Milliy sertifikat
2.1K subscribers
77 photos
8 videos
11 files
113 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
⚡️ TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Bilimni baholashga agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

‼️ Talabgorlardan imtihonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda o‘zgarishni inobatga olishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 23–24-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 29 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 20-dekabrda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 23–25-dekabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 26–27-dekabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2-yanvardan 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-23

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
⚡️Turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari ko‘p darajali shaklda o‘tkaziladi

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qaroriga asosan turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari ham ko‘p darajali (multi-level) shaklda o‘tkazilishi belgilandi. Shunga ko‘ra 2025-yildan boshlab Bilimni baholash agentligi tomonidan turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari (multi-level) shaklda tashkil etiladi.

📆 Talabgorlar 2025-yil 1-yarmida turk tilidan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlarining o‘tkazilish jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.

🖥 Shuningdek, turk tilidan milliy serifikat testining yangi formati, namunaviy test topshiriqlari hamda baholash mezonlari bo‘yicha agentlikning rasmiy veb-sayti orqali ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 2-yanvardagi gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunga ko‘chirildi

📣 2024-yil 23-dekabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi imtihon sanalari e’lon qilingan edi.

🔰 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-452-son qarori bilan 2025-yil 2-yanvar dam olish kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshqa kunga ko‘chirildi.

Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — 2025-yil 4-yanvar kuni;

Samarqand viloyatida — 2025-yil 5-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangan.

Qayd etish kerakki, ushbu o‘zgartirish faqatgina 2025-yil 2-yanvar kuniga rejalashtirilgan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoniga tegishli bo‘lib, boshqa kundagi imtihonlarda hech qanday o‘zgarish mavjud emas.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet (nemis, fransuz, turk, arab, xitoy, yapon, koreys, urdu, pushtu, ispan va italyan) tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 14-yanvardan onlayn tarzda tashkil etiladi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

😎 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida, jumladan, yozish va gapirish ko‘nikmalari C1 darajadagi sertifikat va mutaxassisligi to‘g‘risidagi diplomi talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

😎 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 13-yanvar kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM