Edu.uz
144K subscribers
21.2K photos
4.58K videos
232 files
12.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#2022_2023_o‘quv_yili

Milliy tadqiqot universiteti yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Universitetda jami 228 ta ma’ruza, amaliy va laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, jumladan xorijiy va respublika tashkilotlari homiyligida 16 ta maxsus jihozlangan auditoriya va 2 ta ilmiy laboratoriya tashkil etilgan.

Batafsil:👉https://edu.uz/uz/news/view/4308

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Seminar_trening

Tajriba va amaliyot

Xabaringiz bor, ayni kunlarda vazirlik mas’ullari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilishni takomillashtirish, mas’ul xodim va professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy jarayonga oid zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari prorektorlari, o‘quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, kredit bo‘limi boshliqlari va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari uchun o‘tkazilgan tadbirda kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti, o‘quv reja va dasturlarini yaratish amaliyoti, talabaning mustaqil mashg‘ulotlari va ARM faoliyatini tashkil qilish, tizimni raqamlashtirish masalalari hamda registrator ofisi xususida so‘z bordi.

Batafsil 👉 HAVOLADA.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Andijon davlat tibbiyot institutida “Qurilish otryadlari” talabalarning qo’shimcha daromad topishlariga imkon bermoqda

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Ijodiy_imtihon_2022
#oʻqishni_koʻchirish

⚡️Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

🔰2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Imtihonlarning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti haqidagi ma’lumotlar OTMning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilingan.

✔️Abituriyentlar va ularning ota-onalari imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumotlarni “Eduuz|Tezkor xabarlar” maxsus telegram kanali orqali kuzatib borishlari mumkin.

👀Unda siz imtihonlar qaysi OTMda boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

☝️Eslatib oʻtamiz, jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali ham jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar turar joylarida qurilish ishlari qanday ketyapti?

Kun.uz internet nashri ushbu savolga javob topish maqsadida respublika boʻyicha hududlarda talabalar uchun yotoqxonalar qurish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishib, tahliliy material tayyorladi.

📹 👉 TOʻLIQ VIDEONI KOʻRISH

🔗
Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Ichki_o‘qishini_ko‘chirish

⚡️ Ichki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun so‘nggi imkoniyat

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

⛔️Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

⌛️Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 22-avgust kuni soat 12:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat berildi.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
​​⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari kuni aniq bo‘ldi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olinadi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_konferensiya

O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya

Joriy yil 23–24-avgust kunlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlarini rivojlantirish bo‘yicha universitetlar konsorsiumi raisi, MDH davlatlarining yetakchi qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari rektorlari kengashining a’zosi, O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi raisi hamda TIQXMMI rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan iqtisodiyot fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan
“Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering – CONMECHYDRO 2022” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

Batafsil 👉 HAVOLADA.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
“Jadidlar” toʻplamining navbatdagi audio kitobi premyerasi

⚡️Xabaringiz bor, vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Jadidlar” toʻplamini audio kitob formatida keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etib kelmoqda.

📚 Bu gal “Jadidlar” toʻplamidan Abdulla Avloniy risolasi audio shaklda taqdim etiladi.

☝️ Abdulla Avloniy audio kitobi premyerasi bugun soat 20:00 da boʻlib o‘tadi. Premyerani o‘tkazib yubormang.

👉 Audio kitob premyerasini tinglash

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#15—20.08.2022

🇺🇿 O‘tgan hafta davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi eng muhim xabarlar videosharhi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening

OTMda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Samarqand davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash bo‘lim boshlig‘i V.Zayniddinov ishtirokida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Batafsil ushbu havolada.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_yotoqxonasi

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida 1600 o‘rinli talabalar yotoqxonasini davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 400 o‘ringa mo‘ljallangan turar joy binosining qurilish ishlari olib borilmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube