Edu.uz
156K subscribers
20.3K photos
4.36K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Edu.uz pinned a photo
​​⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari kuni aniq bo‘ldi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olinadi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_konferensiya

O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya

Joriy yil 23–24-avgust kunlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlarini rivojlantirish bo‘yicha universitetlar konsorsiumi raisi, MDH davlatlarining yetakchi qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari rektorlari kengashining a’zosi, O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi raisi hamda TIQXMMI rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan iqtisodiyot fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan
“Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering – CONMECHYDRO 2022” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

Batafsil 👉 HAVOLADA.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
“Jadidlar” toʻplamining navbatdagi audio kitobi premyerasi

⚡️Xabaringiz bor, vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Jadidlar” toʻplamini audio kitob formatida keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etib kelmoqda.

📚 Bu gal “Jadidlar” toʻplamidan Abdulla Avloniy risolasi audio shaklda taqdim etiladi.

☝️ Abdulla Avloniy audio kitobi premyerasi bugun soat 20:00 da boʻlib o‘tadi. Premyerani o‘tkazib yubormang.

👉 Audio kitob premyerasini tinglash

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#15—20.08.2022

🇺🇿 O‘tgan hafta davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi eng muhim xabarlar videosharhi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening

OTMda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Samarqand davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash bo‘lim boshlig‘i V.Zayniddinov ishtirokida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Batafsil ushbu havolada.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_yotoqxonasi

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida 1600 o‘rinli talabalar yotoqxonasini davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 400 o‘ringa mo‘ljallangan turar joy binosining qurilish ishlari olib borilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
​​#Professor_minbari
#15.08 — 21.08.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

🔹“Jozibador asos va ustqurma”Nizomiddin HAYDAROV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

🔸“Yuksak malakali mutaxassislar istiqbolni belgilovchi katta kuch”Erjan KAHYA, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori, professor; Jasurbek ERGASHEV, institut masʼul xodimi; Husan SURʼATOV, doktorant; Ozoda AVGʻANOVA, talaba; Nursaid RAHIMBOYEV, talaba;

🔹“Unvoni – oliyjanob, halol va kamtar inson”Bahodir MIRZAYEV, “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

🔸“Innovatsion rivojlanishning yangi bosqichi ta’lim tizimi taraqqiyotida ham ijobiy samara beradi”Bahodir SHERMUHAMMADOV, Fargʻona davlat universiteti rektori, professor;

🔹“Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim shartiga aylanmoqda”Alisher SAMADOV, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori, professor;

🔸«Пять жизней ученого»Баходир МИРЗАЕВ, ректор Национального исследовательского университета «ТИИИМСХ», профессор;

🔹 “Bilim va salohiyat yuksak insonning qadri yanada baland boʻladi”Alisher SAMADOV, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori, professor;

🔸“Tajribali rahbar va donishmand ustoz”Murtazo RAHMATOV, iqtisodiyot fanlari doktori, senator; Bakridin ZARIPOV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori, akademik;

🔹«Мир музыки Нажиматдина Мухаметдинова»Инесса ГУЛЗАРОВА, профессор Государственной консерватории Узбекистана;

🔸“Amir Temur – mohir strateg yoxud Sohibqiron dahosiga berilgan xolisona baho”Mirsodiq ISʼHOQOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori;

🔹“Barhayot sanʼat namunalari yoxud maʼnaviyatimizni boyitishga xizmat qilagan asarlar”Dilzoda ALIMQULOVA, Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, PhD;

🔸«Семейная тайна: вопросы правового регулирования»Эдуард ЭГАМБЕРДИЕВ, и. о. доцента ТГЮУ, доктор философии (PhD) по юридическим наукам.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

Respublika bo‘yicha talabalar turar joylarini qurish borasidagi ishlar “O‘zbekiston24” telekanali talqinida

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Президент Ш. Мирзиёев бугун, 22 август куни тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди. Мулоқот аввалида "20 август – Тадбиркорлар куни" муносабати билан тақдирланган бир гуруҳ соҳа вакилларига давлат мукофотларини топширди.

Шундан сўнг, давлатимиз раҳбари, мамлакатимизда тадбиркорлар учун яратилиши кутилаётган қатор имтиёз ва енгилликлар ҳақида батафсил тўхталиб ўтди.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
⚡️ Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun ham so‘nggi imkoniyat

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi.

⛔️Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

⌛️Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Texnikum_suhbat
#Yangiliklar_24

🏛Toshkent axborot texnologiyalari universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2022/2023-oʻquv yilida universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari 2-bosqichiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur jarayonni shaffof, xolis o‘tkazish maqsadida muassasada jonli efir tashkil qilinib, bitiruvchilarning ota-onalari bevosita kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

📺 Bu haqdagi lavha “O‘zbekiston 24” telekanalida.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube