Milliy sertifikat
2.24K subscribers
149 photos
17 videos
12 files
173 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

Chet tilini (
🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 5-6-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 31,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 27 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari 2025-yil 2-mayda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (9-aprel kuni) soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 TOEFL iBT va GRE testlari ETS tashkilotining rasmiy test markazi – Ilmiy-o‘quv amaliy markazida!

📣 Rasmiy ETS hamkorligi asosida! Promo kod orqali $30 chegirma bilan test topshiring!

💎 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi dunyo miqyosida tan olingan — TOEFL iBT va GRE testlarini o‘tkazish bo‘yicha ETS (Educational Testing Service) bilan rasmiy hamkorlik qilmoqda.

👑 TOEFL IBT testini topshirish to‘lov miqdori ETS tashkiloti tomonidan 195 AQSh dollari etib belgilangan. Lekin ro‘yxatdan o‘tish jarayonida markazning UZB1013101 promo kodini kiritish orqali siz 30 AQSh dollari miqdorida chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Promo kod: UZB1013101

🗺 Test markazi: Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and Educational Practical Center under The Agency for Assessment of Knowledge and Competences)

Nega aynan TOEFL iBT va GRE?
🌍 TOEFL iBT — AQSh, Kanada, Yevropa va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi 11 500+ universitetda tan olinadi.
🎓 GRE — magistratura va doktorantura bosqichiga kirishda talab etiladigan yetakchi test.
Testlarni markazimizda qulay, zamonaviy sharoitda, rasmiy va xavfsiz muhitda topshirasiz.

Ilmiy-o‘quv amaliy markaz sizga taklif qiladi:
• ETS tomonidan akkreditatsiyalangan test markazi
• Malakali texnik ko‘mak va koordinatorlar
• Bepul ro‘yxatga olish bo‘yicha maslahat (@bba_ilmiy_markaz)
• Chegirmali promo kod orqali tejamkor imkoniyat
________________________________________

💎 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: (@bba_ilmiy_markaz)

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihoni (aprel)
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkazildi.

Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM