok etib, umumiy natijalarga ko‘ra talabamiz xalqaro maydonda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🎉Vazirlik jamoasi Feruz Hakimovni qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi. 👏



Студент ТГЭУ стал победителем международной олимпиады

В Екатеринбурге состоялся финальный этап международного конкурса научных проектов «Учетно-аналитическое обеспечение предпринимательской деятельности в России, странах Ближнего и Дальнего Зарубежья» в рамках XIII Евразийской Международной Олимпиады. В нем приняли участие около 30 участников из стран Европы и Азии.

В ней также принял участие студент Ташкентского государственного экономического университета Феруз Хакимов. По общим итогам наш студент занял почетное 1 место на международной арене.

🎉Коллектив Министерства поздравляет Феруза Хакимова с достижением и желает ему успехов в дальнейшей научной деятельности. 👏

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun JAVOBLAR VARAQASI

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

➡️ Fanlar majmuasi @eduuzuniversalbot'da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_tadbirga_tayyorgarlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov joriy yil 16–18-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining yillik 32-anjumaniga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilinib, batafsil axborot berildi. Vazir xalqaro tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Samarqand turizm markazi hududida tashkil etiladigan mazkur tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo 72 ta davlat hukumatlarining moliya va iqtisodiyot sohasi vakillari ishtirok etadi.



Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов ознакомился с подготовкой к 32-й ежегодной конференции Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития, которая пройдет в Самарканде 16-18 мая текущего года.

Ответственные лица представили презентацию и подробную информацию о проводимой работе. Министр поставил дополнительные задачи за проведение международного мероприятия на высоком уровне.

В предстоящем мероприятии, которое будет организовано в Самаркандском туристическом центре, примут участие представители финансово-экономического сектора правительств 72 стран-членов Европейского банка реконструкции и развития.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ENGLISH FOR SCIENCE_2023

O‘zbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun bepul akademik ingliz tili dasturining 4-mavsumiga start berildi

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “English for Science” o‘quv dasturining 4-mavsum tanlovlari boshlandi.

Loyihaning asosiy maqsad va mohiyati:
– mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilarga yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda o‘z maqolalarini nashr etishlarida amaliy yordam berish;
– tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun xorijiy moliyalashtirish manbalarini (grantlar) izlashdagi faolligini oshirishga ko‘maklashish;
– yetakchi ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari (Web of Science, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar) dan foydalanish ko‘rsatkichini oshirish;
– tadqiqotchilarning yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha akademik ingliz tili bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

O‘quv dasturida qatnashish uchun qo‘yiladigan talablar:
1. Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
2. Ingliz tilini B1 darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi;
3. Ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalariga ega bo‘lishi;

Dastur mentorlari qatorida barcha fan sohalari bo‘yicha AQSh, Avstriya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, mamlakatlarida tahsil olgan yuqori tajribaga ega mutaxassislar (PhD, DSc) ishtirok etishadi.

🔗 Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 5-iyun sanasiga qadar quyida keltirilgan havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
👉https://cutt.ly/45zMeNE

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99895 170 59 95
+99893 322 56 89
📧:[email protected]

Taklif va e’tirozlar uchun:
+998 97 170 67 84;
📧[email protected]



4-й сезон бесплатной академической программы по английскому языку для исследователей-ученых Узбекистана

По инициативе Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан при финансовой поддержке проекта Всемирного Банка «Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана» (MUNIS), начинается 4-й сезон бесплатной учебной программы "English for Science” для ученых, докторантов и научных исследователей Республики Узбекистан.

Основная цель и суть проекта:
– повышение качества и количества статей, публикуемых местными учеными в ведущих научных базах данных (Web of Science, Scopus, Springer, Wiley и др.);
– оказание практической помощи ученым в публикации их научных результатов в международных научных журналах с высоким импакт-фактором;
– повышение активности в поиске зарубежных источников финансирования (грантов) для коммерциализации научных проектов;
– повышение знаний и навыков владения aкадемическим английским языком.

Требования к отбору кандидатов:
1. Онлайн регистрация для участия в программе “English for science" по ссылке ниже;
2. Владение английским языком не ниже уровня В1;
3. Наличие научных результатов и научных разработок.

В нем принимают участие высококвалифицированные специалисты (PhD, DSc), получившие образование в США, Австрии, Германии, Японии, Китае и в других странах

Кандидаты, желающие принять участие в программе, должны онлайн зарегистрироваться по следующей ссылке до 5 июня этого года:
👉https://cutt.ly/45zMeNE

Дополнительная информация:
+99895 170 59 95
+99893 322 56 89
📧[email protected]
Предложения и жалобы:
+998 97 170 67 84;
📧 [email protected]

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#akademik_litsey

Akademik litsey o‘quvchilari xorijiy tillarni puxta o‘rganishmoqda

Birgina Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi misolida oladigan bo‘lsak, o‘tgan o‘quv yilida 96 nafar litsey o‘quvchisi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lishgan. Ahamiyatlisi, ustozlar 2023/2024-o‘quv yili qabulida bitiruvchilarining 90 %ini qamrab olishni maqsad qilishgan.

Batafsil “O‘zbekiston24” telekanalining maxsus ko‘rsatuvida 👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 2-qismi davomi: “Al-Xo‘jandiy”, “Ilm suhbati” hikoyalari.

📖Maroqli mutolaa

👉https://online.pubhtml5.com/ilkp/vync/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ohangaron tech Industrial” texnoparki uchun ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlanadi

Ushbu maqsadda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi va “Ohangaron Tech-Industrial” texnoparki direksiyasi mutasaddilari ishtirokida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, Ohangaron shahar kasb-hunar maktabida Texnopark uchun zamonaviy mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash belgilandi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5326

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vazir_ProfTa’lim

Vazir yangi tayinlangan professional ta’lim muassasalari direktorlari bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Ibrohim Abdurahmonov hamda 10 ta hududdagi professional ta’lim muassasalariga yangi tayinlangan 24 nafar direktorlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5332

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#Teatr_haftaligi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Teatr tomoshasi haftaligi” doirasida universitet iqtidorli yoshlaridan iborat “Yuksalish” jamoasi tomonidan yozuvchi Javlon Jovliyevning “Ozodlik” asari sahnalashtirildi.

Mazkur asarda yozuvchi rus mustamlakasiga aylangan o‘zbek xalqining qiyinchiliklari, haq uchun kurash, mustaqillik yo‘lidagi harakatlar, jadidchilik tuzumining yorqin namoyandalari, mehnatkash xalqimizning qanday kunlarni boshdan kechirgani real voqealarga asoslangan tarzda ko‘rsatib berilgan.

Bundan tashqari, talabalar tomonidan O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Qatag‘on” asari ham sahnalashtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube