Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
19.3K subscribers
16.1K photos
5.23K videos
47 files
11.7K links
Manzil: Samarqand shahri, Ko`ksaroy-1

www.samarkand.uz

👉 Murojaatlar uchun: @samhokim
👉 https://fb.com/sampressservice
👉 https://www.youtube.com/channel/UCR4CVhw3Pt95zMHVLYMBMEg

Telefon: 1177
© sampress.uz
Download Telegram
Triatlon: Erkaklar bahsida Buyuk britaniyalik sportchi gʻolib boʻldi


Samarqandda oʻtkazilayotgan “World Triathlon Cup Samarkand-2024” musobaqasining erkaklar bahsida dunyoning 40 dan ziyod davlatidan sportchi gʻoliblik uchun bellashdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, Buyuk britaniya vakili Konnor Bentliv birinchi, fransiyalik Yanis Siguin ikkinchi, germaniyalik Yonas Shomburg uchinchi oʻrinni egalladi.
Triatlon: Germaniyalik Lena Maisnir gʻolib boʻldi


Samarqandda oʻtkazilayotgan triatlon boʻyicha jahon kubogi musobaqasining ayollar bahsida dunyoning 40 ga yaqin davlatidan sportchi gʻoliblik uchun bellashdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, germaniyalik Lena Maisnir birinchi, Buyuk britaniyalik Jessika Fuligar ikkinchi, shvetsiyalik Tilda Mensan uchinchi oʻrinni egalladi.
Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
Photo
O’zbekiston - Malayziya biznes forumi


Mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O’zbekiston - Malayziya tadbirkorlari ishtirokidagi biznes forumda qatnashdi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari J.Xodjayev keyingi yillarda Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotgani, ushbu tashrif esa hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani, qonunchilik takomillashayotgani va iqtisodiyotni erkinlashtirilish borasida faol siyosat yuritilayotganini qayd etdi.

Malayziya Bosh vaziri o’z so’zi avvalida O’zbekistonga diplomatik delegatsiya sifatida emas, do’st sifatida kelganini alohida ta’kidladi.
- O’zbekiston Prezidenti va hukumat rahbarlarining mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar haqidagi so’zlaridan biz shunday xulosaga keldikki, O’zbekiston bilan hamkorlikda ishlash mumkin, - dedi Anvar Ibrohim. - Jumladan, energetika, raqamli texnologiyalar, turizm yo’nalishlarida hamkorligimiz istiqbolli bo’lishiga ishonamiz. Men O’zbekiston Prezidenti va hukumat rahbarlarida mamlakatni rivojlantirishga faol intilishi borligini ko’rdim va buni olqishlayman.

Forumda ikki mamlakat tadbirkor va iqtisodiy soha mas’ullari o’zlarini qiziqtirgan masalalariga javob oldilar.

Tadbirda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hujjatlar imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://youtu.be/bR8sTb064aw


🎞 SAMARQAND HAFTA ICHIDA: AXBOROT XIZMATLARI XABAR BERADI


Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi;

Viloyat hokimining Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvi;

Samarqand viloyatida Coca-Cola zavodi ishga tushdi;

Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi tadbirkorlari o`rtasida biznes-forum bo`lib o`tdi;

Jomboy tumanida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining ahvoli o‘rganildi;

Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun 231 ta holatda jarima qo‘llanilgan.
https://youtu.be/KfkGwVN28fQ


🎞 CАМАРКАНД ЗА НЕДЕЛЮ: ПРЕСС-СЛУЖБЫ СООБЩАЮТ


Межотраслевая промышленная ярмарка и форум промышленников;

Делегация во главе с вице-премьером Госсовета КНР встретилась с хокимом области;

В Самаркандском регионе запущен завод Coca-Cola;

Бизнес-форум предпринимателей Самаркандской области и провинции Шаньдун;

В Джамбайском районе изучен ход выполняемых строительных и благоустроительных работ;

По 231 случаю выброса мусора в неположенных местах применены штрафы.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 20-may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:


🌧 +20°...+12°, Yomg'ir

Hozir: ☁️ +12°, ⬅️ 2.1 m/s

Tong: ☁️ +14°
Kun: ☁️ +18°
Oqshom: ☁️ +18°
Namlik: 66%
Shamol: Sharqiy, 3.6 m/s
Bosim: 764 mm sim. ust.

Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:13
Quyosh botishi: 19:44



Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi

Byulleten №140, 19.05.2024
Samarqand viloyatida 2355 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda


Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga qurilish sohasida jami 31 703 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Hududlar kesimida qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:

- Toshkent shahri – 6 890 ta;
- Toshkent viloyati – 2 643 ta;
- Fargʻona viloyati – 2 527 ta;
- Buxoro viloyati – 2 439 ta;
- Samarqand viloyati – 2 355 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 2 270 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2 114 ta;
- Andijon viloyati – 1 994 ta;
- Qoraqalpogʻiston Resp. – 1 808 ta;
- Xorazm viloyati – 1 610 ta;
- Namangan viloyati – 1 521 ta;
- Jizzax viloyati – 1 371 ta;
- Navoiy viloyati – 1 258 ta;
- Sirdaryo viloyati – 903 ta.
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 4557 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 196 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 292 (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 461 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 282 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 182 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 281 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 500 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 342 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 552 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 466 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 166 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 770 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 67 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉
(koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi fuqarolarni qabul qilishga tayyorligi o‘rganildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Изучена готовность Центра социальных услуг "Инсон" к приему граждан
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон шимолида юз берган фожиа оқибатида Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисий ва унга ҳамроҳлик қилган шахсларнинг вафот этгани муносабати билан ушбу мамлакат Олий диний раҳбари оятуллоҳ Али Хоманеийга ҳамдардлик билдирди.

Мактубда, жумладан, Ўзбекистон ва Эрон ўртасидаги кенг қамровли ҳамкорликни, ўзаро манфаатли ва узоқ муддатли шериклик муносабатларини ривожлантиришга улкан ҳисса қўшган Иброҳим Раисийнинг ёрқин хотираси халқларимиз қалбларида доимий сақланиб қолиши таъкидланади.

Давлатимиз раҳбари дўст Эрон халқига, марҳумларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Высшему духовному лидеру Ирана аятолле Али Хаменеи в связи с гибелью Президента Исламской Республики Иран Ибрахима Раиси и сопровождавших его лиц в результате трагедии на севере страны.

В письме, в частности, отмечается, что светлая память об Ибрахиме Раиси, который внес огромный вклад в развитие всестороннего сотрудничества, взаимовыгодного и долгосрочного партнерства между Узбекистаном и Ираном, навсегда сохранится в сердцах наших народов.

Глава нашего государства выразил слова искреннего сочувствия и поддержки дружественному народу Ирана, родным и близким погибших.

Facebook|Instagram|X