Davlat mukofotlari oʻz egalariga topshirildi
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan farmon bilan mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirishdagi samarali faoliyati uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan 91 nafar, shu jumladan oliy, oʻrta va professional taʼlimi tizimidagi 19 nafar professor-oʻqituvchi va murabbiylar davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofotlarni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva oʻz egalariga topshirdi.
Mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar taʼlimdagi islohotlarni eʼtirof etib, tizimda mehnat qilayotganliklari, yoshlarga taʼlim-tarbiya berayotganliklaridan gʻururlanishlarini ta'kidlashdi, kelgusida bor imkoniyatlarini sohani rivojlantirishga bagʻishlashlarini bildirishdi.
Shundan soʻng, yurtimizning sanʼat va madaniyat namoyandalari ishtirokida katta gala konsert boshlandi.
👉@eduuz

Profta'lim fanlar majmuasi2022.pdf
550.8 KB
DIQQAT!
⚡️2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi.
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
👉 Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
📌 5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
📆 2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:
1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.
⏳ Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Seminar_trening
Oliygohlar psixologlari faoliyatida uchrayotgan muammolar tahlil qilindi
Toshkent Xalqaro vestminster universiteti tajribasini keng ommalashtirish maqsadida 150 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi psixologlari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida hozirgi vaqtda psixologlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar, takliflar tahlil qilindi.
➡️ Batafsil ushbu havolada

#E'htirom
“Sizlar keldingiz, demak men borman…”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova boshchiligidagi vazirlik hamda hududiy boshqarmalarning bir guruh vakillari 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professional ta’lim tizimida uzoq yillar mehnat qilib, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan faxriy ustozlar holidan xabar olib, bayram bilan tabriklashdi.

#Vengriya #hamkorlik
Dunyoning TOP-200 talik universiteti bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlik kengayadi
Ayni kunlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib, bir qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazmoqda.
Jumladan, bugun Vengriyada tibbiyotning kardiologiya, farmatsevtika va stomatologiya yoʻnalishlarida eng yirik tibbiy xizmatlar provayderi hisoblangan Semmelweis universiteti rektori Bela Merkeli bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur universitet kardiologiya yo’nalishida dunyoning “TOP-50” oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiradi.