Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_konferensiya

Mintaqada professional ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasida “Professional taʼlimni barqaror rivojlanishining mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov va Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dr. Tilo Klinner boshchiligidagi mas’ullar, mintaqadagi 10 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari jami 200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Konferensiyaning maqsadi Markaziy Osiyoda professional taʼlimning milliy tizimlarini barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish, professional taʼlim islohotlari sohasidagi ichki ishlanmalar bilan tanishishdan iborat.

Bunda professional taʼlim mutaxassislari oʻrtasida bilim va tajriba almashish, eng yaxshi xorijlik va mahalliy mutaxassislar bilan bevosita tanishish imkoniyatini berish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Anjuman o‘z ishini ertaga davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#E’lon

🇺🇿🤝🇫🇷 Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Fransiya elchixonasi tomonidan YANGI loyiha!

Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start berildi!

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, gʻoliblar 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi.

🕒 Arizalar 31-oktabr 23:59 gacha qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola 👉 LINK

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun + 998 90 9373917 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum2022
#Samarqand

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, Rossiya rektorlar kengashi raisi Viktor Sadovnichiyning Forum bo‘yicha fikrlari

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#raqamlashtirish

⚡️Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda Davlat test markazining maxsus platformasidan kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va birinchi bosqichga tavsiya etilgan texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.

Endi o‘quvchilar to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning prof-kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Edu.uz pinned a photo
300.000 nusxadagi adabiyot jamlangan ARM faoliyat boshladi

Hozirgi kunda talabalar ilm olishlari uchun qulayliklarni kengaytirish borasida Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun ta’lim maskanida yangidan bunyod etilgan 3 qavatli Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi.

Markaz ochilish marosimida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va talabalarni samimiy qutladi.

Markaz barcha zamonaviy jihozlarga ega bo‘lib, 130 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv xonalari, 70 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasi hamda 200 o‘rinli faollar zalidan iborat.

Ahamiyatlisi, bir vaqtning o‘zida 500 nafar talaba markaz qulayliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Axborot-resurs markazi jami 25 500 nomda 288 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Xalqaro_hamkorlik

Toshkentda professional ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalariga qaratilgan birinchi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda

📹 Batafsil videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2022-2023-o‘quv yili
da oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_2022

Pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM o‘quv jarayonlari muvofiqlashtiriladi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan seminarda yangi tashkil etilgan pedagogika institutlari ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ularda uchrayotgan qiyinchilik va muammolar yechimi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_qabuli

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va masalalariga yechim berish bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning ma’naviy tadbirlar tashkil etish, o‘qishni ko‘chirish, masofaviy ta’lim, ishga qabul va boshqa masalalarga oid murojaatlari ko‘rildi.

Talabalar va yaqinlarining har bir murojaatiga tegishli boshqarma rahbarlari va mas’ullar ishtirokida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Qabulda 25 ta murojaat kelib tushib, shundan, 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 17 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda 3 ta qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube