Edu.uz
161K subscribers
19.9K photos
4.25K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xizmat_safari

Oliygohlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida boʻlib, yangi foydalanishga topshirilgan oʻquv bino va talabalar turar joylarida yaratilgan sharoit hamda yaqinlashayotgan sovuq kunlarga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘ldi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 90 yoshda

Ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbar va xodimlari, xorijiy davlat vakillari, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar, shu dargohni tamomlab bugun turli davlat tashkilotlarida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan sobiq talabalar hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Oliy ta’lim boshqaruvi tashkilotlari uchun “Erasmus+”dan navbatdagi sessiya

Bugun vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnolgiyalarni tatbiq etish markazi va Erasmus+ dasturining mamlakatimizdagi milliy ofisi tomonidan “Oliy ta’lim boshqaruvi tashkilotlari uchun Erasmus+ sessiyasi” tashkil etildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Eʼlon

⚡️Doktoranturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi

🔰Maʼlumki, tegishli qarorga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga maxsus elektron platforma orqali 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar hujjat topshirish belgilangan.

➡️ Talabgorlarga qulaylik yaratish, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyatiga ham qiziqish ortgani munosabati bilan hujjat topshirish muddati joriy yil 22-oktabrga qadar uzaytirildi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshirilgan.

☝️Eslatib oʻtamiz, arizalar Yagona elektron platforma — phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Edu.uz pinned «#Eʼlon ⚡️Doktoranturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi 🔰Maʼlumki, tegishli qarorga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga maxsus elektron platforma orqali 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar hujjat topshirish belgilangan.…»
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ideal talaba qanday boʻladi?

Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi Media jamoasi Talabalar shaharchasida tahsil olayotgan talabalarga “Ideal talaba qanday boʻladi?”, “Siz qay darajada ideal talabasiz?” kabi savollar bilan yuzlanib, ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazdi. Talabalarning javoblarini yuqoridagi video orqali koʻrishingiz mumkin.

🤔 Siz nima deb oʻylaysiz? Sizning fikringizcha ideal talaba qanday boʻladi?

👉 YouTube orqali sifatli formatda koʻrish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#Mandat #professional_ta’lim

⚡️ Kollej va texnikumlar mandati e’lon qilindi

🔰 Ma’lumki, Davlat test markazi tomonidan 2022-yil 3-7-oktabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi.

Bugun, 15-oktabr kuni esa mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📌 Shuningdek, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

📋 Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

❗️Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube