Diliston
546 subscribers
99 photos
16 videos
5 files
91 links
Bor yo‘g‘imiz dil! )

Biz kim: @nurzad_bot
Download Telegram
December 15, 2020
Tunda uyg‘onib ketasan nogoh!
Hayollaring ''U'' deydi.
Ko‘ngil sog‘inchga,
aql unutmoqqa tortqilaydi.
Mahv bo‘lasan ko‘ngilga! Chunki uning yodiga-da mushtoqsan o‘zing!
Quloqchinda dardli musiqa!
Iztirobing oshadi yana ham.
Har bir hujayrangni egallaydi og‘riq...
Og‘riq, og‘riq, og‘riq!
Bor-buding uning yodiga qorishgan og‘riq!
Kimga to‘nkashni-da bilmaysan aybni?!
Qismatgami, o‘zinggami?!
Ko‘zing ilina boshlaydi!
Bir faraxbahsh tush umidi-la ko‘z yumasan!
Kechmishing shu, bo‘lmishing shu endi!
Tushlarda, faqat tushlarda....
December 17, 2020
Я искала тебя так долго
Я искала тебя в сотнях лиц
И нашла так случайно только
Где ты был, милый мой, всю жизнь?

Обещаю, я буду рядом
Даже если погаснет свеча
Я зажгу её снова взглядом
Только верь мне, так будет всегда

Мы встретились с тобой опять
И встретились мы не случайно
Под лунным светом танцевать
Мы будем вместе, обещаю

Когда дожди, ты не скучай
Я буду вечно твоим солнцем
Сотру с души твоей печаль
Дай руку и не отпускай

Не забудется первая встреча
Нежный взгляд и улыбка твоя
Как могла я тебя не заметить?
Ты вся жизнь и судьба моя

Я тобой, милый мой, восхищаюсь
И любовью твоей дорожу
Вот бы сказка любви не кончалась
Знаю, сбудется всё на яву

Мы встретились с тобой опять
И встретились мы не случайно
Под лунным светом танцевать
Мы будем вместе, обещаю

Когда дожди, ты не скучай
Я буду вечно твоим солнцем
Сотру с души твоей печаль
Дай руку и не отпускай

Мы встретились с тобой опять
И встретились мы не случайно
Под лунным светом танцевать
Мы будем вместе, обещаю

Мы встретились с тобой опять
И встретились мы не случайно
Под лунным светом танцевать
Мы будем вместе, обещаю

Когда дожди, ты не скучай
Я буду вечно твоим солнцем
Сотру с души твоей печаль
Дай руку и не отпускай...
December 20, 2020
* * *

Qaysi javonibning
soyasiman men?
Nuragan
soyamning
doyasiman men.
Qanday jazavaning voyasiman men –
bu g‘umbak ichida vayronadekman...

Kim u – tashqarida,
chertib tinglagan,
shuncha karvon turib
meni tanlagan?
Bormi...
suyaklari qaqshab anglagan?
Gunohin bilmagan hayronadekman.

Yozdim qanotimni,
bo‘yladim – kushod,
kelmadi kutganim bilan hech imdod!
Suyganim,
kuyganim,
kuylaganim – dod,
qafasdan chiqmagan taronadekman.

Qancha baland uchmay
tubanman,
zichman!
Mahsharga tiralgan –
manam bir sinchman
va yana tuproqdan ungan ilinjman!
Lomakon girdida parvonadekman.

Yetdimmi –
yitdimu
girdobga tushdim,
necha yil ko‘raman tag‘in bu tushim?
Tushuntir loaqal,
o‘zing ham tushun,
ey Rafiq, dunyoga begonadekman...

Muhammad Siddiq
January 11, 2021
March 5, 2021
Audio
March 15, 2021
Diliston
©Aziz Nur 🎤Shahnoza @Dorus_Salomm
March 15, 2021
March 26, 2021
April 4, 2021
Forwarded from Diliston
April 23, 2021
"Я буду всегда тобой..."

Birorta qo‘shiq ayt deganimda, u shu qo‘shiqni aytgandi. ''Nega'' deb so‘ragandi qo‘shiqni ayta turib?! Odamlardan xotira sifatida qo‘shiqlar olib qolaman degandim. U esa kulgandi va yana aytgandi:

''Я буду всегда тобой!"

Jilmaydim! Bilardimki, hayotimizda hech kim muqarrar o‘ringa ega emas, hamma qachondir ketadi. Qachondir albatta yolg‘iz qolamiz. Bizda faqat xotiralar qoladi. Yoqimli, biroz og‘riqli, entiktiradigan! Ayniqsa men va U tasavvurdan tashqaridagina birlashishi mumkin bo‘lgan juftlik! Buni ikkimiz-da bilardik, ammo ba'zida ertalarni o‘ylaging kelmaydi. Shunchaki lahzalarda yashaysan, lahzalarda baxtli bo‘lasan, suyasan, suyilasan va lahzada ayrilasan! Senda qoladigani esa birgina shu ''Я буду всегда тобой!"

Eeertalabdan nostaljii hislar uyg‘onib qoldi! 🎧
April 25, 2021
June 13, 2021
June 17, 2021
June 22, 2021
June 22, 2021
July 12, 2021
Diliston
Tong...
July 12, 2021
Qahramonlari og‘ir hasta bo‘lgan filmlar, asarlarga mehrim balandligini bilasizlar. ''Yulduzlar aybdor'', ''Muhabbat masofasi'', ''Stigmalion'' aynan shuning uchun sevilgan. Ulardagi og‘riqni chuqurroq anglay olishim, hislarning juda ko‘p kesishmalari o‘zimdagi xastalik bilan bog‘liq. Balki, shunchaki sog‘lom odam bo‘lganimda bu asarlarni bu qadar sevmagan, filmlardan bu darajada ta'sirlanmagan bo‘lardim. Xullas, shu sevimlilarim qatoriga yana bir ajoyib film-asarni qo‘shmoqchiman. ''To seni topgunimcha''! Hozircha faqat filmini ko‘rdim, kitobi qanday bilmayman. Lekin bilish niyatim ham bor. Filmni kasalxonada ko‘rdim. Ayni falajlikda, ayni to‘shakka mixlanib, ayni qahramondek. Va men birinchi marta sevimli qahramonim vafotida unga achinmadim. Siz tasavvur qilolasizmi kunlar, oylar, yillar har tong ko‘z ochganingizda sizni faqat bir manzara qarshi olishini?! Eng daxshati, bu manzaradan yuz ham burolmaysan. To burib qo‘yishmaguncha! Bugun men oyoqqa turyapman, derazadan yon-atrofni tomosha qila olaman. Biroz vaqt o‘tib yana chopqillagan hayotimga qaytarman ham. Rosti mana shu umid bilan tong ottiraman. Yana o‘sha xiyobonlarni keza olishim, churvaqalarga qo‘shilib anhorda cho‘milishim, bu muvozanatsizlik, bu harakatsizlik, bu bosh aylanishlar abadiy emasligini aytib o‘zimni ovutaman. Ammo Uill... Ertasida hech nimasi bo‘lmagan odamga o‘limdan ortiqroq mukofot bormi?! Va o‘limdan ortiq shifo va orom-chi?!
Ishoning hech narsa boylik, mansab, obro‘ kishiga sog‘lik berolgan lazzat va totni berolmas ekan. Borida asrang, borida seving va qadrlang! Sog‘likni, yaqin insoningizni, yuragingizni!!! O‘zingizni asrang dildosh!
July 26, 2021