Edu.uz
135K subscribers
22.8K photos
4.87K videos
232 files
13K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Murojaatlar nazoratga olindi, tashabbus va takliflar qoʻllab-quvvatlandi

📩Samarqand shahar kasb-hunar maktabida “Sayyor qabul” oʻtkazildi.

🟢Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov va boshqa masʼullar har bir fuqaroning muammo va takliflarini tinglab, masalalarga yechim topish chorasini koʻrdi.

🏆Sayyor qabulda aholidan kelib tushgan 12 ta murojaatning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi.

🌲Qabuldan soʻng dolzarb 40 kunlik aksiyasi doirasida Samarqand shahar kasb-hunar maktabida tashkil etilgan yashil makon bogʻida 10 tup archa manzarali daraxt koʻchati ekildi.

Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum2022

Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi ikkinchi kuni B2B shaklida davom etmoqda

Unda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishmoqda. Shuningdek, mazkur formatdagi uchrashuv davomida kelishuv hujjatlari imzolanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum2022
#Samarqand

“2018-yilda boʻlib oʻtgan dastlabki Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumida biz faqat Rossiyadagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari filiallarini Oʻzbekistonda ochish haqidagi fikrlar bilan oʻrtoqlashgandik. Bugun Oʻzbekistonda ushbu filiallar soni 15 taga yetgan va ularda 6 000 nafardan ziyod yoshlar mamlakat iqtisodiyoti uchun juda ahamiyatli boʻlgan sohalar — ishlab chiqarish, atom energetikasi, qishloq xoʻjaligi va boshqa koʻplab yoʻnalishlarda taʼlim olishmoqda. Bugun hamkorligimiz yangi bosqichda davom etishi kerak”.

Aleksandr MAJUGA, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Fan va oliy ta'lim qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Professional taʼlim muassasalarida oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish provard maqsad

Samarqand viloyati Pastdargʻom 4-son kasb-hunar maktabida ushbu mavzuga bagʻishlangan hududiy oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Unda 16 ta kasb va mutaxassisliklarda ishlatiladigan homashyo va jihozlardan samarali foydalangan holda oʻquv amaliyotini tashkil etish yuzasidan amaliy mashgʻulot darslari namoyish etildi.

Vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova rahbarlik qilgan mazkur seminarda viloyatdagi 71 ta professional taʼlim muassasalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 500 dan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada
#Xalqaro_konferensiya

Mintaqada professional ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasida “Professional taʼlimni barqaror rivojlanishining mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov va Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dr. Tilo Klinner boshchiligidagi mas’ullar, mintaqadagi 10 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari jami 200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Konferensiyaning maqsadi Markaziy Osiyoda professional taʼlimning milliy tizimlarini barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish, professional taʼlim islohotlari sohasidagi ichki ishlanmalar bilan tanishishdan iborat.

Bunda professional taʼlim mutaxassislari oʻrtasida bilim va tajriba almashish, eng yaxshi xorijlik va mahalliy mutaxassislar bilan bevosita tanishish imkoniyatini berish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Anjuman o‘z ishini ertaga davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube