Greenaissance | BPS
128 subscribers
876 photos
70 videos
6 files
157 links
Together, we can make a difference and create a greener future for generations to come. Contact: @Mirondaprimera
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Eco_Schools_Uzbekistan
#Bukhara_Presidential_School
#Greenaissance
#Green_flag

🌳“Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan 15-oktyabr “Xalqaro oziq-ovqat kuni” festivalida Buxoro shahridagi Prezident maktabining Eko qo‘mita a'zolari ishtirok etdi. Ushbu festivalda eco schools Uzbekistan loyihasiga faol ishtirok etgan maktablar “Yashil bayroq” bilan mukofotlandi.

🎊Shu jumladan, Buxoro shahridagi Prezident maktabi Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ega bo’ldi.



🌳Members of the Eco Committee of the Presidential School in Bukhara participated in the October 15 "International Food Day" festival held by the "Zamin" international public foundation. At this festival, the schools that actively participated in the eco schools Uzbekistan project were awarded with the Green Flag.

🎊In particular, the Presidential School in Bukhara was awarded the International "Green Flag" award.

Official pages of the Greenaissance on social networks👇

Telegram 📱 | LinkedIn 📱 | Facebook 📱 | Instagram 📱 | Website 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Young_climate_champions
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_schools_Uzbekistan #Sustainability #OnePersonOneAction #EcoWarrior

🌏 "One small step for a greener tomorrow!" 🌳🌥

Turning off one light or reusing one bottle may seem small, but it can spark real change. It’s not about perfection – it’s about progress.

Start your journey toward a greener world today. Each step, no matter how small, matters.



🌏 "Один маленький шаг к более зелёному будущему!" 🌳🌥

Выключить один свет или использовать бутылку повторно может показаться мелочью, но это может стать толчком к настоящим переменам. Речь не о совершенстве — речь о прогрессе.

Начни свой путь к более зелёному миру уже сегодня. Каждый шаг, каким бы маленьким он ни был, имеет значение.



🌏 "Yashilroq kelajak uchun kichik bir qadam!" 🌳🌥

Chiroqni o‘chirish yoki bir butilkani qayta ishlatish oddiy tuyulishi mumkin, ammo bu haqiqiy o‘zgarishga turtki bo‘ladi. Bu mukammallik haqida emas – bu rivojlanish haqida.

Bugundan yashilroq dunyo sari safaringizni boshlang. Har qanday kichik qadam ham muhim ahamiyatga ega

"YCC" jamoasining boshqa saytlardagi rasmiy sahifalari👇
Telegram📱 | Instagram📱 | Facebook📱 | LinkedIn📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1🥰1
📢 Exciting News from Bukhara Presidential School!
We’re thrilled to announce the launch of the Junior Eco Club! ❤️

Our mission is to nurture young environmental leaders through exciting projects, hands-on activities, and creative campaigns. Together, we’ll explore new ways to make our school and community greener, inspiring sustainable habits that will shape a better tomorrow. 🌥

This is just the beginning—our young changemakers are ready to take bold steps toward a cleaner, healthier future.

Stay tuned for updates, and let’s build a sustainable world, one step at a time! 🌷



📢 Buxoro Prezident Maktabidan ajoyib yangilik!
Biz Yosh Eko Jamiyat klubi ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz! ❤️

Maqsadimiz — yosh ekologik liderlarni tarbiyalash! Qiziqarli loyihalar, amaliy mashg‘ulotlar va ijodiy tashabbuslar orqali maktabimiz va jamiyatimizni yashil va barqaror qilishning yangi yo‘llarini izlaymiz. 🌥

Bu endi boshlanishi — yosh eko-faollarimiz toza va sog‘lom kelajak sari dadil qadam tashlashga tayyor!

Yangiliklarimizni kuzatib boring va birgalikda barqaror kelajakni bunyod qilamiz! 🌷👇

Telegram📱 | Instagram📱 | Facebook📱 | LinkedIn📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#yashil_bayroq

⚡️“Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan 15-oktyabr “Xalqaro oziq-ovqat kuni” festivalida Buxoro shahridagi Prezident maktabining Eko qo‘mita a'zolari ishtirok etdi. Ushbu festivalda eco schools Uzbekistan loyihasiga faol ishtirok etgan maktablar “Yashil bayroq” bilan mukofotlandi.

📌Shu jumladan, Buxoro shahridagi Prezident maktabi Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ega bo’ldi.

📌Ushbu mukofotdan videolavha.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
3🔥2🤝1
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#yonug_climate_champions
#eco_art


ECO-ART

🌱Buxoro shahridagi Prezident maktabidagi Young climate champions jamoasi tomonidan Barcha Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta’lim maktablari o’rtasida Eco-ART “Men dolzarb deb hisoblaydigan va yechim talab qiladigan atrof-muhit muammolari”mavzusida rasmlar tanlovini e’lon qiladi.
👆Tanlovda ishtirokchilar mavzuga oid A4 formatda suratlar chizishlari va ko’rsatilgan manzilga yuborishlari zarur.

📌Rasmlarni chizib quyidagi manzilga yuborasiz:
1.@nigina_bobonazarovna
2. @MalikabonuT

Muddat:28.10.24

Yangiliklarimizni kuzatib boring va birgalikda barqaror kelajakni bunyod qilamiz! 🌷👇

Telegram📱 | Instagram📱 | Facebook📱 | LinkedIn📱