Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
19.3K subscribers
16.1K photos
5.23K videos
47 files
11.7K links
Manzil: Samarqand shahri, Ko`ksaroy-1

www.samarkand.uz

👉 Murojaatlar uchun: @samhokim
👉 https://fb.com/sampressservice
👉 https://www.youtube.com/channel/UCR4CVhw3Pt95zMHVLYMBMEg

Telefon: 1177
© sampress.uz
Download Telegram
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida Payariq maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi

Uchinchi bor o‘tkazilgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 84-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti jamoasi
🥉3-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi

💰 G‘olib jamoalar quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.

Ma’lumot uchun: ushbu musobaqada respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalari jamoasi (davlat va nodavlat) ishtirok etishi mumkin edi. Dastlab hududiy saralash bosqichi o’tkazildi, kecha respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Ayni paytda viloyat hokimligida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o’tkazilmoqda. Sessiya ishida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G'ofurjon G'aniyevich Mirzayev ishtirok etmoqda…
#sessiya


O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 16/3-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Negmatov Shuhrat Hudayberdiyevich xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi etib saylandi...
#sessiya


Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati – O’zbekiston liberal demokratik partiyasi”dan saylangan 16 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 14 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 11 nafar, “Xalq demokratik partiyasi”dan saylangan 10 nafar va “O’zbekiston Ekologik partiyasi”dan saylangan 9 nafar deputatlardan iborat partiya guruhlari ro’yxatga olindi...
#sessiya


Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Qonunchilikka ko’ra viloyat hokimi lavozimiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo’yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o’tkaziladi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo’yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov nomzodi ko’rsatilganligi bildirildi.

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo’ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

Nomzod bo’yicha partiyalar guruhlari ham o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этиш учун 5-6 ноябрь кунлари амалий ташриф билан Бишкек шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 5-6 ноября посетит с рабочим визитом город Бишкек для участия в очередном заседании Совета глав государств Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #Qirgiziston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Водород пероксидини ишлаб чиқариш бўйича Ўзбекистондаги биринчи корхона. Навоий вилояти тажрибаси: ўқув жараёнини иш берувчининг ўзи белгилайди. Президент Янги Навоий қурилишининг дастлабки босқичи билан танишди

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Водород пероксидин ислеп шығарыў бойынша Өзбекстандағы биринши кәрхана. Наўайы ўәлаяты тәжирийбеси: оқыў процесин жумыс бериўшиниң өзи белгилейди. Президент Жаңа Наўайы қурылысының дәслепки басқышы менен танысты

Обзор важнейших событий за неделю: Первое в Узбекистане производство пероксида водорода. Опыт Навоийской области: работодатель сам формирует учебный процесс. Президент ознакомился с начальным этапом строительства Нового Навои

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Yangi saylangan viloyat deputatlari o‘z faoliyatini boshlashdi


YouTube: https://youtu.be/UAGOmIaqemI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Новоизбранные депутаты области начали свою деятельность


YouTube: https://youtu.be/ZYfoTOqvUj0
Bugun, 6-noyabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

🌧 +18°...+6°, Yomg'ir

Hozir: ☁️ +15°, ↘️ 5.1 m/s

Tong: 🌧 +14°
Kun: 🌧 +10°
Oqshom: 🌧 +6°
Namlik: 90%
Shamol: G'arbiy-shimoli-g'arbiy, 6.5 m/s
Bosim: 762 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 07:06
Quyosh botishi: 17:25


Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Byulleten №310, 05.11.2024