Eco-schools Uzbekistan
1.67K subscribers
1.27K photos
99 videos
307 links
🌱Yoshlar eko-hamjamiyati / Молодежное эко-сообщество / Youth eco-community

#Ecoschools_Uzbekistan #ecoeducation #zamineco

Facebook: www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan
Instagram: www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan

© Zamin Foundation
Download Telegram
👋😊 Hammaga salom!

📝 Ekologik maktablarning "Yashil bayroq" ekologik mukofotiga sazovor bo‘lish mezonlariga muvofiqligi yuzasidan barcha arizalari ko‘rib chiqilib, respublika bo‘ylab 9 ta maktab tanlab olindi.

🏆 Shundan so‘ng, Toshkent, Nukus, Namangan, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida Ekologiya vazirligi, MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va "Zamin" fondi vakillari tomonidan faxriy mukofotga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida eko-auditlar o‘tkazildi.

😁 Tanlov mezonlari juda xilma-xil edi: eko-qo‘mitaning ishi va "Eco-schools 7 qadam" dasturi bo‘yicha aniq qadamlardan ekologik muammolarni ongli ravishda tushunish va o‘z nuqtai nazarini asoslash qobiliyatigacha.

😚 Qaysi maktablar "Yashil bayroq"ga ega bo‘lishini tez orada bilib olamiz!

😉👍 Omad!

👋😊 Всем привет!

📝 Рассмотрев все заявки Эко-школ на предмет соответствия критериям получения экологической награды «Зелёный флаг» было отобрано 9 школ со всей республики.

🏆 После этого в Ташкенте, Нукусе, Намангане, Бухаре, Фергане, Самарканде представители Минэкологии, МДШО, АДМ и Фонда Zamin провели эко-аудиты, чтобы отобрать достойных кандидатов, претендующих на получение почетной награды.

😁 Критерии отбора были самые разнообразные: от слаженности работы эко-комитета и конкретных шагов по программе 7 шагов Eco-schools до осознанного понимания экологических проблем и умения обосновать свою точку зрения.

😚 Какие школы получат «Зёленый флаг» узнаем совсем скоро!

😉👍 Удачи!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋😊 Nukus, salom!

📱 "Yosh eko-chempionlar" ko‘ngillilik dasturida qatnashayotgan yoshlaringiz birinchi katta tadbirni o‘tkazishdi! Qoyil!

🤔 Ekologiyaga qiziquvchi, ishtiyoqli yoshlarni to‘pladilar, "aqliy hujum" o‘tkazdilar, birgalikda o‘z jamoalaridagi asosiy ekologik muammolarni aniqladilar, foydali barqaror ekologik layfxaklar haqida bilib oldilar. Ishtirokchilar ko‘chat uchun qog‘ozdan urug‘ sharlari, qayta ishlangan qog‘ozdan buyumlar yasashni, chiqindilarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgandilar.

🤝 Aziz yoshlar, biz siz bilan birgamiz!
~~~
👋😊 Нукус, привет!

📱 Ваши ребята участвующие в волонтерской программе «Молодые эко-чемпионы» провели первое большое мероприятие! Красавцы!

🤔 Собрали заинтересованных, увлечённых экологией ребят, провели мозговой штурм, выявили с ребятами основные экологические проблемы в своих сообществах, узнали массу полезных устойчивых экологических лайфхаков. Участники научились делать рассадные бумажные семенные бомбы, поделки из переработанной бумаги, научились правильно утилизировать мусор.

🤝 Ребята, мы с вами!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😗 Bugun Butunjahon oziq-ovqat kuni.

📆 Dunyoda har yili ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 1/3 qismi yo‘qotiladi yoki chiqitga chiqariladi.

🌍 Shu bilan birga, butun dunyo bo‘ylab 870 000 000 kishi to‘yib oziqlanmaydi.

🍪 Mahsulotlarning katta hajmlari chakana savdoda va iste’mol darajasida ham buziladi.

🥧 Agar bu yo‘qotishlar kamida 20 foizga qisqartirilsa, dunyoda ocharchilik muammosi hal bo‘lardi.

🥫 Jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimlari samaradorligini oshirish zarur.

☝️ Va buni o‘zingizdan boshlashingiz kerak.

👍 Save food!
~~~
😗 Сегодня Всемирный день продовольствия.

📆 Каждый год в мире теряется или выбрасывается до 1/3 производимого продовольствия.

🌍 При этом 870 000 000 человек по всему мире недоедают.

🍪 Значительные объемы продукции также подвергаются порче в розничной торговле и на уровне потребления.

🥧 Если бы эти потери удалось сократить хотя бы на 20 процентов, проблема голода в мире была бы решена.

🥫 Миру необходимо повысить эффективность систем производства продовольствия.

☝️ И начинать нужно с себя.

👍 Save food!

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #FAO #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube