Edu.uz
137K subscribers
22.4K photos
4.83K videos
232 files
12.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#e’lon

⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil 2-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

👉На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Hozirgi paytda loyihaning Youtube platformasida chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslarni onlayn o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, tez orada Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham platformaga yuklanishi kutilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy tillarni 0 dan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun tavsiya etadi.

👉 O‘zbek tili (xorijliklar uchun);

👉 Ingliz tili;

👉 Nemis tili;

👉 Turk tili;

👉 Rus tili.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Olimlar_minbari
#09.01—14.01.2023

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

➡️«Креативная экономика, нацеленная на созидание» Иброхим АБДУРАХМОНОВ, министр Высшего образования, науки и инновации, академик;

➡️«Новый Узбекистан: светлые надежды и ясные цели» Конгратбай ШАРИПОВ, ректор Ташкентского государственного экономического университета;

➡️“Bilim bor joyda buyuklik boʻladi”Bahodir SHERMUHAMMADOV, Fargʻona davlat universiteti rektori;

➡️«Вакцина честности» решение проблемы коррупции в борьбе не с самим пороком, а с его причинами»Акрамжон ЙЎЛДАШЕВ, ректор Андижанского государственного университета;

➡️“Qulay sharoit – zamonaviy taʼlim asosi”Bahrom ABDULLAYEV, Urganch davlat universiteti rektori;

➡️“Chet tilida erkin gaplashish va kreativ fikrlash yoshlarni oʻzi kutgan marraga, xalqimizni taraqqiyotga eltadi”Ilhomjon TOʻXTASINOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori;

➡️“Talabalardan umidimiz katta. Kelgusida taʼlim sifatini oshirishda ularga tayanamiz” Shavkat SHARIPOV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori;

➡️“Yashil iqtisodiyot” – Oʻzbekiston barqaror taraqqiyotining kafolati”Gulnora ABDURAHMONOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori;

➡️“Tinchilik va osoyishtalik qadri xalqni baxt-saodatga eltadi” Rustam NORLIYEV, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti prorektori;

➡️«Виновен или ответственен»Рустам ЗУФАРОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

➡️“Murojaatnoma fenomeni”Qiyom NAZAROV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professori;

➡️“Ilm-fan va innovatsiyalar drayveri oliy taʼlim muassasalaridan shu nomga munosiblik talab etilyapti”Olim ROʻZIMURODOV, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professori;

➡️«Качественное образование – в основе строительства третьего ренессанса в новом Узбекистане»Саидахрор ГУЛЯМОВ, академик; Мамаюнус ПАРДАЕВ, профессор Самаркандского института экономики и сервиса;

➡️“Tinchilikning kafolati maʼnaviyat va maʼrifatdir”Mahfuza YOʻLDOSHEVA, Toshkent moliya instituti dotsenti;

➡️“Mevali daraxtlarni sovuqdan qanday saqlash mumkin?”Bahrom XOLMIRZAYEV, Davlat NORMURODOV, SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti dotsentlari;

➡️“Inson huquqlari – oliy qadriyat”Bekzod RAJABOV, Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi;

➡️“Qalblarda masʼullik, gʻurur va ishonch”Manzura ABDULLAYEVA, Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti; Ahmadjon MUXTORJONOV, Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi; Olima TOJIBOYEVA, Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Xalqaro IT-sertifikati nima va qanday imkoniyatlar beradi?

Birozdan so‘ng, soat 15:00da xalqaro IT-sertifikat olish bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘shimcha savollarga javob berish maqsadida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

Spiker: IT-Parkda Xalqaro IT sertifikatlar boʻlimi boshligʻi Mirabbos Anvarov.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi IT-sertifikatga ega bo‘lish istagidagi yoshlar uchun tavsiya etadi.

ZOOM uchun havola: 👉bit.ly/3vZXkbb

Ma’lumot uchun, xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash boʻyicha it-istedod.uz” portali ishga tushirilgan. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali — my.gov.uz orqali arizalarni qabul qilish xizmati mavjud.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
E’LON!

Oliy, o‘rta-maxsus va professional ta’lim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolarni Ta’lim-fan jamoatchilik kengashiga taklif etamiz!

Kengash a’zoligiga hujjatlar 2023-yilning 25-yanvariga qadar [email protected] elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Yangi tashkil qilinadigan jamoatchilik kengashiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan, fidoiy, oliy ta’lim va ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolarni bu borada faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

👉 Batafsil
👉 На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Taʼziya

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 16-yanvar kuni Termiz davlat universiteti akademik litseyi binosidagi qozonxona tizimining nosozligi tufayli yuzaga kelgan portlash tufayli bevaqt olamdan oʻtgan 2 nafar xodimning yaqinlari, oila aʼzolari va hamkasblariga hamdardlik bildiradi.

Mazkur mashʼum hodisa kabi fojiali holatlarning oldini olish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi tomonidan professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini tashkil etishda texnika xavfsizligini taʼminlanganlik darajasi, talabalar turar joyi hamda oʻquv binolarining holati qayta koʻrib chiqilmoqda.

Ayni damda vazir oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan respublikamizdagi barcha OTM, texnikum va akademik litseylarning oʻqish boshlashga tayyorligi holati qayta monitoring qilinmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha xabar beriladi.

Vazirlik va universitet rahbarlari tomonidan olamdan oʻtgan fuqarolarning oila aʼzolariga va tan jarohati olgan bir nafar universitet xodimiga har tomonlama yordam koʻrsatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar) hududlaridagi, shuningdek Qrim va Sevastopoldagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

💾 Ro‘yxatni yuklab olish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

В рамках государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Сингапур состоялись мероприятия на высшем уровне - переговоры с Президентом этой страны Халимой Якуб и Премьер-министром Ли Сянь Луном.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vengriya grant dasturi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Vengriya hukumatining “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjatlar qabuli joriy yil 16-yanvargacha davom etishi ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda, vengriya tomoni hujjatlar qabulini joriy yil 23-yanvar soat 14.00gacha (Markaziy Yevropa vaqti bilan, Toshkent vaqti bilan esa – 18.00) uzaytirganini ma’lum qilamiz.

Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.
————
Срок приёма заявок на венгерскую программу грантов продлен

Ранее было объявлено, что в качестве крайнего срока приёма документов на венгерскую правительственную стипендиальную программу “Stipendium Hungaricum” было установлено 16 января т.г.

Сообщаем о том, что в настоящее время венгерская сторона продлила срок приёма документов до 14.00 часов 23 января т.г. (по европейскому времени, а по ташкентскому времени – 18.00).

Документы подаются через онлайн платформу https://stipendiumhungaricum.hu/apply/

👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Singapur: oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi mamlakatimiz ta’lim vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Singapurda bo‘lib turibdi.

Safar dasturiga muvofiq, vazir rahbarligidagi delegatsiya Singapur Fan, texnologiya va tadqiqotlar agentligi hamda bir qator oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, vazir Singapurda tahsil olayotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan ham uchrashdi.

👉Batafsil ushbu havolada
👉На русском
👉In English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Talabalar diqqatiga!

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishki ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

👉На русском
👉 In English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM