Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
19.3K subscribers
16.1K photos
5.23K videos
47 files
11.7K links
Manzil: Samarqand shahri, Ko`ksaroy-1

www.samarkand.uz

👉 Murojaatlar uchun: @samhokim
👉 https://fb.com/sampressservice
👉 https://www.youtube.com/channel/UCR4CVhw3Pt95zMHVLYMBMEg

Telefon: 1177
© sampress.uz
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги «Буюк турон» кичик саноати зонасида телевизор ишлаб чиқарувчи корхона фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия по производству телевизоров в промышленной зоне «Буюк турон» города Карши.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Қарши туманидаги янги қурилган мактабда яратилган шароитлар билан танишди

Президент ознакомился с условиями, созданными в новой школе в Каршинском районе

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Қаршидаги савдо мажмуасига ташриф буюрди, харидорлар билан суҳбатлашди

Глава государства посетил торговый комплекс в Карши, поговорил с покупателями

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
☀️Bugun, 25-fevral kuni Samarqandda yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda


Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir, qor yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir, qor yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев: Кўпчилик менга оммавий ахборот воситаларини "ёпишни" таклиф қилмоқда, лекин мен буни ҳеч қачон қилмайман.

—————-
Shavkat Mirziyoyev: Ko‘pchilik menga ommaviy axborot vositalarini “yopishni” taklif qilmoqda, lekin men buni hech qachon qilmayman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Туркиядаги зилзила оқибатларини бартараф этишда меҳнат қилган Ўзбекистон ФВВ қутқарувчиларини турк халқи олқишлар билан кузатмоқда.

--------

Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda mehnat qilgan Oʻzbekiston FVV qutqaruvchilarini turk xalqi olqishlar bilan kuzatmoqda.
#Хушхабар
Самарқандлик талаба Президент совғаси - “Spark” автомобили билан тақдирланди

Самарқанд давлат университети филология факультети талабаси Марҳабо Маҳкамтошева «Ёш китобхон» танловининг республика босқичида 15-19 ёш тоифаси бўйича мутлақ ғолибликни қўлга киритиб, Президент совғаси - “Spark” автомобили соҳибаси бўлди.
———

#Xushxabar
Samarqandlik talaba Prezident sovg’asi - “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi Marhabo Mahkamtosheva “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo’yicha mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritib, Prezident sovg’asi - “Spark” avtomobili sohibasi bo’ldi.
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Bosh prokurori buyrug‘i bilan Sur’at Jabbarov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

S.Jabbarov 1976 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U faoliyati davomida turli hududlarda prokuratura organlarida va MIBda turli lavozimlarda ishlagan. Mazkur tayinlovga qadar, S.Jabbarov Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️Samarqand shahar hokimligi: "Registon" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Samarqand shahar hokimligi: "Yuqori Xo'jasaxat" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️ Samarqand shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi: "So'fi Roziq" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;

▪️ Samarqand shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Yangi Hayrabot" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;

▪️ Bulung‘ur tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Navbahor" mahallasidagi хotin-qizlar faoli.

❗️Arizalar 28.02.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma
🎞 Samarqand hafta ichida #6

👉 YouTube: https://clck.uz/WzkEG

00:00 - Kirish. Anons;

01:00 - Yevroparlament delegatsiyasi bilan uchrashuv;

02:11 - Samarqand shahrida fuqarolar murojaatlarining ijrosi qanday olib borilmoqda?

04:28 - Samarqandda “AGROPRO EXPO 2023” qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi;

10:31 - Ishtixonda aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda;

13:26 - Ishtixonda Oqqo‘rg‘on tajribasi;

16:43 - Xotin-qizlar faollari viloyat sog‘liqni saqlash muassasalariga 1278 ta murojaat yo‘llashgan.
🎞 Самарканд за неделю #6

👉 YouTube: https://clck.uz/bEOyR

00:00 - Вступление. Анонс;

01:11 - Встреча с делегацией Европарламента;

02:20 - Как ведётся работа по исполнению обращений граждан в городе Самарканде?

04:24 - В Самаркандской области прошла выставка AGROPRO EXPO 2023;

10:42 - Углубленное медобследование жителей Иштыхана;

13:22 - Помощь нуждающимся семьям в Иштыханском районе;

16:34 - Женщины-активистки направили 1278 обращений в медицинские учреждения.
Samarqand viloyatida 27-fevral kungi ob-havo to’g’risida ma’lumot


Viloyatda havo o’zgaruvchan bo’lib, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.

Harorat:

🌑 -2...+3... daraja iliq

🌕 +10...+15... daraja iliq bo’ladi.

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi

Byulleten №57, 26.02.2023
Urgutda 10 ming dollarga giyohvand modda sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand chegara qo‘shinlari hamda IIB xodimlari hamkorligida narkotik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishida Urgutda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

1990 yilda tug‘ilgan Urgut tumanida yashovchi fuqaro A.J. mahalliy fuqaroga 765,89 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini 10 ming dollarga sotayotgan vaqtida tezkor guruh tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaro А.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Samarqand viloyatidan
e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 1689 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🟢
Oqdaryo tumanidan 30 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 22 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 67ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 52 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 87 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 95 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 99 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 67 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 88 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 176 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 44 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 309 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 249 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on shahridan 84 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.
#Live

☝️ Конституциявий қонун лойиҳаси 6 турдаги экспертизадан, жумладан: лингвистик, юридик, гендер-ҳуқуқий, коррупсияга қарши, жамоатчилик ҳамда инсон ҳуқуқлари бўйича нормаларга мувофиқлиги бўйича экспертизалардан ўтказилди.
☑️ Янгиланаётган Конституция авваламбор илгари амал қилиб келган “давлат – жамият – инсон” тамойилини “инсон – жамият – давлат” деб ўзгартириш, яъни энг аввало инсон манфаатини ҳар нарсадан устун қўйишни мақсад қилган. Жумладан, Инсоннинг давлат органлари билан ўзаро муносабатларда юзага келадиган қонунчиликдаги ноаниқликлар инсон фойдасига талқин қилиниши белгиланмоқда. Масалан, солиқ қонунчилигида бир-бирига номувофиқ бўлган нормалар вужудга келди. Бундай номувофиқликни, табиийки, солиқ органи давлат фойдасига, фуқаро эса ўз фойдасига талқин қилишни хоҳлайди. Конституцияга киритилаётган мазкур кафолат эса, бундай баҳсга нуқта қўяди ва номувофиқликлар давлатга эмас, балки инсон фойдасига ҳал этилади деб қатъий белгилайди.
🔘 Aҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш тизимини кучайтиришга қаратилган қўшимча нормалар киритилди. Жумладан, давлатнинг фуқароларни ишсизликдан ҳимоя қилиш ва камбағалликни қисқартириш чораларини кўришга оид вазифаларини назарда тутувчи янги модда киритилди. Бундан ташқари, мазкур моддага мувофиқ, давлат фуқаролар бандлигини таъминлаш учун уларнинг касбий тайёргарлиги ҳамда қайта тайёрланишини ташкил этиши ва рағбатлантириши назарда тутилмоқда.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🔹 Йиғилишда таъкидланганидек, фуқароларимизнинг уй-жойли бўлиш ҳуқуқи конституциявий даражада мустаҳкамланмоқда. Давлат уй-жой қурилишини рағбатлантириши ва уй-жойга бўлган ҳуқуқнинг амалга оширилишига шарт-шароит яратиши белгиланмоқда. Ижтимоий жиҳатдан эҳтиёжманд тоифаларни уй-жой билан таъминлашнинг қонуний асослари яратилмоқда.

🔹 Энг муҳими, Конституцияда ҳеч ким суднинг қарорисиз ва қонунга номувофиқ ҳолда уй-жойидан маҳрум этилиши мумкин эмаслиги аниқ равшан мустаҳкамланмоқда. Уй-жойидан маҳрум этилган мулкдорга уй-жойнинг ҳамда у кўрган зарарларнинг ўрни қонунда назарда тутилган ҳолларда ва тартибда олдиндан ҳамда тенг қийматда қопланиши таъминланади.

🔹 Мазкур норманинг Конституцияга киритилиши бир неча йиллардан буён жамиятимизда ўткир муаммолардан бирига айланган “снос” билан боғлиқ муаммога нисбатан халқпарвар, мулкдорлар манфаатини ҳимоя қилувчи оқилона ечим бўлади.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook