Toshkent shahar Kengashi
1.5K subscribers
9K photos
721 videos
6 files
3.32K links
O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashining telegramdagi rasmiy kanali.

Murojaat uchun: +99895 603 01 01
Ishonch telefon raqami: +99855 503 45 22
Download Telegram
#Ekopartiya
#Konferensiya

Konferensiya ishtirokchilariga kunning ikkinchi yarmida o‘quv-seminar tashkil etilib, “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi hamda “Yosh ekologlar” qanotining Nizomidagi maqsad va vazifalar tushuntirildi. Kengash demokratik, oshkoralik, saylash tamoyillariga asoslangan bo‘lib, partiya dasturiga muvofiq faoliyat olib borishi belgilangan.

Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda, ekotizim muammolarni hal qilishda yosh avlod ongida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng miqyosda targ‘ib qilish, tabiat va inson salomatligini asrash Kengashning muhim maqsad, vazifalaridan ekanligi ta’kidlandi.

Mamlakat va mintaqa miqyosida ekologik muammolarni yechish, aholi salomatligini yaxshilashga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Deputat okrugdagi muammolarni o'rgandi

Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Otabek Eshonxodjayev o'zi saylangan okrugdagi "Iftixor" va "Jomiy' mahalla fuqarolar yig'iniga bordi.

Uchrashuv davomida mahalla raislari bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari bo'yicha kelishib olindi. Shuningdek, mahalla qoshida ishsiz ayollarni band qilish maqsadida ochilgan kichik tikuvchilik korxonasidagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi
https://t.iss.one/ecopartytoshkent
Dolzarb masalalar muhokama etildi

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti tuman Kengashi raislari bilan oylik hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda 2024-yil yakuni boi'yicha qilingan ishlar, yashil makon umummilliy loyihasi, ekologik sanalar, aholida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish va boshqa masalalar tuman partiya tashkilotlari hisobotlari qabul qilindi.

Yig'ilishda, kamchilikka yo'l qo'ygan tuman raislariga ogohlantirish berilib, kelgusi oyda bu muammolarni bartaraf etish, partiya dasturida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida, sifatli bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Shundan so'ng, Toshkent shahar Kengashi Ijroiya qo'mitasi a'zolari bilan Toshkent shahar Kengashi yig'ilishini chaqirish bo'yicha qaror qabul qilindi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi
https://t.iss.one/ecopartytoshkent
O‘zbekiston Ekologik partiyasi qoshida tashki etilgan "Ekologiya va salomatlik" ayollar klubining respublika Kengashi raisi etib Alimova Vasila Sattorovna, "Yosh ekologlar" qanoti raisi etib esa Sayfullayev Feruzbek Botir o‘g‘li saylandi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM