IT taʼlim
18.1K subscribers
2.26K photos
2.77K videos
3.86K files
2.98K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#MOD #xorijiy_tajriba
Huquq fani xorijda qanday oʻqitiladi?

🔹AQSHda oʻquvchilarning analitik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinab koʻrish uchun yiliga toʻrt marta standartlashtirilgan test (Law School Admission Test) oʻtkaziladi.

🔹Kanada tajribasida huquqning boshqa fanlar bilan (masalan, iqtisodiyot, tarix, psixologiya va sotsiologiya) bogʻliqligiga alohida eʼtibor qaratilgan.

🔹Hindistonda huquq fanini oʻrgatishda innovatsion usullar (keys study, hamkorlik, muammo, interaktiv)ga eʼtibor qaratiladi.

🔹Buyuk Britaniyada huquqshunoslikni oʻrgatishda Citizenship yaʼni fuqarolik huquqi asosiy o'rinda turadi. Bunda davlat boshqarilishi, uning siyosiy tizimi va fuqarolar qanday hukumatning demokratik tizimida faol ishtirok etishi borasidagi kerakli bilim va koʻnikmalar beriladi.

📌Ushbu maʼlumotlar ijtimoiy fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan “Huquq fanlarini oʻqitish yuzasidan onlayn vebinar” da keltirildi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#metodistlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi metodik-tur tashkil etish tajribasini yoʻlga qoʻydi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi tizimida manzilli metodik yordam koʻrsatish maqsadida metodik-tur tashkil qilindi.

Bunda tumanlar kesimida fan oʻqituvchilarining toifa (kategoriyasi) boʻyicha eng past koʻrsatgichga ega maktablar tanlab olinib, uslubiy jihatdan xizmat koʻrsatish boʻyicha tajribali metodist va oʻqituvchilar, Prezident maktabi oʻqituvchilari, informatika boʻyicha ishchi xodimlardan tuzilgan ekspertlar guruhi tomonidan joylarda metodik-tur tashkil etilmoqda.

Batafsil: https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasi-Xalq-ta%CA%BClimi-vazirligi-metodik-tur-tashkil-etish-tajribasini-yo%CA%BBlga-qo%CA%BBydi-12-17

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Xorij_xabarlari
Yangi ta'lim yangi turdagi o'qituvchilarni talab qiladi

Kelgusi yildan boshlab rus maktablarida o'qituvchilar uchun yangi malaka toifalari joriy etiladi: "o'qituvchi-metodist" va "o'qituvchi-murabbiy". Birinchisi yangi metodikalarni ishlab chiqadi, ikkinchisi o'qituvchilarga ularning ishi va rivojlanishida yordam beradi, deya xabar bermoqda Rossiya ta'lim vazirligi.

Ta'limdagi rollar tizimi bir joyda qolmaslik va doimo rivojlanish imkonini beradi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
YUNESKO tashabbusi bilan 130 ta bolalar kitobi oʻzbek tiliga tarjima qilindi

YUNESKOning “Hikoyani tarjima qiling” loyihasi doirasida mamlakatimiz xalq taʼlimi vazirligi va Norvegiyaning rivojlanish agentligi (Norad) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

👉Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi markazi jamoasi tomonidan tarjima qilingan kitoblar Global raqamli kutubxonaga taqdim etildi. Ushbu kitoblardan joy olgan hikoyalar bogʻcha va maktab yoshidagi bolalarga ham tavsiya etiladi.

Global kutubxona manzili:
https://digitallibrary.io/uz/

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Sozsiz_hikoyalar
Tug’ilgan kun ziyofati

Rasmli hikoyalardan foydalangan holda bolalarni hikoya yaratishga undang. Bu ularning tasavvurlarini kuchaytirishga yordam beradi.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi markazi jamoasi tomonidan yaratilgan Global raqamli kutubxonasi orqali bu kabi ko'plab rasmli hikoyalarni olishingiz mumkin.

📌Global kutubxona manzili: https://digitallibrary.io/uz/

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#talimda_texnologiyalar
Informatsion texnologiyalar bilan ishlash odob-axloqi

Falsafa, mashinasozlik, siyosatshunoslik, irq nazariyasi, dizayn, informatika, muhandislik va huquq. Bir-biriga nomuvofiq ko'rinadigan mavzular Kembrij Universitetining sun'iy intellekt axloqi bo'yicha yangi magistrlik dasturida o'rganiladi.

Mutaxassislar yirik kompaniyalarning sun'iy intellekt tomonidan tahqirlanishidan himoyalashga yordam berishi mumkin. Ushbu soha nafaqat funksionallik, balki foydalanish xavfsizligi, shu jumladan axloqiy jihatdan ham rivojlanib bormoqda.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Tarix | Kun.uz
Sherzod Shermatovning yoshlarga olti tavsiyasi

▪️Xalq ta’limi vaziri Toshkent yoshlar forumida muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berdi.

▫️O‘qigan, ko‘rgan, eshitgan narsalaringiz haqida fikrlang, tanqidiy yondashing.
▫️Fikrlaringizdan hosil bo‘lgan qiziqishlar ro‘yxatini tuzing.
▫️Qiziqishlaringizni imkoniyatlaringiz bo‘yicha saralang.
▫️Eng muhim hisoblagan yo‘nalishingizda erishishni istagan maqsadingizni qo‘ying.
▫️Maqsadga erishish uchun bosqich va muddatlarni o‘zingiz uchun belgilang.
▫️Xato qilishdan va avval belgilaganlaringizni o‘zgartirishdan qo‘rqmang.

➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format
#Biz_galaba_qozonamiz
“Aqlli odam”, u – kim?

Koʻpchilik “aqlli odam”ni qanday tasavvur qiladi? Deylik, nazdimizda u - yaxshi taʼlim olgan, koʻp oʻqiydi, koʻp sayohat qiladi yoki bir nechta tillarni biladi. Shunga qaramasdan, bu sifatlarning barchasiga ega boʻlib turib aqlsiz, yoyinki bu jihatlarning ayrimlariga ega boʻlib turib, botinan dono boʻlish ham mumkin.

Aqllilik – nimanidir bilish bilan emas, aslida u bir-birini tushuna olish qobiliyatidir. Uning zamirida minglab mayda omillar, ikir-chikirlar yotadi: madaniyat bilan bahslashishdan tortib, dasturxon boshida oʻzini odob bilan tutishgacha, boshiga tashvish tushgan odamga bildirmay (ha, aynan bildirmay!) yordam qoʻlini choʻzishdan tortib, tabiatni muhofaza qilishgacha yoxud atrofiga axlat toʻplamaslikkacha - sigareta qoldigʻi boʻladimi yoki qasamlar-u, bemaʼni gʻoyalargacha (ha-da, bular ham anoyi axlat emasda!).

Men rus shimolida umrguzaronlik qiluvchi dehqonlarni koʻrganman, ularni gʻoyatda aqlli odamlar, deb bilaman. Ularning uylaridagi ozodalikdan koʻz quvnaydi, kuylagan qoʻshiqlaridan dil yayraydi, doston-u ertaklaridan dam olasiz. Ular chiroyli hayot kechirib, mehmondoʻstlikni qiyomiga yetkazadilar, dardingizga hamdard boʻlib, jigarjonlikni qoyillatadilar, baxtingizga sherik boʻlib uni ikki hissa oshiradilar.

Aqllilik – tushuna olish va idrok qila olish koʻnikmasi, bu – olamga va odamlarga nisbatan bagʻrikeng munosabatda boʻlishni anglatadi.

©️Dmitriy Lixachev, “Yaxshilik va goʻzallik toʻgʻrisida maktublar”
©️Shuhrat Sattorov tarjimasi va tahriri.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#talimda_texnologiyalar
Rossiya EdTech startapining yangi muvaffaqiyatlari

3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'qitish uchun mobil ilovalarni ishlab chiquvchi rossiyalik startap 3 million dollarlik sarmoyalarni jalb qildi. Yil davomida kompaniya o'z daromadlarini 5 barobarga, foydalanuvchilar sonini esa 3 barobarga ko'paytirdi.

👉Bu rossiyalik EdTech uchun ajoyib yangilik, axir mablag'lar nafaqat mahsulot turlarini kengaytirish, balki tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatini ham beradi. Hozirning o'zidayoq startapning 85% daromadi Evropa va Shimoliy Amerika hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
​​Ҳурматли ўқитувчилар

Сизларни Британия Кенгаши томонидан ўказиладиган Ўзбекистон инглиз тили ўқитувчилари онлайн вебинарига мамнуният билан таклиф этамиз. Онлайн вебинаримизда янги ишга туширилган ва мутлақо бепул Online Teacher Community (OTC), яъни Ўқитувчиларнинг Онлайн Жамияти платформаси ҳақида батафсил маълумотларни олиш имкониятига эга бўласиз.
Online Teacher Community (OTC), яъни Ўқитувчиларнинг Онлайн Жамияти сизга қуйидагиларни таклиф этади:

- ўзаро тажриба ва билимларингиз билан ўртоқлашиш, муҳокама ва мунозаралар, тажриба ва тадқиқотларингизни давомий таҳлил қилиш орқали доимий равишда ўз малакаларингизни ошириб бориш;
- Инглиз тилини ўқитиш соҳасидаги Буюк Британиянинг энг тажрибали экспертлари томонидан олиб бориладиган турли онлайн вебинарлари ва тадбирларида қатнашиш.

Онлайн вебинаримиз:

• Simon Etherton, Британия Кенгашишининг Future English Programme лойиҳаси раҳбари.
• Maja Mandekic, Британия Кенгашишининг Regional Portfolio менеджери.
• Maria Jose Galleno, Teodora Naiba ва Nataliia Naiavko, Online Teacher Community (OTC), яъни Ўқитувчиларнинг Онлайн Жамияти платформаси модераторлари
томонидан олиб борилади.


Вебинар ўтказилиш санаси: 22 декабрь 2020й соат 15:00.
Ушбу ҳавола орқали киришингиз мумкин: https://bit.ly/otc-uz.