Milliy sertifikat
2.4K subscribers
170 photos
19 videos
12 files
191 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
⚡️Chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!

👍 2025-yil 10 - 11, 14 - 19-may kunlari chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-4

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat pinned «⚡️Chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga! 👍 2025-yil 10 - 11, 14 - 19-may kunlari chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv…»
JONLI VEBINAR BOSHLANDI
“Cambridge” imtihonlari to‘g‘risida vebinar boshlandi.
Agentlik huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda “Unlock Global Opportunities: Cambridge Exams Now at the Agency for Assessment of Knowledge and Competences!” mavzusida onlayn vebinar boshlandi.
📌 Vebinar davomida quyidagilar haqida batafsil ma’lumot beriladi:
- Cambridge imtihonlari va ularning maqsadi
- Agentlikda qaysi Cambridge imtihonlari mavjud ekanligi va imtihon uchun to'lov miqdori
- Imtihonlar qaysi hududlarda tashkil etilishi
- Ro‘yxatdan o‘tish va tayyorgarlik bosqichlari


🔴 Vebinar: Ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
💻 Vebinarga qatnashish uchun: Ustiga bosing.☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Хусусий секторга ўтказилиши таклиф этилаётган давлат функциялари ва хизматлари юзасидан сўровнома

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 27 февралдаги “Хизматлар соҳаси барқарор ривожланиши учун қулай шарт-шароитлар яратишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-78-сонли қарорининг 5-иловаси, 14.3-бандида хусусий секторга ўтказилиши таклиф этилаётган давлат функциялари ва хизматлари юзасидан сўровнома ўтказилмоқда.

📃Функция (хизмат)лар рўйхати

Сўровнома ҳаволаси

Мазкур сўровномада фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз. Сизнинг фикрингиз биз учун муҳим!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Ilmiy-o'quv amaliy markazida tashkil etiladigan “ITEP” imtihoni to‘g‘risida vebinar

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi  “NEN | NATIONAL EDUCATION NETWORK ” tashkiloti bilan hamkorlikda “ITEP xalqaro imtihonining afzalliklari!” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.


📍 Platforma:
Zoom
🗓 Sana: 19-may, 2025-yil
🕗 Vaqt: 20:00

📩 Zoom havolasi ro‘yxatdan o‘tganlarga yuboriladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 🪙🛒https://shorturl.at/Rxeeg

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Hurmatli talabgorlar!

Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service

💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m

📊 Natijalar: 24 soat ichida e'lon qilinadi.

🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!

📚 iTEP diagnostik test:
👉 https://www.iteptest.com/preview

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan At-tanal Al-Arabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda!

🇸🇦 At-tanal Al-Arabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihon hisoblanadi.

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha

💰 Imtihon narxi: 1 547 000 so‘m

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: USTIGA BOSING

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 6-iyun kuni gapirish sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

📅 2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.

🎙 Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;
Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;
Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;
Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;
Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;


📍Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim!

❗️Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo'lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o'zgarishlar mavjud emas.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM