Edu Kids
5.08K subscribers
22 photos
182 videos
190 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining animatsion, o‘quv loyihasi💡📚

YouTube: youtube.com/c/EDUKIDSUZ
Instagram: instagram.com/edukids_uz/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙇🏻‍♂️ Har bir oʻquvchining yoqtirmaydigan fani boʻladi. Ammo, u fan orqali oladigan bilim kelajakda, albatta, foyda beradi.

🎓Shunday ekan, fanga qiziqish uygʻotish va oʻrganishning samarali usullari ham yoʻq emas.

🎯 Edu Kids muxlislari, ushbu video orqali oʻzingiz yoqtirmaydigan fanlarni qiziqish bilan oʻrganishning bir nechta usullari haqida bilib olasiz.

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtdan unumli foydalanish, kun tartibini toʻgʻri taqsimlash kishiga qanchalik foyda keltirishini bilasizmi?

Ikki daqiqalik qoida haqida eshitganmisiz?

Kun davomida maktab darslari, sport va sevimli mashgʻulotlar bilan shugʻullanish, shu bilan birga maroqli madaniy hordiq chiqarish va uy yumushlarini ham oʻz vaqtida bajarish...

📆 Dangasalikni chetga surib qoʻyib, barcha yumushlarni oʻz vaqtida va reja asosida amalga oshirish qanchadan-qancha foyda berishini va kunni mazmunli, samarali oʻtishiga yordam berishi haqida Edu Kids'ning navbatdagi daydjestidan bilib olishingiz mumkin.

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Nima uchun insonlar umri davomida ilm oʻrganishadi?

Hayot davomida oʻqib oʻrganish, tinmay izlanish kishilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Hayotning oʻzi bir katta maktab!

🔆 Har bir kunimiz befoyda oʻtmasligiga, har bir soniyalardan unumli foydalanishga harakat qilishimiz, har bir voqeadan esa oʻzimizga kerakli xulosani olishimiz kerak.

🎥 Edu Kidsning navbatdagi daydjesti orqali umr davomida bilim olishning afzalliklari haqida maʼlumotga ega boʻlasiz!

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqish va qobiliyatlaringizni nima orqali namoyon qila olasiz?

Sevimli mashgʻulotingiz bilan shugʻullanish Sizga zavq bagʻishlaydimi?

Imkoniyatlaringizni ishtiyoq bilan namoyish qilgingiz keladimi?

❗️Bugungi mavzuimiz – ishtiyoq!

Ishtiyoq - bu oʻz qiziqish va qobiliyatlaringizni amalda koʻrsata oladigan mashgʻulotdir.

🎞 Edu Kidsning yangi daydjesti Sizga ishtiyoq formulasi, uni aniqlash usullari kabi foydali maʼlumotlarni beradi!

#Edu_Kids #yangi_daydjest

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍👧‍👦Edu Kidsning bugungi mavzusi – Doʻstlik!

Doʻstlar orttirish, ularning bizga nima uchun kerakligi haqida foydali tavsiyalarni aynan ushbu dayjest orqali bilib olishingiz mumkin.

📖 Dayjestda amerekalik psixolog, pedagog va yozuvchi Deyl Karnegining insoniy munosabatlarga bagʻishlangan eng samarali kitoblaridan biri “Qanday qilib doʻstlar orttirish va ularga taʼsir oʻtkazish” risolasidagi tavsiyalar bayon etiladi.

📌 Ushbu risoladagi “5 ta oltin maslahat” esa hayotimizda doʻst orttirish va ular bilan toʻgʻri munosabatlarni oʻrnatishda as qotadi.

📝 Maʼlumot oʻrnida: Deyl Karnegi - butun dunyoga mashhur boʻlgan amerikalik psixolog, pedagog va yozuvchi. U muloqot nazariyasining asoschilaridan biridir. Uning “Qanday qilib doʻstlar orttirish va ularga taʼsir oʻtkazish” kitobi 85 yildan buyon eng koʻp sotiladigan kitoblar roʻyxatidan tushmay kelmoqda.

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Rustam Karimjonov
Edu Kids loyihasini yanada rivojlantirish maqsadida maktab o'quvchilarining qimmatli fikr-mulohazalari (feedback) tinglandi

Uchrashuvimiz davomida o'quvchilarga Edu Kids loyihasi doirasida ishlab chiqilgan videolar namoyish etildi va natijada o'quvchilar tomonidan quyidagi takliflar berildi:

1️⃣ Videodagi ovozning sifatini yaxshilash
2️⃣ Videoga subtitr qo'shish
3️⃣ Videoda ko'proq animatsion kadrlarni ishlatish
4️⃣ Videoning ingliz va rus tilidagi talqinlarini yaratish.

O'quvchilarimiz tomonida loyihani ko'proq youtube va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida faolroq targ'ib qilish kerakligi kabi qimmatli fikrlari meni hayron qoldirdi.

O'quvchilarimiz uchun yanada foydali va qiziqarli videolarni taqdim etish uchun berilgan takliflarni yangi videolarda albatta inobatga olishimizni hamda o'quvchilar yig'ilishlarini doimiy tashkil etishga kelishib oldik.

P.S.: Edu Kids animatsion videolarini yanada yaxshilash bo'yicha taklifingiz bo'lsa, marhamat, izohlarda o'z fikrlaringizni qoldiring.

#edukids
Forwarded from Rustam Karimjonov
👨🏻‍💻Yozgi ta'tilda bolajonlarning vaqtini sermazmun va foydali mashg'ulotlar bilan o'tkazishni istaysizmi?

Sizning farzandingizga quyidagi foydali online resurslarni tavsiya etamiz:

Duolingo - chet tillarni tekin va oson o‘rganmoqchi bo'lganlar uchun mobil ilova.
Play Маркет I App Store;

Code.org boshlang'ich sinf o'quvchilarini dasturlash va informatikaga qiziqtirishga qaratilgan online platforma.

Scratch interaktiv o‘yinlar va animatsiyalar yaratishga qiziquvchi o'quvchilar uchun mo‘ljallangan platforma.

Khan Academy (o‘zbek) matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha o'zbek tilidagi videodarslar to'plami.

Kitob.uz 3000 dan ziyod elektron va audio resurslar uchun mobil ilova.
Play Маркет I App Store;

Edu kids maktab o‘quvchilari uchun turli mavzular bo‘yicha motivatsion videolar to'plami.

#foydali_resurslar

Facebook | Telegram | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💵 Pul tarixi bilan hech qiziqib koʻrganmisiz?

Pul va pul muomalasi qachondan paydo boʻlgan?

🐚Qadimda odamlar pulning oʻrnida qanday mahsulotlardan foydalanishgan?

🎞 Edu Kidsning navbatdagi dayjesti pul tarixiga bagʻishlanadi va u orqali Siz pul yigʻish va uni sarflash, daromad va xarajatlarga oid foydali maʼlumotlarga ega boʻlasiz!

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥤Plastik mahsulotlar atrof-muhit uchun qay darajada zararli?

🐋Okeanga plastmassa tushishi oqibatida har yili necha million suv osti jonzotlari nobud bo‘ladi?

🌏 Yer yuzi plastik mahsulotlarni qancha muddatda "hazm" qila oladi?

👆🏻Ushbu savollarga javob topish uchun bizning yangi dayjestimizni tomosha qiling hamda plastikning zarari va foydasi haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♦️Atlas matosi barcha qizlarning sevimli matosi. Bayram va turli tadbirlarda atlas va adrasdan kiyim kiygan qizlar davraga oʻzgacha chiroy berishadi.

Xoʻsh, atlas matosi qachon va qanday yaratilgan? Uning yaratilishi tarixi haqida bilamizmi?

Bu mato nega xonatlas deb nomlanadi va u qanday maʼnoni anglatadi?

🎥Edu Kidsning navbatdagi dayjesti aynan xonatlas matosining yaratilish tarixiga bagʻishlanadi

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️SpaceX, Tesla va Neuralink bosh direktori, The Boring Company asoschisi hamda OpenAI hammuassisi - Ilon Mask, aftidan hamma joyda ulguradigan ko‘rinadi.

🚀🤩U kosmik raketalar, elektromobillar hamda tirbandlikni chetlab o‘tuvchi tezkor transportni yaratish kabi ishlar bilan shugʻullanadi va shu orqali milliardlab pul topishning uddasidan chiqadi.

📎Shunday boʻlsada, Mask bu darajaga osonlik bilan erishmagan. Uning hayot yoʻli haqida esa Edu Kids’ning yangi daydjesti orqali bilib olishingiz mumkin.

Koʻproq ma’lumotga ega boʻlish uchun Ilon Mask haqidagi “Tesla, SpaceX va kelajakka yoʻl” kitobini kitob.uz platformasida oʻqing.

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫Yillar oʻtsa-da, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asari xalqimiz orasida juda mashhur. Koʻpchilik esa har gal uni qayta qayta mutolaa qilishdan charchamaydi.

⚡️Biroq “Shum bola” qissasini ayrimlar soddagina, faqat kulguli sarguzashtlardan iborat asar hisoblaydi.

Aslida ham shundaymi?

Asardagi ichakuzdi syujetlar, Shum bolaning sarguzashtlari zamirida nima yotadi?

👆🏼Mazkur savollarga javob topish uchun Edu Kids’ning yangi daydjestini tomosha qiling!

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
📣EDU KIDS MULTFILMLARI ENDI ITV DA !

🤩Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi doirasidagi multfilmlarni endi
👉🏻 itv platformasi orqali koʻrishingiz mumin!

Edu Kids daydjestlari maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, ular quyidagi turkumlardan iborat:

⭐️“Eng qiziqarli”;
⭐️“Tarix”;
⭐️“Buyuk insonlar hayoti”;
⭐️“Shaxsiy rivojlanish”;
⭐️“Texnologiya haqida”;
⭐️“Nima uchun kitob o‘qish kerak”.

Multfilmlarning asosiy maqsadi bu yoshlarimizni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari va oʻz ustida ishlashga motivatsiya qilish boʻlib, unda ota-onalar, jamiyatimiz va oʻqituvchilarimizning rolini yanada oshirishdir.

Kanallarimizga ulaning va Edu Kids daydjestlarini koʻring:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕸Oʻrgimchaklar nega toʻr toʻqishadi? Siz bu haqda hech oʻylab koʻrganmisiz?

🕷Ular toʻr yordamida ucha olishlari haqida-chi, bilasizmi?

Oʻrgimchak toʻri mustahkamlikda, mayinlikda sof ipakka tenglashtirilgan.

🧵Ma’lumotlarga koʻra, XVIII asrda oʻrgimchak toʻridan hatto mato ham tayyorlangan ekan.

👆🏼Oʻrgimchaklar haqida shu va boshqa qiziqarli faktlarga yangi daydjestimiz orqali ega boʻlasiz!

Kanallarimizga ulaning va Edu Kids daydjestlarini koʻring:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from iTV
🔥 Ota-onalar va eng jajji teletomoshabinlar uchun ajoyib yangilik!

🧸 Bolalar multfilmlarining eng keng bibliotekasi hisoblanuvchi Edu Kids endi "ITV"da!

☝️ Edu Kids — maktab o'quvchilari uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega va bolani rivojlantiruvchi multfilmlarning butun bir lineykasi.

📲 Tezroq "iTV"ga o'ting va Edu Kids bilan birgalikda rivojlaning!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍🍳Matematika oshxonada ham muhim o‘rin egallaydi

🥒Taomga biror masalliqni me’yoridan ko‘proq yoki kamroq solsak, uning mazasi siz kutganday bo‘lmaydi.

👆🏼Shuning uchun yangi daydjestimizda siz bilan xalqaro PISA tadqiqotining matematik savodxonlik yo‘nalishidagi “SOUS” topshirig‘ini ko‘rib chiqamiz.

Ya’ni, mazkur daydjestimiz orqali siz matematika yordamida masalliqni toʻgʻri taqsimlashni oʻrganasiz.

Kanallarimizga ulaning va Edu Kids daydjestlarini koʻring:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube