Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.27K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Professional_ta'lim

Professional ta’lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova hududlardagi professional ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

👉Batafsil ushbu havolada.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

❗️Oʻz mulkini talaba uchun ijaraga bergan tadbirkor hech qanday soliq toʻlamaydi

Qarshi davlat universiteti yotoqxonalari va ijara xonadonlari koʻzdan kechirilib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tyutorlar_faoliyati

Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarida tyutorlar ham faol ishtirok etishmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillikka_31_yil

Mustaqillik farzandlari iqboli baland, istiqboli yorugʻ dilbandlardir!

Ana shunday yoshlardan biri — Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti, viloyat “Kelajak liderlari” klubi prezidenti Saidakbar Mutalov haqida.

NamDU

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
⚡️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Одил Каландарович Абдурахманов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди. У бунгача Тошкент давлат транспорт университети ректори лавозимини эгаллаб келаётган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Абдурахманов Одил Каландарович назначен на должность советника Президента по вопросам молодежи, науки, образования, здравоохранения, культуры и спорта. До этого он занимал должность ректора Ташкентского государственного транспортного университета.

Facebook|Instagram|Twitter
#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

🔰2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

☑️Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

☝️Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

➡️Ustuvorlik bo‘yicha sharh 👇🏻👇🏻

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Akademik_litsey
#Sharh

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

- Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

@eduuz
#Professional_ta'lim

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: professional ta’lim muassasalari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Namangan viloyatida bo‘lib, hududdagi oliy va professional ta’lim muassasalari faoliyati, jumladan yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

👉Batafsil ushbu havolada.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpogʻiston yoshlariga barcha oliygohlarda alohida qabul kvotalari ajratiladi

👉
@eduuz
Geologiya fanlari universitetining 70 dan ortiq ilk bitiruvchilariga magistrlik diplomi topshirildi

Ahamiyatlisi, himoya qilingan dissertatsiyalar orasida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yuqori baholangan ilmiy ishlar boʻlib, ularni rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha grant loyihalari sifatida davom ettirishga tavsiyalar berildi.

👉 Batafsil UzA saytida

➡️ @eduuz